Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
23 
mayxo‘r, masjidda Xudoning yo‘lini tut, Har eshikdan fayz yetsa, tilagingni tila” mazmunidagi matla’ bilan 
boshlanadi. G‘azal nihoyasida Komila mamduh eshigi tuprog‘idan ko‘zlariga to‘tiyo tilaydi.
Komila devonida shoira o‘zini rind, qalandar deb atagan baytlar, g‘azallar mavjud. Ilohiy ishq 
talqini keltirilgan “omadam” radifli g‘azalda shoira “ishq libosini kiyganman, murod tojini boshimga 
qo‘yganman, aylanib turgan charx piyolamdir, men bir rind qalandarman”, deb yozadi:
Kisvati ishq dar baram, to
ҷ
i murod bar saram
Gardishi charx sog‘aram, rindi qalandar omadam. 
Keyingi baytlar shoira mushohadalarini yanada aniqroq ifodalaydi: 
Fahru fano tariqi man, mehru vafo rafiqi man
Ishqi buton shafiqi man, volai dilbar omadam. 
Bas, ki rahi malak zadam, naqshi vu
ҷ
udi haq zadam, 
Poy ba no‘h falak zadam, bar sari chambar omadam... [2. S. 164]
Bu baytlarda shoira sufiya ayol sifatida namoyon bo‘ladi. U faqr va fano yo‘lida yo‘lchi ekanligini 
bayon etmoqda. Demak, shoira qaysidir tariqatga rasman aloqador bo‘lmasa–da, qalban ixlosmand bo‘lgan. 
Balki, keyingi baytda ishora etilayotganidek, “Haq vujudini naqsh etib”, naqshbandlarga ixlos qilgandir. 
Shoira bundan faxr etadi. U faxriya usulida ijod etilgan bir g‘azalida olamlarni kuydirguvchi haqiqiy 
ishqdan bahramand bo‘lganligini, shu ishq dardiga mubtalo oshiqlar qatorida ekanligini shukrona tarzida 
bayon etadi: 
Muridi ishqi olamso‘zman ushshoq bazmida, 
Navoi nolai naydek baland etti maqomimni. [1. S. 296]
Xuddi shunday faxriya bilan ajdodlari haqida so‘zlar ekan, shoira naqshbandiya tariqatiga bag‘oyat 
ixlosmand bo‘lgan bobokaloni Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo nomini tilga oladi: 
Sayodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokiman, 
Xudoyo, rahmat ayla, barcha ajdodi izomimni. [1. S. 6] 
Bobur Mirzoning buyuk naqshbandiy diniy rahnamo Hazrati Xoja Ahrori Vali (q.s) va ul zoti pok 
xonadoniga bo‘lgan ixlosu muhabbati, bu oilaning Bobur Mirzo hayoti bilan bog‘liq karomatlari haqida 
shoira, albatta, “Boburnoma” orqali xabardor bo‘lgan. Bobur Mirzoning Xoja Ahror Validan keyin 
Movarounnahrdagi yirik naqshbandiy tariqatpesha Hazrat Mahdumi A’zam Dahbediy (q.s) ga murid va 
niyozmand bo‘lganligidan ham (balki, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”i orqali orqali), pirga 
Hindistondan turib sovg‘a salomlar yuborganligidan ham shoira xabardor bo‘lgan bo‘lishi mumkin [6. S. 
53]. Bu tafsilotlar shoira ta’kidlagan “faqru fano” tariqatga munosiblik bevosita o‘sha davrning yetakchi 
mafkurasi sanalmish naqshbandiya tariqati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan mulohazalarni uyg‘otadi. 
Shoira asarlarida uning biror tariqat piriga ixlos qo‘yganligi haqida ma’lumot yoki ishora uchramaydi. 
Uvaysiy o‘zining ikki pir – Xoja Ahrori Vali va Mashrabga ixlosu sadoqatini ochiq bayon etadi. Ammo, 
Nodira she'riyatida shayx va pirlarga, akobiri kiromga nisbatan hurmat izhor etilgan bayt va g‘azallar 
uchraydi. “Sabo‘h” radifli g‘azalida shoira pirlarni izzat – ikrom qilish davlatning obro‘yidir, har tong 
o‘rningdan turgach, ularning izzat – hurmatini o‘rniga ko‘y, mazmunidagi fikrlarni bayon etadi: 
Komila ikromi piron obro‘yi davlat ast
Har safar barhyez az 
ҷ
o bahri ikromi sabo‘h. [2. S. 70] 
Nodirabegim chuqur orifona mazmunli she'rlar bitgani holda, uning qaysi tariqatga ixlosi yoxud 
intilishi ko‘proq ekanligini sezish mushkul. U ichida Do‘stni pinhon aylagan qalb sohibasi va bu 
xazinaning ziyrak qo‘riqchisi. U bu davlatni – Do‘st ishqini – hyech kim bilan bo‘lishmoqchi emas:
Fosh etma ulusqa ishq sirrin
Ko‘ngulda ani nihon etib ket. 
Shoira she'riyatida qalandarlik ruhi, devonai Mashrab she'riyati ruhi ham seziladi. “Mardi xudo” 
laqabini olgan Hazrat Mashrabning “Ayo do‘zax, mani kuydur, xaloyiq kuymasun hargiz” deya jonfidolik 
qilishlari, bir “oh” bilan yetti tamug‘ni kul qilishni istashlari, fig‘on chekishlari ruhidagi bayt va g‘azallar 
Nodira ijodida ham mavjud. 
Komila devonida “Ey Komila, agar bir subh payti miqdorida dunyoda yashash imkoniyati bo‘lsa, 
bir hazin oh tortib, ikki dunyo ishini qilib ketgin”, mazmunidagi mashrabona fig‘on “subh” radifli 
g‘azalning maqtaida ifoda etilgan: 
Komila kori du olam kun ba yak ohi hazin, 
Fursati hasty agar boshad turo, miqdori subh. [2. S. 72]
“Meravad” radifli g‘azal maqta’ida esa “dil pardasi yashiringan shunday sirlarim borki, Mening bir 
ohim yashinidan olamda to‘fon turadi”, mazmunidagi mashrabona “ohi so‘zon” mavjud: 
Chun nigoh doram nihon dar pardai dil Komila, 
Olam az yak barqi ohi man ba to‘fon meravad. [2. S. 100]



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish