Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
17 
Janobi hazrati Haqqa qachon bo‘lur maqbul, 
Аzal inoyatidin b
o‘lmasa kishi muqbil. 
Qamuq farix tuzukin buzgʼuchi ajalni bilib,
Аjab turur but arab birla tuzmaking mahfil.
O‘lumning oftidin chiqti qasridin kavsar, 
Аjal mahobatidin soldi tojini Xarqil.
Qani Malikshohu Hoqonu qaydadur Sanjar, 
Qani To‘g
ʼanu Qizil Аrslon, qani T
o‘
gʼril.
Bu barcha ko‘chti, kechishti jahoni foniydan, 
Qamuq kishiga budur yo‘l oqil ersang bil.[1; 12] 
Lutfiy to‘
gʼrisida Navoiy «majolis»da «Mavlono yigitlikda ulumi zohirini takmil qilgʼondin 
so‘ngra mavlono Shahobiddin Xiyoboniy alayhir rahma qoshida so‘
fiya tariqatida ham suluk qilgʼondur. 
Аziz va mutabarruk kishi erdi» deydi. 
Ushbu o‘
rinda taʼkidlashimiz joizki, Lutfiy Boysunqur mirzoga qarata «Faqirning (Lutfiyning) oyogʼi 
tuprogʼi surmadir, bu tilanchi eshigingga kelganini 
behuda deb bilmagin. Muridlik qo‘li bilan ishqning 
etagini tutginki, bu yo‘lda ishq murshidi (Lutfiy) komildir» deb yozgani uning so‘fiylik tariqatida bir komil 
murshid bo‘lganligini isbotlaydi: 
Faqirning odoqi tuproqi turur surma 
Guzof so‘rma eshikingga kelsa chun soyil. 
Irodat ilgi bila tut bu ishqing etagin – 
Kim, ushbu yo‘lda turur ishq murshidi komil. 
Qasidaning so‘nggi baytlarida bu nasihatning aslini senga aytdim, buni qabul qilish uchun qabul 
qiluvchi ko‘ngil bo‘lishi kerak. Chunki burungi bilimdonlar qabul qiluvchining joyi so‘zlovchining 
nasihatidir deb bekorga aytishmagan deydi.
Oxirgi 3 bayt duodan iborat bo‘lib, mirzoga boqiylik tilanadi: 
Misoli hukmina bo‘
lsun qamuq sitora muteʼ,
Falakta necha bo‘lursa mumassilu homil. 
Osib beliga bejaqin sipehr uza zobih, 
Hasudi davlatu johini aylasun bismil. 
Izi inoyati o‘ksulmasun bu sultondin 
Kim, ul inoyat erur bahri behadu komil. [1;13] 
Keyingi qasida 22 baytdan iborat bo‘lib, ramal bahrining mahzuf shaklida (foilotun, foilotun, 
foilotun, foilun) yozilgan
. Bu nasibsiz qasida ham Boysunqur mirzoga bagʼishlanadi. Аftidan, qasida 
mirzoning biror jangdan gʼolib b
o‘lib kelgani munosabati bilan yozilgan: 
Shukrkim, Haq fazlidin bo‘ldi duolar mustajob 
Kim, muzaffar bo‘ldi dushman uzra shohi komyob.[1;14] 
Ushbu qasidada shoir shahzodaning insoniy, kotiblik va podshoh sifatidagi fazilatlarini: mulku 
millat ravnaqi, shahzodalar sarvari, islom dini homiysi, sheʼru kitoblar noshiri, Jamshid, Аfridun, 
Kayxusrav, Doro, himmat va ehson ichra Hotam, adolat ichra No‘shiravon, mulk olish ichra Faridun, asl 
ichra Аfrosiyob deb maqtaydi. 
Uning adlidan bukun olam shunday maʼmur b
o‘ldiki, deydi shoir, dunyoda dushman uyidan 
boshqa xarob yer yo‘q, har neni fikr etsa, xato kelmasdan savob tushadi; agar Yoqut kotiblikni o‘rganish 
uchun shogirdlikka ariza bersa, bu xat ilmini boshidan o‘rganishi zarur bo‘ladi; baxt, iqbolu zafar sizga 
mulozimdir deya lutf etadi.
20-21-baytlar qasd bo‘lib, unda shoir sening madhingni aytishga haddim yo‘q, ammo shah sanosin 
aytgin deb gʼaybdan xitob ke
lgach, so‘zlarim dur bo‘
lib, sidq bilan keltirdim, axir shoh qulogʼiga nodir dur 
loyiqdir, deydi. So‘nggi bayt duo bo‘lib, shahzodaga boqiylik tilanadi: 
Boqiy bo‘
lgʼil dunyada k
o‘nglung tilagani bila, 
Ul kechagadigrukim, bo‘
lgʼay tongi yavmul
-hisob.[1;14] 
Xulosa o‘
rnida shuni taʼkidlash lozimki, Boysunqur mirzoga bagʼishlangan yuqoridagi qasidalarda 
nafaqat Mavlono Lutfiyning, balki, Xuroson xalqining odil podshoh, komil inson haqidagi gʼoyalari aks 
etadi. Qasidalar xalqparvar, millatparvar shaxsning fazila
tlarini ulugʼlash, uning xalq va millat oldidagi 
burchlarini eslatish, ezgu maqsadlar, ezgu gʼoyalar sari yetaklash, inson sifatidagi qadr
-qimmatini yuqori 
tutishga chorlash kabi hayotbaxsh mavzularni qamrab olganligi bilan ham katta ahamiyatga ega. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish