ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
14
turkiyshunoslikda endigina o‘z yo‘lini topmoqda. Bunga misol tariqasida M.A.Abdurazakov (1978),
I.X.Axmatov (l983), K. M. Abdullaev (l983; 1984), R.G. Sibagatov (1984)larning kitoblari va
dissertatsiyalarini, ular orasida A.Nurmonov (1982; 1983), D.M.Nasilov (l983), N.M. Mahmudov (1984),
A.B. Abdullaev (1979; 1984), A.N.Nurmonov va N.Mahmudov (1995)larning dissertatsiyalari va
turkiyshunoslik bo‘yicha jurnallar va to‘plamlarda e’lon qilingan o‘zbek tili sintaksisiga bag‘ishlangan
maqolalarini keltirish mumkin. Bu yerda A.Z.Abdullaevning K.X. Axmatovning kitobiga yozgan
taqrizidagi quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Hammaga ma’lum leksik-semantik yo‘nalishda
erishilgan yutuqlardan farqli ravishda sintaktik-semantik tahlil haqida nazariy va uslubiy ishlanmalar endi
shakllanmoqda”.
Izhorli qurilmalar (keyinchalik qisqartirib IQ) o‘zbek yoki boshqa turkiy tillar uchun maxsus
tadqiqot obyekti bo‘lgan emas. “O‘zbek tili grammatikasi”da IQ asosiy semantik tip sifatida ajratilmaydi,
struktur-funksional yondashuv va qo‘shma gaplar tasnifiga muvofiq quyidagicha izohlanadi: ergashgan
qo‘shma gaplar orasida ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibida
izohlash munosabatini ifodalovchi sifatida ajratiladi.
A.N.Kononovning "Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika" kitobida izhorli
munosabati bog‘lovchili va pauzali (bog‘lovchisiz) gaplar tarkibida asosiy semantik-sintaktik ma’no
sifatida ajratiladi.
IQ tobe komponentga sinetik ifodalangan aloqasi bilan bu yerda struktur-funktsional yondashuvga
muvofiq ularning semantik tasnifisiz sodda gap doirasida qaraladi.
Umuman, keltirilgan havolalar (nisbatan ishonchliroqlari)ga va ko‘plab boshqa ishlarga tayangan
holda aytish mumkinki, IQlarning struktur tiplari va ko‘rinishlari adabiyotlarda aniqlangan, savollar
yetarlicha ko‘p, ammo ular semantik-grammatik (asosan bu yo‘nalishning rus, nemis tilshunosligi va
boshqalarda chuqur taraqqiy etayotganligini hisobga olganda) jihatdan yetarlicha o‘rganilmagan va bu
o‘zbek tili materiallari asosida mazkur tadqiqotni amalga oshirishni dolzarb qilib qo‘yadi.
Funksional-struktur yondashuv nuqtai nazaridan sintaktik strukturalar uchun tashkiliy boshlanish
ularning gap tarkibidagi shakliy vazifasi va gap strukturasiga bu funksional tuzilmaning shaklan qo‘shilish
usulidir. Struktur-semantik nuqtai nazaridan gap uning mazmuniy (semantik-grammatik)
komponentlarining o‘zaro semantik munosabatidan hosil bo‘ladi, aniq formal-grammatik usullar va
ularning gapda mujassam bo‘lishi va qo‘shilishi, birinchidan, yetkazilayotgan mazmunga nisbatan mustaqil
ma’noga ega emasligi va ikkinchidan, o‘zining bor holicha harakatda bo‘lishi bilan xarakterlanadi, shunday
ekan, bosh usullarni hisobga olish va chetdagilarini hisobga olmaslik ishning mohiyatini tushunish uchun
to‘g‘ri deb hisoblash mumkin emas. Sintaktik strukturalarning shakliy va mazmuniy jihatdan o‘zaro ta’siri
qurilmaning har bir aniq tipi uchun nihoyatda har xildir.
Bu yerda ifoda planining nima va qanday o‘zgarishiga bog‘liq holda tipik strukturalar qatori
ko‘plab miqdorda ko‘chuvchi va aralash sintaktik tuzilmalar - modifikatsiyalar, transformatsiyalar,
perifrazalar hosil bo‘ladi. Gap strukturasida bu variyatsiyalarning barchasi turli daraja yoki bosqichdagi
sintaktik birliklar, o‘ramlar bilan murakkablashgan gap, ergash gapli va bog‘lovchisiz qo‘shma gap sifatida
chiqadi. Turli sathdagi IQlarni bu tarzda qamrab olish o‘zida semantik bir planlilikni tavsiflovchi,
sintaksisning ma’lum qismini “vertikal” qirqib olishni ifodalab, bir tomondan qurilma tashkiliy
tuzilishining ularning komponentlari grammatik mujassamligi xususiyatlariga bog‘liqligini va ular
o‘rtasidagi aloqa turlarini chuqur o‘rganishga imkon beradi. Boshqa tomondan, turli sathdagi IQlarni
struktur-semantik tadqiq etish ularning sinonimlariga murojaat etishni taqozo qiladi.
Sintaktik sinonimiya turkiyshunoslik uchun yangi mavzu bo‘lib, bu borada Sayfullaeva va
boshqalarning ayrim ishlarigina amalga oshirilgan xolos. Ammo nazariy jihatdan erishilgan natijalar
qoniqarli deb bo‘lmaydi. Sintaksisning bu qismining ko‘plab qoidalari aniqlanmay qolmoqda, nimalarni
sinonimik qurilmalar deb hisoblash mumkin, sinonimlik va sinonimiya chegarasidan tashqariga chiquvchi
tuzilmalar va shu kabilar
.
IQ struktur- semantik tiplarini va ularning sinonimik munosabatlarini va bunda erishilgan ma’nili
natijalarni o‘rganish o‘zbek tili sintaksisining dolzarb masalalaridan biri ekanligi oydinlashadi.
“O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”da izoh so‘zi shunday sharhlangan: “Izoh - 1) so‘z, ibora, voqea
hodisa va b.ga beriladigan tushuntirish, sharh, tavsif (mas. so‘z ma’nosining izohi, qonun moddasining
izohi, sharhi); 2) matnning ayrim joyiga kiritilgan yoki ayrim masalaga berilgan qo‘shimcha ma’lumot,
tushuntirish, eslatma, uqtirish”.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da izoh so‘zi va u vositasida hosil qilingan so‘zlarga berilgan
sharhlarda ham o‘zaro uyg‘unlik mavjud:
Izoh (a.)– tushuntirish, sharh 1. So‘z, ibora yoki voqea-hodisa va sh.k.ga berilgan sharh;
tushuntirish.
Kitob izoh va sharhlar bilan ta’minlangan. Zaynab keyingi so‘zlarga tushuna olmagan…
Do'stlaringiz bilan baham: |