Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 

Ганҷи худоро ту калид омадӣ,
На-з пайи бозича падид омадӣ.
Чарх, ки аз гавҳари эҳсон-т сохт,
Оинаи сурати раҳмон-т сохт.[1; 84]
 
(Xudo xazinasining kalidi sen, ham o‘yinchoq uchun ham yara- tilgansan. Ehson gavharidin seni 
yaratgan charx rahmat suratining oinasi qilib tuzdi seni.) Demak, inson – ko‘zgu tezisi Amir Xusravda ham 
bor.
Amir Xusravning o‘zga shoirlardan asosiy farqi shundaki, ayni shu bobning o‘zida u insonning 
riyozat orqali kamolotga erishishi haqida fikr yuritadi. Insonda ziddiyatli asoslar bor – u ulug‘ va nuqsonli, 
ham «xalifa» va ham «qo‘g‘irchoq». Shu sabab u o‘zini anglashi, o‘yinchoqlik holatidan chiqishi kerak, 
buning uchun pishishi lozim. Xumdonda solingan g‘ishtday: 
В-ар ту ҳамон обу гиле дарсиришт,
Пухта шав аз мояи гулхан чу хишт.[1; 85]
 
(Senda suv va loyning qorishmasi bor, g‘ishtkabi gulxan haroratida pishgin.) Bu yo‘l – so‘fiylar 
yo‘li, tariqatning ranjli yo‘lidir. SHu yo‘l manzilga olib boradi, deb yozadi shoir. 
Мартабаеҷў, ки бароӣ ба моҳ,
Кас нахўрад шарбати борон зи чоҳ.
Баски маҳӣ ту раҳи боло гузид,
Аввал Зуннун шуд ва пас Боязид
.
 [1; 85]
(Shunday bir martabani izlakim, oyga yo‘l olgan kishi yomg‘ir lazzatini quduqda totishi mumkin 
emas. Baski, sening oying yuqoriga yo‘l olgan ekan, avval Zunnun bo‘ldiyu, keyin Boyazid.) Zunnun 
Misriy va Boyazid Bistomiy – tasavvufning ikki buyuk shayxi, ular valiyulloh insonlar bo‘lib, komillik 
darajasini egallagan edilar. Demak, Amir Xusrav umuman inson sharafi, xilqati haqida gapirishdan 
tashqari, inson kamoloti haqida ham fikrlar bayon etgan va yo‘lni tariqat yo‘li deb taqdim etgan. Tariqat 
kamolot yo‘li. «Maqolat»da shundan keyin insoniy kamchiliklar ustida to‘xtalib, ulardan qutulish borasida 
nasihatlar qilinadi.
Iymon-e’tiqod va islom ahkomi haqida Xusrav Dehlaviy o‘z dostonida maxsus bob ajratadi 
(«To‘rtinchi maqolat»), ma’lum bo‘ladiki, Amir Xusrav inson kamoloti, jumladan so‘fiy kishining 
ma’naviy tarbiyasi uchun tariqat bilan birga shariatni ham muhim deb hisoblagan. Voqean, agar tasavvuf 
tarixiga nazar tashlasak, shariat va tariqat orasidagi masala ustida ancha bahs-munozara bo‘lganligini 
ko‘ramiz. Chunki bir qism shayxlar oshiq so‘fiy uchun shariatga rioya qilish zarurati yo‘q. Bu shariat 
zohidni ko‘ruvchi odamlarga mo‘ljallangan, tariqat ahli – tariqat odobiga rioya qilsa kifoya deb chikqan 
bo‘lsalar, boshqa guruh so‘fiylar tasavvufda shariat muhim ahamiyatga ega, shariat – omma rioya qiladigan 
qoida- qonunlar majmui, shu bois u «xos» kishilarga ham taalluqli deb chiqdilar. «Shariat – tanadir, tariqat 
– jondur, haqiqat – ruhdir». Tana ruh va jonsiz bo‘lmaganiday, jon ham tanasiz bo‘lmaydi. 
Amir Xusrav ana shu e’tiqodga qattiq ishonar va shariat ahkomini bajarishni hamma uchun zaruriy 
hisoblardi. Uning piri Nizomiddin Avliyo ta’limoti ham shunga muvofiq edi. 
Amir Xusrav shariatning besh talabi – namoz, ro‘za, haj, zakot va «Kalimai shahodat»ni zikr 
etishni «musulmonlikning besh asosi» deb aytadi. Voqean, Qur’on va boshqa diniy kitoblarda ham bu 
ko‘rsatma bor. Amir Xusrav ushbu besh «asos»ni birma-bir ta’riflab chiqdi. «Shahodat» kalimasi – 
iymonning nishonasi bo‘lsa, namoz va ro‘za Parvardigorga bandalik toati va sadoqatini bildirish vositasidir. 
Hindistonlik shoir o‘z tangrisiga niyoz bilan toat qilmagan odam Tangrining gapini qaytarib, rad bo‘lgan 
iblisga o‘xshashdir, deydi. Vahshiy hayvonlar, qushlar, o‘simliklar bo‘y cho‘zib, o‘z xoliqiga shukrona 
aytadi, nega inson toatga o‘tirib, o‘z shukrini bildirmasligi kerak? Namoz – bu tavallo, poklanish, jumla 
mavjudotning egasiga qulligin izhor etishdir: 
Шарм надорӣ, ки туро Ҳаййу пок,
Хонда ба меъроҷу ту хуфта ба хок.
Ҳарчи ба даҳр одамӣ асту парӣ,
Нест магар баҳри парастишгарӣ.
Эй ба батолат чу фурўмоягон, 
Чанд хўрӣ неъмати Ҳақ ройгон. 
Ваҳшу туюре, ки чарохор кард,
Сар ба гаҳе хўрду нагунсор кард.
Қатраи обе нахўрад мокиён,
То накунад рў басўйи осмон.
Ҷисму ҷамоде, ки ба кўю раҳанд.
Ҳам ба забоне “батаъалаллаҳ”анд.[1; 127-128]



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish