Uch uzvli murakkab terminlar
. Bunday murakkab terminlar erkin so‘z birikmasiga qiyoslaganda,
uch mustaqil lug‘aviy ma’noli birlikdan tashkil topgan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, uch uzvli so‘z birikmasi
zanjiri termin sifatida ma’no ifodalaydi va bir tushunchani anglatadi. Ulardan ayrim misollar keltirish bilan
cheklanamiz:
kuchning ta’sir vaqti, qatlamlarning deformatsiyalanish xususiyatlari, ruxsat etilgan nisbiy
deformatsiya,avtomobilning dinamik omili, kuchning dinamiklik koeffitsiyenti, ortiqcha yuk koeffitsiyenti,
kuchlanishni kamaytirish koeffitsiyenti, elastiklikning cho‘ziqlik moduli, statik elastiklik moduli, ekvivalent
elastikli moduli, g‘ildirakka tushayotgan og‘irlik, doimiy ta’sir qiluvchi og‘irlik, ruxsat etilgan cho‘kish
chegarasi, yo‘l to‘shamasi o‘lchamlari, ruxsat etilgan chegaradagi egilish, yo‘l to‘shamasi mustahkamligi,
yo‘lning ish davri, plitaning hisoblangan qalinligi, qoplamaning yorilish chidamliligi, yo‘l to‘shamasi
elastikligi, konstruktiv qoplamaning chidamliligi, tekislangan tuproq yo‘l, tuzatilgan tuproq yo‘l, klinker
qoplamali yo‘l, serg‘ovak asfaltbetonli poydevor, dag‘al toshli poydevor, qatnov qismi toshtaxtasi, betonli yo‘l
qoplamasi, qatron-betonli yo‘l qoplamasi, qum-asfaltbetonli yo‘l qoplamasi, qattiq yo‘l qoplamasi, sement-
betonli yo‘l qoplamasi, shlakbetonli yo‘l qoplamasi, shebenli yo‘l qoplamasi, loyqaga qarshi qatlam, zax
qochiruvchi qatlam, yo‘l poyi kengligi, qatnov qismi kengligi, joydagi nuqtaning balandligi (belgisi), yo‘l
yonbag‘ri qiyaligi, tog‘ yonbag‘ri arig‘i, yo‘l qiyaligi koeffitsiyenti, yo‘l qirg‘og‘i novi, sizib o‘tkazuvchi
ko‘tarma
kabi.
To‘rt uzvli murakkab terminlar
. Bunday terminlar avtoyo‘lsozlik terminlari tizimida nisbatan
kamligi bilan xarakterlanadi. Misollar:
emulsiya mineralli quyma qorishma, namlik va issiqlikning o‘zgarishi,
muzlagan qatlamning qabarish koeffitsiyenti, mayda shag‘alli yo‘l qoplamasi, yo‘l qoplamasining kapital tipi,
quyma materialli yo‘l qoplamasi, sodda tipli yo‘l qoplamasi, bir qatlamli yo‘l qoplamasi, o‘tish tipidagi yo‘l
qoplamasi, aralashtirish usulli yo‘l qoplamasi, g‘ildirak o‘qiga tushayotgan og‘irlik, qattiq bo‘lmagan yo‘l
to‘shamasi hisobi, keltirilgan og‘irlik kuchi sxemasi, ishlov berish bilan ma’lum shaklga kiritmoq, yo‘lga
ajratilgan joyni tozalash, yo‘l qismini taram-taram qilish, qorishmani bosib tekislab qo‘yish, yo‘l to‘shamasini
mustahkamlash koeffitsiyenti, yo‘l to‘shamasining ish koeffitsiyenti,ko‘prikning ro‘yxatga olinganligi haqidagi
hujjat, yo‘l to‘shamalarining ishlash qobiliyati
kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |