Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Keywords:  road construction, lexical gap, terminology, term element, types of terminology



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

Keywords: 
road construction, lexical gap, terminology, term element, types of terminology. 
 
Terminlar boshqa til birliklaridan tarkibiy tuzilmasining murakkabligi bilan xarakterlanadi. Masalan, 
umumnutqda so‘z birikmasi shaklidagi birliklarning mustaqil atov birliklari sifatida qo‘llanilishi kamdan-kam 
kuzatiladi. Ayrim hollardagina leksik lakunalar bilan bog‘liq ravishdagi bunday qo‘llanishlarga duch kelishimiz 
mumkin [6, 258; 1, 215; 18, B.49; 2; 5, 136-146; 9, 129; 10, 40-45; 11; 12, 77-83; 13, 3]. Lekin sohaviy nutqda 
bunday holatlar ko‘plab uchrashiga lug‘atlar asosida amin bo‘lish mumkin:
davlat bankining qimmatli 
qog‘ozlarning bahosini e’lon qilishi

minimal chastotaviy siljishli Gauss manipulyatsiyasi, vaqt bo‘yicha 
ajratilgan dupleks uzatish, ruxsat etilgan foydalana olish kanali, sohaning e’lon qilinmagan qayta tanlanishi, 
axborotni (signalni) qo‘lga kiritishning kam-kam ehtimolligi
. Bu holat tilning ijtimoiy hodisa ekanligi, biroq 
terminlar jamiyatning tor qatlami uchun xosligi va, aksariyat hollarda, mavjud til vositalari, birikmalar asosida 
ijod qilinishi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, terminlarning faqat sohaviy nutqda uchrashi, o‘z-o‘zidan, ularning 
kam qo‘llanishini keltirib chiqarib, lisoniy birliklar sifatida umumiste’mol til birliklari kabi “silliqlanmasligiga” 
sabab bo‘ladi va bu terminosistemada mavjud terminlarning aksariyatida formal-semantik nomuvofiqlikka sabab 
bo‘ladi. Zero, aytilganidek, bunday terminlarda shaklan erkin birikmalik, ma’noviy jihatdan esa yaxlitlanish, 
muayyan bir tushunchani ifodalash tendensiyasi ustuvor bo‘ladi. Avtoyo‘lsozlik terminosistemasida ham bunday 
holat yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Ko‘p hollarda so‘zlarni, ayniqsa, terminlarni shakliy jihatdan turlarga ajratganda, birdan ortiq 
o‘zakdan tashkil topgan birliklarga nisbatan 
qo‘shma, juft, murakkab, tarkibli, birikmali, birikma
terminlari 
ishlatilaveradi.
O‘zbek texnik terminologiyasida barakali xizmat qilgan tilshunos R.Doniyorov terminlarni tuzilishiga 
ko‘ra o‘ziga xos tarzda tasniflaydi. U birdan ortiq leksik uzvdan tashkil topgan terminlarni sintaktik yo‘l bilan 
hosil bo‘lgan terminlar sifatida qaraydi. “O‘zbek tilining texnik terminologiyasida yakka so‘zli terminoarga 
nisbatan sintaktik usul bilan hosil bo‘lgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning boisi nimda? 
Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham 
muhim nominativ manba sanaladi. Bunda olim tilshunos A.N.Kojinning ularda ifodalanyotgan narsaning belgisi 
shundoqqina ifodalanib turadi, ular bilishsizlikdan bilish sari harakat jarayonida ijtimoiy ma’lumotlarni
mustahkamlashda “so‘zdan iborat to‘siqni oshib o‘tishga yordam beradi” degan fikriga metodologik asos sifatida 
tayanadi [2, 97]. Olim sintaktik usul bilan hosil bo‘lgan texnik terminlarni ot+ot, nisbiy sifat+ot, sifatdosh+ot, 
jarayon nomi+ot tipidagi ko‘rinishlarga bo‘ladi. Ot+ot tipidagi terminlarni I tip izofali, II tip izofali, III tip izofali 
turlarga ajratadi. Tilshunos bu terminlarni yasalish jihatidan sintaktik usul bilan yasalgan va tuzilish jihatdan 
qo‘shma terminlar nomi bilan ataydi [2, 148]. 
R.Doniyorovning yuqoridagi tasniflarida ayrim e’tiborga molik jihatlar ko‘zga tashlanadi. 
Birinchidan, u sintaktik usul bilan yasalgan terminlar sirasida fe’l turkumiga mansublarini ajratmaydi. 
Ikkinchidan, olim ayrim sintaktik usul bilan hosil bo‘lgan terminlarning qoliplarini morfologik (masalan, ot+ot 
tipidagi), ba’zilarini semantik (jarayon nomi+ot) asosda belgilaydi. 
Umuman olganda, tilshunos R.Doniyorov terminlarni tuzilish jihatidan sodda va qo‘shma turlarga 
ajratadi.
Tilshunos N.Qosimov “O‘zbek tili ilmiy-texnikaviy terminologiyasi masalalari” (So‘z o‘zlashtirish va 
affiksatsiya masalalari) asarida birdan ortiq komponentli terminlarni qo‘shma, juft va gibrid turlariga ajratadi. 
“O‘zbek tili leksikasida ilmiy-texnikaviy tushunchalarni ifodalovchi qo‘shma terminlar salmoqli o‘rin 
egallaydi... Umumtilshunoslikdagi “qo‘shma so‘zlar” (sobstvenno-
slojnыe slova) terminiga qiyosan 
terminologik sistemalardagi xuddi shu tipdagi, ya’ni ikki va undan ortiq mustaqil termin yoki 
terminoeelementlarning o‘zaro qo‘shilib hosil qilingan yangi leksik birlik – yangi yaxlit terminga “qo‘shma 
termin” birikmasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir”[14, 47]. Olim bunda V.V.Vinogradovning “so‘z yasash 
sohasida tilning ichki rivojlanish qonunlari, ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Yangi so‘zlarning yasalishi tilda 
allaqachon barqarorlashgan yoki yangi o‘zaklarning ajralishi va yangi affiksal unsurlarning qo‘llanilishi bilan, 
shuningdek, so‘z yasash sistemasining rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog‘liq holda yangidan vujudga 
kelayotgan modellar hamda so‘z yasash tiplari bo‘yicha amalga oshadi” [3, 155] degan metodologik tabiatli 
fikriga tayangan holda ish tutadi. Shu bilan birgalikda, olim qo‘shma terminlarning qo‘shma so‘zlardan ayrim 
jihatlari bilan farqlanishini ham ta’kidlaydi. “Masalan, qo‘shma so‘zlar barcha mustaqil so‘z turkumlari 
doirasida amal qilishi mumkin. Qo‘shma terminlar esa asosan ot turkumi doirasida amal qiladi, qo‘shma sifatlar 
faqat terminelement, ya’ni birikma terminning aniqlovchi komponenti sifatidagina qaraladi. Bu yerda shuni qayd 
etish kerakki, otdan boshqa so‘z turkumlarining termin bo‘la olishi, potensial bo‘lib, ular ayrim olingan holda, 
termin bo‘la olmaydi. Ularning terminologik xarakteri kontekstda aniqlanadi, masalan, fe’llar birikmalar 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish