Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

Kalit so‘zlar:
tasavvuf, komil inson, she'riyat, g‘oyaviy yo‘nalish, badiiy timsol. 
 
Интерпретация суфизма в лирике Надирабегим
 
Аннотация.
В статье
раскрыта
роль
творческого наследия Надиребегим в Какандской 
литературной среде. В лирике поэтессы освещаются вопросы суфизма, создаётся художественный 
образ всесторонне совершенной личности.
Ключевые слова:
суфизм, совершенный человек, поэзия, идеологические истоки, 
художественный образ.
 
Interpretation of sufism in Nadirabegim lyric 
Abstract. 
This article is devoted to the disclosure of the place and role of the creative heritage of 
Nadirebegim in the Kakand literary environment. The lyrics of the poetess highlight the questions of 
Sufism, creating an artistic image of a comprehensively perfect personality. 
Keywords:
Sufism, perfect man, poetry, ideological origins, artistic image. 
 


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
22 
O‘zbek adabiyotining ming yillik tarixini tasavvuf ta’siridan ayri holda tasavvur qilishning aslo 
imkoni yo‘q. Chunki, tasavvuf yurtimiz milliy ma’naviy hayoti uchun asosiy e'tiqod falsafasi, o‘ziga xos 
mafkura edi. Tasavvufning asl maqsadi axloqqa yo‘naltirilgan. Komil inson g‘oyasi bu ta’limotning bosh 
g‘oyasi hisoblanadi. Hayotning o‘zida shunday g‘oya va unga intilishning tayyor nazariyasi bo‘la turib, 
adabiyotning bu ta’limotga befarq bo‘lishining ham iloji yo‘q edi. Negaki inson va uning kamolotga 
erishishi masalasi so‘z san'atida ham asl maqsad yanglig‘ targ‘ib etib kelingan.
Tasavvufda tariqat inson irodasini charxlash, toblash orqali uni donolikka chorlovchi, o‘z-o‘zini 
tarbiyalash, aql –idrokni yuksaltirish, nafs xohish-istaklaridan uzoq bo‘lish kabi fazilatlarga yetaklovchi 
buyuk ta’limotdir. Kamolotga erishgan inson esa Haq taolo manzuri bo‘ladi va ko‘p fayzu futuh, ilohiy 
inoyatlarga sazovor bo‘ladi. 
Naqshbandiya ta’limoticha, “naqsh band bar dil band”, ya’ni ko‘nglingda Alloh taolo zikrini naqsh 
ayla, demakdir. Ko‘ngil tarbiyasi esa tariqat bilan bo‘ladi. “Chinakam musulmon bo‘lgan, islomni chuqur 
anglab, uning ma’rifati, hikmat va falsafasidan bahramand bo‘lgan, musulmonlikni Alloh yodida pok 
yashash deb bilgan kishi hyech qachon tariqatni o‘ziga yot deb bilmaydi. Musulmonlikni faqat rasm-
rusumlar, odatlar va tashqi belgilar yig‘indisi deb biluvchi kishi uchun, turgan gap, tariqat mavhum va hatto 
zararli narsa bo‘lib tuyuladi” [3. C. 43].
Barcha tariqatlar insonni Alloh taolo huzuriga qadar yuksaltiradi. Naqshbandiya tariqati, xususan, 
Haq taolo huzurida doimiy hozirlikdir. U sahobai kiromdan asl holicha, ziyoda ham, nuqson ham bo‘lmay 
yetib kelgan tariqatdir [5. S. 8].
Shayx Amin Alouddin Naqshbandiy o‘zining “Naqshbandiya tariqati nedir” nomli kitobida 
shunday yozadi: “Naqshbandiya tasavvufi o‘rtacha va mo‘tadildir. U sulukdagi mo‘tadilligi, shariatga 
ergashish, tariqatning osonligi bilan ajralib turadi... Naqshbandiy sufiyning qalbi Alloh bilan, jismi banda 
bilan. Bu tariqatdagi nazarni o‘ziga tortadigan eng muhim narsa – sokinlik, ya’ni uning riyodan holi 
bo‘lmaydigan baqiriq – chaqiriq, tarannum va tinglashlardan uzoqdaligidir” [5. S. 8].
Biz ijodiy meroslarini o‘rganayotgan shoira asarlarida ana shu madaniy hayot sharoitiga 
moslashgan insonsevar tariqat g‘oyalari, tushunchalari bevosita talqin va targ‘ib etilgan fikrlar ko‘plab 
uchraydi. Ijodiy merosi ancha keng o‘rganilgan shoira
Nodirabegim she'riyatining ham qariyb yuz yil 
davomida olib borilgan tadqiqotlarda shoiraning diniy – tasavvufiy mushohadalari, asarlaridagi irfoniy 
ma’no ochilmay qolgan. Oliynasab Qo‘qon malikasining pardali, kinoyali, imo-ishorali she'riyatini to‘la 
anglamoq, uqmoq mushkul ish. Uning Komila taxallusi bilan nashr etilgan forsiy devoni “Hamdi on xoliqi 
xalaqal arzu samo, Kardam suxan ba nomi xudovand ibtido” [2. S. 7] matla’li hamd bilan boshlanadi. 
Undan keyin “Ey shamsan livoyat mehrest olamoro, Har shuqqaash navishta debochai fatahno” [2. S. 11] 
misralari bilan boshlanuvchi na’t keladi. Shoira ijodiy merosining avvalgi nashrlari adabiyotshunoslar 
e'tiborida bo‘lib, ancha batafsil tahlil etilgani bois, biz diqqatimizni eng so‘nggi nashrga qaratdik. Bundan 
tashqari zullisonayn shoiraning forsiy devonida irfoniy, ma’rifiy fikr va qarashlari ko‘proq o‘rin olgan. 
Komila devonidagi ushbu na’tda payg‘ambar alayhissalomning olamlar, xususan, nisoniyat uchun 
ilohiy inoyat ekanliklari, ul zotning gavhar vujudlari tufayli olam xazinasi mavjud ekanligi, me'roj tunidagi 
mo‘jizalari, shafoatlari mo‘jizasi haqida so‘z yuritiladi. G‘azalga “o‘” (uning) so‘zi radif etilgan: 
Kase ki nest sarash xok gashta bar dari o‘, 
Buvad agar hama xurshed xok bar sari o‘. 
Dar muhiti inoyat Muhammadi arabi, 
Ki bud maxzani olam tufayli gavhari o‘… 
Agar parad ba sari xoni shohiyash magase, 
Ba bargi sad rah zanad pushti dast shahpari o‘... [2. S. 181] 
Devonda shunday g‘azallar borki, ularni bir o‘qishda na’t ekanligini anglash qiyin, oshiqona 
g‘azalga o‘xshaydi. Ammo, g‘azal mag‘zidagi biror bayt uning payg‘ambar alayhissalomga 
bag‘ishlanganligini ma’lum qiladi. Bu Nodira ijodiy uslubiga xos yangi xususiyat. Shunday g‘azallardan 
biri “Dar sog‘ari sahbo nabuvad mav
ҷ
i mai tob, Az partavi husni tu dili oina shud ob” [2. S. 21] tarzidagi 
matla’ bilan boshlanadi. G‘azalning ikkinchi bayti mamduhning zulfi gajaklariga, uchinchi bayt uyqu 
elitgan mast qaro ko‘zlarga, to‘rtinchi bayt qoshlar mehrobiga, beshinchi bayt ma’shuqa xayollari va 
mayxona eshigi ta’rifiga bag‘ishlangan. Maqta’dan oldingi quyidagi bayt esa bevosita o‘quvchi ko‘z 
o‘ngiga payg‘ambar alayhissalom timsollarini keltiradi: 
Shud fikri tu g‘avvos ba dar'yoi maoni, 
Durhoi kalomi tu buvad gavhari noyob. 
Mazmuni: Fikring ma’nolar daryosiga g‘avvosu, so‘zing injulari gavhari noyobdur. 
Xuddi shunday, shoiraning “talab” radifli g‘azalining so‘nggi baytlarida ham payg‘ambar 
alayhissalom shafoatlari, mazog‘ surmasi hodisalariga ishora etiladi. G‘azal pand – o‘git ruhida “Ey 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish