Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
20 
etish muhim. Ushbu masalani yoritishda umumiy tilshunoslik namoyandalari: Boduen de Kurtene
V.Gumboldt, L.V.Sherba, V.V.Vinogradov va boshqalar, shuningdek, taniqli tilshunoslar: I.V.Arnold, 
V.G.Gak, V.N.Yartsyeva, D.N.Shmelyev, Yu.S.Stepanov, Ye.S.Kubryakova, O.N.Seliverstova, 
V.N.Teliya, A.N.Kuznetsov, 
Ye.M.Vereщagin, V.G.Kostomarovlarning ishlari nazariy asos sifatida
xizmat qildi. Bizning tadqiqotimiz turkiy tillardan biri –hozirgi o‘zbek adabiy tili materiallari asosida 
bajarilayotganligi bois B.A.Serebrennikov, N.A.Baskakov, E.R.Tenishyev, K.M.Musayev, D.M.Nasilov, 
I.V.Kormushin, X.Doniyorov, I.Qo‘chqortoyev, A.Hojiyev kabi atoqli turkiyshunos va o‘zbek 
olimlarining asarlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
So‘z semantikasida xalq milliy-tarixiy madaniyatining o‘ziga xosligini (agar bo‘lsa, aynan qanday 
leksik birliklarda) aniqlashga harakat qilish, boshqacha aytganda, tahlil qilinayotgan qaysi birlik o‘ziga xos 
yorqin milliy-madaniy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lsa, bu fon qirralarini ajratish va ularga farqlovchi sema
(semantik komponent) maqomini berish mumkin. Aniq matniy materiallar taklif qilinib, so‘zning fon 
bo‘yoqdorligi qay hollarda nutq (badiiy, publitsistik) tasviriyligi va obrazliligini hosil qilishda qatnashishini 
kuzatish maqsadga muvofiq. So‘zni o‘zbek tili leksik sistemasidagi assotsiativ-derivatsion munosabatlar 
jihatidan ko‘rib chiqish, shuningdek, leksik birliklarni ularning yasalishi, so‘z hosil qilish imkoniyatlari va 
sinonimik xususiyatlari bilan taqqoslagan holda tadqiq qilish zarur. Sinonim so‘zlarning badiiy matnda 
qo‘llanishini, ularning leksik-semantik va vazifaviy-uslubiy o‘ziga xosligini aniqlash va taqqoslash orqali 
kuzatish mumkin. Biror xorijiy tilga xos so‘zni o‘zbek tilidagi muqobiliga almashtirishda ham g‘oyat 
ehtiyotkorlik lozim. Negaki, ba’zan muqobil so‘z o‘zlashma so‘z ma’nosini to‘laligicha bera olmasligi 
mumkin. Masalan, 
printsip
so‘zi o‘rnida 
tamoyil 
so‘zining qo‘llanishini u qadar asosli deb bo‘lmaydi. 
Printsip
baynalminal leksemasiga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday izoh berilgan: 1 Biror
nazariya, ta’limot, dunyoqarash va sh. k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos
qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida. Qonunlarimizda saylov printsiplari to‘la va aniq aks etishi
zarur ( “Fan va turmush”). Qonunning ustuvorligi huquqiy davlatning asosiy printsipidir ( Gazetadan). 2
Xulq-atvor, xatti - harakat me’yorlarini belgilaydigan, kishi og‘ishmay amal, qiladigan ichki ishonch,
nuqtai nazar, qarash, maslak. Printsipi yo‘q odam. Printsip yuzasidan ish tutmoq [11.309].
TAMOYIL so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da eskirgan kitobiy so‘z sifatida izohlangan: 1
Mayl, moyillik. Vahshiy xalqlarda qonxo‘rlikka tamoyil zo‘r bo‘ladi. Bu – shubhasiz haqiqat! ( Oybek, 
Tanlangan asarlar). 2 Biror sohada tartib, qoida tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish. Xalq
afsonalarada realistik tamoyil shu tarzda tobora kuchayib bordi (“Fan va turmush”). ...bozorlarimizda 
o‘sha azaliy udumlarimizni, tamoyillarimizni tiklash, bozorni milliy qadriyatlarimiznang ko‘zgusi
sifatida namoyon qilish lozim (Gazetadan) [11.655]. 
Tamoyil 
so‘zi anglatadigan ma’no aslida 
tendentsiya 
so‘zi anglatadigan ma’noga yaqin. TYeNDYeNSIYa 1 Taraqqiyot yo‘nalishi; biror narsaga qiziqish,
moyillik, intilish. 2 Ma’lum o‘y-mulohaza, tasvir yoki asarning asosiy mazmuni, g‘oyasi. Ma’lumki, 60-
70-yillar davomida tarixiy kinolentalar yaratish sohasidagi ijodiy tendentsiyalar yanada rivojlantirildi ( 
S.Xo‘jaev, O‘zbek tarixiy filmlari). Bunday asarlarga qiziqishning siri esa, menimcha, turmushdagi 
ilg‘or tendentsiyalarni zamonga kishilar talablariga hamohang... bo‘ladigan tomonlarini topib, tanlab,
saralab olib yozish bilan bog‘liq (N.Safarov, Jasoratning davomi) [12. 65].
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa amaldagi qonun 
hujjatlarida 
printsip 
so‘zi qoldirilgan, masalan: 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi printsipiga asoslanadi
(

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish