Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
26 
qanday kimsa ko‘nglida unga nisbatan uyg‘oqlikni, iliqlikni, sezgirlikni, muhabbatni his ettiradi. Bu shirin 
tuyg‘u qalbimizni, ruhimizni har jihatdan tozartiradi. Nafaqat o‘zgalarni, balki o‘zimizni o‘zimizga yaqinlatadi. 
Vatan uchun fido bo‘lishga chorlaydi. Kishi qalbida Vatanga muhabbat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Inson 
Vatanni anglasa, chin dildan sevsagina, har qanday kuch-qudratga tayyor bo‘lsagina, unga nisbatan muhabbat 
izhorlari quyilib kelaveradi.
Oydin Hojieva uchun Vatanni kuylamoq, ta’riflamoq shunchaki ko‘ngil tug‘yoni emas. Uning lirik 
qahramoni o‘zini borligicha Vatan xizmatiga, Vatan muhabbatiga shaylagan. Shu bois ham uning bitganlarida 
Vatan oddiy, jo‘n, shunchaki timsol emas, balki haqiqiy insoniy tuyg‘u, ulug‘vor poetik obraz bo‘lib 
gavdalanadi. Lirik qahramoni Vatan haqidagi o‘ylarida Vatanni “Hur qiz kabi”, “Yashil moviy va oq yolqin”, 
“Bir bayroq husnida” ramzlari orqali talqin etadi.
Vatan! 
Hur qiz kabi bul kun 
Baland tog‘ ustida ko‘rdim. 
Yashil moviy va oq yolqin
Bir bayroq husnida ko‘rdim. 
Mazkur misralarda Vatanni hur qizga qiyoslanishi bejiz emas, albatta. Hur qiz – oqlik va poklikning, 
gunohlardan xoli bo‘lgan eng toza va shaffof yurakning ramziy ifodasidir. U jannatning to‘ridan makon topadi.
Shoira nazdida Vatan ham beg‘ubor maskan. Uning muhabbati baland tog‘lardan-da yuksak va purviqor. “Yashil 
moviy va oq yolqin” bayrog‘imizda aks etgan yashil bepoyon kengliklarga, ko‘kalamzorlarga, tinchlik va 
tiniqlik, soflik va musaffolikka ishoradir. U millatining, vatanining kechagi tarixini yaxshi biladi. Vatanparvar 
sifatida vatanning buguni o‘tmishidan, ertasi bugunidan ayri bo‘lolmasligini chin dilidan his etadi. Shu sabab 
ham Vatan haqidagi o‘ylarida hurlik, ozodlik uchun olib borilgan omonsiz kurashlar aks etadi: 
Agar qirq yil bo‘lib qirg‘in,
Ajal o‘tsa chalib burg‘u,
O‘lmagan mardlaringni men 
Hur saboq ustida ko‘rdim. 
Oydin Hojieva ijodidagi Vatan manzaralari samimiy muhabbatning ifodasidir. Uning bu boradagi 
lirikasi Vatan ishqidan yaralgan, Vatan ruhi bilan yo‘g‘rilgan, boshdan-oxir vatansevarlik tuyg‘ularini tarannum 
etishga chog‘langanligi bilan ahamiyatlidir. Vatanning shonli o‘tmishini yuksak va haroratli qalb qo‘ri bilan 
ifoda etadi.
Ko‘zingda – o‘chi alqasos 
Ko‘ksingda kuchli gulduros, 
Nodiraday giryon uvvos 
Dod-firoq ustida ko‘rdim. 
Lirik qahramon Vatan muhabbati deganda, Vatan uchun olib borilgan jangu-jadallarda halok bo‘lgan 
farzandlarning jonini, ular firoqida kuyib ado bo‘lgan Nodira va Nodiralarning dod-faryodlarini ko‘radi.
Shoiraning Vatan lirikasidagi qahramoni nodir va o‘ktam shaxs. Yurt kelajagini oldindan idrok etadi. 
Vatan istiqbolini kechagi kunidan ko‘ra olib, ertasini bashorat qiladi. 
Izing qutli, shoning qutli, 
Tog‘ing, cho‘qqing sor burgutli, 
Seni tong sharaf qutbli 
Burji moh ustida ko‘rdim.
Shoiraning bugungi istiqlol davridagi qahramonining Vatan haqidagi to‘xtamlari ushbu misralarda 
jamlangan: 
To‘kilsam, qovjirab bir kun, 
Vido aytar dunyoi dun. 
Onamday ko‘zlari purxun 
Shu tuproq ustida ko‘rdim.
Buni fidokorlikning yorqin namunasi deyish mumkin. Bu dunyoda tug‘ilmoq, o‘lmoq bor. Inson 
tug‘ilganda o‘zini ona-er bag‘rida ko‘radi, umri tugab hayot bilan vidolashganda ham shu tuproqqa boradi. Inson 
tirikligida yurtini himoya qiladi, u foniy dunyoga ketganda esa tuproq uni panohiga oladi. She’rning “To‘kilsam, 
qovjirab bir kun”, “Vido aytar dunyoi dun” misralaridan yorug‘ olamga kelish, oxir oqibatda tuproqqa singib 
ketish ma’nolarini anglash mumkin.
Xulosa qilib aytganda, shoiraning Vatan mavzusidagi she’rlari bugungi davr kishilarini yurtni sevib 
ardoqlashga, xalqparvarlik va qahramonlikka chaqiradi. Xalqimizning o‘sib kelayotgan farzandlarini 
mustaqillikka, Vatanni sevishga, unga e’tiqod qilishga, mehr-muhabbat bilan qarashga undamoqda, xalqning 
o‘yidagi, dilidagi dardlarini jasorat bilan yozmoqda. Shoira ijodini kuzatar ekanmiz, vatan mavzusidagi 
she’rlarida lirik qahramon timsoli ajoyib tashbehlar, o‘xshatishlar, go‘zal va sirli vositalar asosida umumlashma 
obraz darajasiga ko‘tarilganligining guvohi bo‘lamiz. Mavzu, g‘oya, muammo, lirik qahramon nuqtai nazaridan 
uning she’rlari nihoyat darajada rang-barangdir. Uning “Tuproqda nur ko‘rdim, nafasda - shuur”, “To‘kildim-a 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish