Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
25 
Davr ijodkorga mavzular, tuyg‘ular berishi mumkin, lekin hamma gap bu niyatni qay tahlidda 
ifodalay bilishda, ro‘yobga chiqarishda. Shoirning san’atkorligi, ijodkor sifatidagi mahorati shundaki, lirik 
bir she’r doirasida umumahamiyatli muammoni diqqat markazga olib chiqib, o‘z poetik niyatini real, 
borliqning in’ikosi bo‘lgan fikrlar va his-tuyg‘ular orqali jamiyat va alohida olingan bir shaxs olamining 
manzarasini va siyratini, sharhi va tahlilini satrlarga singdira olishidadir [2,1996]. 
XX asrning 60-70 yillarda she’riyatimizga kirib kelgan shoiraning she’rlarida o‘zbek xalqi 
hayotining rangin manzaralari, el-yurt uchun jon fido etadigan qahramonning ruhiy kechinmalari, Vatan 
muhabbati va iftixor tuyg‘ulari tarannum etiladi. Vatan mustaqilligi shoira ijodiga yanada jo‘shqinlik, 
qat’iyat, ko‘tarinki ruh berdi. U o‘zbek xalqining behad go‘zal dunyosini, tarixini, yashargan hayotini 
mehr-u muhabbat, buyuk ishonch bilan sevib kuylay boshladi, iste’dodining yangi qirralari ochildi. 
Vatan tushunchasi har bir ijodkorda o‘zgacha ifodalanadi. Vatan – eng avvalo kindik qonimiz 
to‘kilgan muqaddas zamin, asrab-avaylashimiz zarur bo‘lgan ota makon, u gunohsiz go‘dak singari pokiza 
bir tuyg‘u ekanligi shoiraning shu mavzudagi she’rlari zamiriga singdirilgan: 
Hazorispand bo‘lsam sahrolaringda,
Feruza tosh esam daryolaringda, 
Hayit oyi bo‘lsam samolaringda, 
Mehr-u vafo – ko‘rar dunyolaringda, 
Seni yomon ko‘zdan asramoq uchun!
Shoiraning lirik qahramoni Vatanni har nedan ortiq suyadigan, jon fido etadigan haqiqiy 
vatanparvar. Sahro, daryo, samo, dunyo bir-biriga yaqin tushunchalardir. Bu tushunchalarning har biri 
o‘ziga xos ramzlarga ega. Sahro – quruq cho‘l, dashtu biyobon, vatanning bir bo‘lagini tashkil etadi. Daryo 
- keng ummon, bag‘rikenglik belgisi. Samo – osmon, tiniqlik, musaffolik ramzi. Dunyo esa kenglik, 
borliqning o‘zi. Sahro bilan hazorispand, daryo bilan feruza tosh, samo bilan hayit oyi, dunyo bilan mehru 
vafo tushunchalari bog‘lanib bir butunlikni tashkil etadi. Bu holat lirik qahramonning Vatan haqidagi orzu 
– o‘ylari bilan birlashib, misralar tagma’nosida yangi ma’no kashf etadi. Sahroda hazorispand bo‘lish uni 
shu o‘simlik kabi yovlardan, balo-qazolardan asrash ma’nosini beradi. Daryodagi feruza tosh - soflikka 
oshuftalik. Ranglar ichida feruza rang – musaffolik ramzi. “Hayit oyi bo‘lsam samolaringda” [4,1998] 
misralarida islom dinidagi muqaddas oylardan biri ramazon oyida barcha samodagi yomon maxluqotlar – 
insu-jinslar, jinlar kishanlanishiga ishorani ilg‘ash mumkin. Ya’ni samoda barcha ezgu niyatlar mustajo 
bo‘lishi uchun qarshiliklar yo‘qotiladi. Hayit oyi ramazon oyi ma’nosida bo‘lib vatandoshlarimizning pok 
niyatlarini amalga oshirishda vositachi bo‘lish, ularning xizmatiga bel bog‘lash lirik qahramonning 
maqsadlaridan biri ekanligi anglashiladi. Mehr – vafo kabi ezgu fazilatlar har bir kishi uchun umumiy 
bo‘lgan tushuncha. Bu tushunchalarning xulosasi bir misra qatiga birlashtirilgan: “Seni yomon ko‘zdan 
asramoq uchun!”. Qahramon vatan uchun balogardon bo‘lishni xohlaydi. 
Yaxshi she’rda fikr bo‘lishi mumkin, biroq u fikrdangina iborat holda qololmaydi. U bundan 
boyroqdir. “Lirikadagi poetik obraz fikr bilan tuyg‘uning uzviy birikishidan tug‘iladi” – deydi, Ozod 
Sharafiddinov [5,1979].
She’rda soxtalik va sun’iylik ko‘rinmaydi. She’rdagi har bir poetik obraz shoira shaxsiga va 
ko‘ngil dunyosiga yaqin. Shuning uchun ham ifodalar ta’sirli, ishonarli ko‘pchiligi ramziy ma’nolarga ega. 
Lirik qahramonning chin va pokiza niyati samimiy tasvirlangan.
Ostonangda yotgan iting bo‘loyin,
Naslingni pok tutgan suting bo‘loyin, 
Ko‘zingdagi hurlik o‘ting bo‘loyin, 
Baland tog‘larda burguting bo‘loyin, 
Seni g‘anim ko‘zdan asramoq uchun! 
Ushbu samimiy niyat ifodasida haqiqiy millatparvar inson qalbi urib turibdi. Uning kechinmalari 
aniq tushunchalar orqali aks ettirilgan. Vatan, eng avvalo, har bir uyning ostonasidan boshlanadi. Jumladan,
har bir xonadonning qo‘riqchisi – iti bor. It jonivorlar ichida eng vafodori. Itning vafodorligi egasiga 
nisbatan sodiqligidir. Sodiqlik tushunchasi burch tushunchasiga yaqin. Bu qahramondagi burchga 
sodiqlikka ishora. Burgut qushlar shohi va o‘ta mag‘rurlik tushunchalariga tashbeh bo‘ladi. She’r 
misralaridagi “Baland tog‘larda burguting” jumlalarida g‘ururi tog‘lardan baland, dushmaniga bo‘y 
bermaydigan, o‘zini xo‘rlatib qo‘ymaydigan millat farzandi tushunchasi aks ettirilgan. Farzandlar uchun 
ona suti pok va qadrli. Ona suti bir parcha etni ulg‘aytiradi. Ham ma’nan, ham jismonan kamolga etkazadi. 
U orqali qalblarda Vatanga muhabbat mehri uyg‘onadi. Ona suti oqlikka va ezgulikka ishora bo‘lsa, hurlik 
o‘ti – ozodlikka, istiqlol va istiqbolga ishora. Qahramonning bu samimiyligi faqat bir niyat uchun xizmat 
qiladi: “Seni g‘anim ko‘zdan asramoq uchun!”.
Yurt, Vatan tushunchalari kishi tilida emas, balki qalbida ham chuqur ildiz otishi lozim. O‘zini 
o‘ylaydigan, o‘zi uchun yashaydigan kishi qalbida Vatan tuyg‘usi bo‘lmasa kerak. Shoiraning Vatan lirikasi har 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish