Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Person's image in the works of Husrav Dehlavi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

 
Person's image in the works of Husrav Dehlavi 
Abstract.
This article is about person's image as history of whole literature in dastan "Matla ul-
anvor" by great hamsa writer-poet Husrav Dehlavi. The author emphasizes the poet's narration about 
person, his greatness, creation, image and spirit, morality, activity and dreams. 
Keywords: 
hamsa writer, dastan, person's image, person's creation, image and spirit, sheikh, sufi, 
sheriat, tarikhat, truth, comparing. 
 
Inson hamma zamonlarda ham adabiyotning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. «Adabiyot 
insonshunoslik fani» ekan, demak, butun adabiyot tarixini inson haqidagi fikriy-g‘oyaviy qarash, insonni 
tasvirlash, inson mohiyatini kashf eta borish tarixi deb atasa bo‘ladi. Chunki har bir yozuvchi, har bir shoir 
jamiyat hodisalari, o‘zini qiziqtirgan, to‘lqinlantirgan g‘oyalarni qalamga olar ekan, albatta, inson siyrati va 
surati, axloqi, faoliyati, niyat-orzulariga qadalib o‘tadi. Insonning o‘zi nima, u qayerdan kelib chiqqan
hayotda o‘zini qanday tutishi kerak, insoniyat jamiyati, odamlar fikrining bir-biriga munosabati nimalar 
asosida qurilishi lozim? Bu savollar faqat faylasuflar, siyosatdonlarnigina emas, adiblarni ham band etgan. 
Ko‘p asrlik Sharq adabiyotida inson problemasi doimiy ravishda bahs-munozaraga sabab bo‘lib, turli 
qarashlarni vujudga keltirgan. Sharqning gumanist shoirlari diniy hurofot va feodal zulm-istibdodning 
kuchaygan davrlarida kam insonni ulug‘lash, uning ajib fazilatlarini vasf etish, nomaqbul, tuban holatlarini 
tanqid qilishni kanda etmaganlar. 
Buni buyuk shoirlar – Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy 
ijodida, xususan, ularning so‘fiyona-falsafiy dostonlari «Maxzan ul-asror», «Matla’ ul-anvor», «To‘hfat ul-
ahror» va «Hayrat ul-abror»da ko‘rsa bo‘ladi. 
Amir Xusrav dostoni garchi Nizomiy ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ammo ularda har bir shoir 
yashagan zamonning talablari, muallifning shaxsiy qarashlari, o‘y-fikri aks etganini unutmasligimiz lozim. 
Ular shunchaki, inson haqida fikr yuritish, uning falsafiy mohiyatini anglash uchun intilgan emaslar. Buyuk 
shoirlarni, avvalo yaxshi inson fazilatlari nimadan iborat, qanday qilib yaxshi odam bo‘lishi kerak, degan 
masalalar qiziqtirgan va har biri o‘z kuzatishlarining natijasini ifodalagan.
Xusrav Dehlaviyda umumiy kirishdan keyin uchta munojot va na’t keladi. So‘ngra shoir o‘z piri 
Nizomiddin avliyo, sulton Aloiddin, yana bir hukmdor madhiga o‘tadi. So‘ngra asarning tartib va tarkibi 
xususida gapiradi-da, orqasidan uchta xilvat (uchta falsafiy-tasavvufiy boblar)ni yozadi. SHundan keyin 
yigirmata maqolat keladiki, har biri maqolat bitta hikoyat bilan yakunlanadi. Asarning oxirgi bobi «Guftori 
ixtimomi kitob» (Kitob tugallangani haqida so‘z) deb nomlangan. Xusrav Dehlaviy asari, shunday qilib, 
hammasi bo‘lib, 55 bobdan iborat.
Maqolatlar va ularning hikoyalari soni 20 ta. Amir Xusrav dostonining birinchi bayti: 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish