Aim.uz
Operativ ish rejalari
Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarida yetishtiriladi. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat, mehnat qurollari va predmetlari o`zaro beriladi, harakatga keladi, mehnatni mehnat qurollarini qamrab olgan holda mehnat predmetiga ta’sir qilishi natijasida tayyor mahsulot holiga keltiriladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarini to`g`ri tashkil qilish va faqat mahsulot yetishtirishni ko`paytirib borish asosi, shu bilan birga mehnatning o`zidan, mehnat qurollari va predmetlaridan oqilona foydalanish, ularning har bir birligiga ko`proq mahsulot yetishtirishni ta’minlash asosi hamdir.
Korxonaning yillik rejalarida ishlab chiqarish umumiy holda, yirik masshtabda, asosiy ko`rsatkichlarda aks ettiriladi. Korxona faoliyatini to`g`ri boshqarish, ishlab chiqarish dasturlarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun yillik rejalar bilan bir qatorda operativ yoki ish rejalarni tuziladi. Bu rejalar ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning asosiy hujjati hisoblanadi. O`simlikchilik va chorvachilik mavsumiy sohalarida ish rejalari ayrim ishlab chiqarish davrlari bo`yicha tuziladigan rejalardan iborat bo`ladi. Masalan, paxtachilikka ixtisoslikka xo`jaliklarda ekishgacha, ekish davri, g`o`zaga ishlov berish davri va hosilni yig`ib-terib olish davri kabi muddatlarga ish rejasi tuzildi.
Ko`pincha soddalashtirib ish rejalarini ish grafigi deb ham aytiladi, ya’ni ekish grafigi, paxta terish grafigi va h.k. Ish rejalarida belgilangan muddatda bajariladigan ishlarning turi va hajmi, ularni bajarish uchun talab qilinadigan ishchi kuchlari, mashina va uskunalar soni, xomashyo va materiallar miqdori ko`rsatiladi. Ish rejasi ekin turi, brigada, bo`lim va korxona bo`yicha tuzilishi mumkin.
Ish rejasini boshqarishning hamma bo`g`inlari (brigada, bo`lim, korxona) bo`yicha tuzilishi ishchi kuchlari, texnika vositalari hamda xomashyo materiallarini to`g`ri taqsimlash, zaruratga ko`ra, kerakli joyda ularni mujassamlashtirgan holda foydalanishni ko`zda tutish imkonini beradi.
Chorvachilikda – mollarni o`stirish va semirtirish rejasi, qo`ylarni kuzgi qochirish, bahorgi qo`zilatish, junini qirqib olish davri uchun ish rejalari tuziladi.
Ishlab chiqarish nisbatan bir me’yorda kechadigan sohalarda, masalan, sut qoramolchiligida, go`shtchilik majmualarida, sanoat asosidagi parrandachilik fabrikalarida ishlab chiqarish jarayonlarini to`g`ri tashkil chorak(kvartal)lar bo`yicha belgilangan mahsulot sotish davlat reja topshiriqlarini bajarishni ta’minlash uchun oylar va chorak(kvartal)lar bo`yicha ish rejalari tuziladi. Korxonalardagi eng sodda va qisqa reja – bu, reja-naryad. Uning xususiyati shundan iboratki, u bir vaqtning o`zida ham topshiriq, ham bajarilgan ishni hisboga olish hujjati xizmatini o`tashi mumkin.
Reja-naryad ishning xususiyatiga ko`ra, individual xodimga, ishchilarning mayda guruhiga, traktor otryadiga yoki agregatiga qisqa muddatga (bir, besh kun va dekadaga) beriladi.
Agar reja-naryad traktor agregatigayoki otryadiga beriladigan bo`lsa, u holda ularga reja marshruti ham beriladi. Unda ishni qaysi dalada boshlab, qaysi dalada tamom qilish ko`rsatiladi.
Reja-naryadda quyidagilar ko`rsatiladi:
-ishning turi, hajmi va qayerda bajarilishi;
-ishni bajarishning sifat ko`rsatkichlari;
-ish bajarish me’yori yoki biriktirish me’yori ish haqi rassenkasi;
-ish birligiga va naryaddagi jami ish hajmiga sarf qilinadigan xomashyo va materiallar (yonilg`i, o`g`it, zaharli modda, yem-xashak va h.k.).
Topshiriq bajarilgandan keyin natija reja-naryadda aks ettiriladi. Shunga ko`ra, reja-naryad hisobot hujjati ham hisoblanadi va buxgalteriya tomonidan hisob-kitob uchun qabul qilinadi. Buning uchun u belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |