Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 

Bismilohir-rahmonir-rahim 
Xutbai quds ast ba mulki qadim. [1; 83] 
Ulug‘ shoir so‘z ibtidosini «Bismillo» bilan boshlab, ilohiyot olamining azal va abadligi, 
cheksizligi, vahdatga shak keltirish kufr ekanligi haqida yozadi. Amir Xusravning «Matla’ ul-anvor» 20-
maqolatida o‘z qizi va barcha qizlarga nasihat so‘zlari keltiriladi. Bu borada xiyla ibratli o‘gitlar bayon 
etilgan. 
Endi asosiy mavzuimiz – inson talqini masalasiga kelganda aytish kerakki, Amir Xusrav 
Dehlaviyning odamning yaratilishi, xilqati va axloqiy-ijtimoiy vazifalari haqidagi qarashlari islom aqidalari 
asosida shakllangan. To‘g‘ri, inson haqidagi fikr-tushunchalar dunyodagi barcha xalqlarning og‘zaki va 
yozma adabiyotlarida mavjud. Shuningdek, bashariyat mutafakkirlari qadim-qadimdan odam haqida o‘yga 
tolib, uni o‘rganib, muhim xulosalarni bayon etganlar. Qadimgi Misr, Bobil, yahudiy, fors, yunon 
donishmandlari, faylasuflari inson xilqatini o‘rganib chiqib, o‘z davrlari uchun ham, keyingi avlodlar uchun 
ham ibrat bo‘ladigan gaplarni bayon etgani ma’lum. Umuman, insonga bo‘lgan qarashning o‘z tarixi bor, 
chunki har bir davr mafkurasi inson talqinida o‘zgacha yo‘l tutgan. Inson odobi, vazifalari ham zamonlar 
o‘tishi bilan o‘zgarib turgan. SHunga o‘xshash islom dinining ham inson haqidagi o‘z qarashlari bor. Bu 
qarashlar musulmonlarning muqaddas, ilohiy kitobi bo‘lmish Qur’oni karimda va hadisi sharifda 
ifodalangan. SHuni maxsus ta’kidlamoqchimizki, O‘rta asrlar SHarq adabiyotiga Qur’onning ta’siri 
shubhasiz bor haqiqat.
.
Musulmon SHarqi adabiyotini shuning uchun islom dinidan xoli holda tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Faqat sof islomiy yoki sufiyona adabiyotgina emas, umuman adabiy-badiiy hayot, estetik 
qarashlar, tushuncha-tasavvurlar, asotir va timsollar islom g‘oyalari ta’sirida shakllangan edi. Hatto 
islomgacha bo‘lgan yodgorliklar, asotirlar ham islomiy ruhda qayta ishlab chiqilgan edi.
«Matla’ ul-anvor» dostonida ham birinchi maqolat odam haqidadir. Biroq, Amir Xusrav Nizomiy 
singari odamning yaratilishi xususida emas, balki inson xilqatining buyukligi, ilohiyligi masalasi ustida 
to‘xtaydi, odam haqida ko‘tarinki nafas bilan so‘z boshlaydi: 
Эй зи азал гавҳари пок омада,
Гавҳари ту зевари хок омада,
Чанбари нўҳ чарх басе бехт хок,
То ту бурун омадӣ эй дурри пок.
Он халафе ту, ки зи рўзи нахуст
Кавн ба меҳмонии шаш рўзи туст,
Худ зи падар гарчи кунун омадӣ,
Бо падар аз ҷумла бурун омадӣ.
Дафтари маънӣ ту зи бар хондаӣ,
Tax
таи асмо зи падар хондаӣ,
Арсаи олам ба масофат турост,
Давлати одам ба хилофат турост.[1; 83]
(Ey azaldan gavhari pok bo‘lgan inson, sening gavharing tuproq— Erning ziynati bo‘ldi. Sen pok 
dur yuzaga chiqshi uchun falakning to‘qqiz elagi qancha tuproqni eladi. Sen shunday xalifasanki, dunyo 
birinchi kundan boshlab sening olti kunlik mehmoning bo‘ldi. Agarchi otadan endi dunyoga kelgan 
bo‘lsang-da, lekin otang bilan barchadan oldin dunyoga kelgansan. Ma’no – Ilohiyot daftarini sen o‘qib 
olgansan, ismlar taxtasi – lavhi mahfuzni otangdan o‘rgangansan. Dunyo maydoni bugun kengliklari bilan 
senikidir, xudoning xalifasi bo‘lganing uchun Odam Ato davlati ham senikidir). 
Amir Xusrav vahdati vujud xususida so‘z ochmaydi, ammo Odamning zoti sharafli ekani, azaldan 
gavhari pokligini qayd etadi. Odam – olamlarning xulosasi, uning sharafi yana shuning uchun ham 
balandki, garchi uning yaratilishi Odam Ato bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ammo inson bundan ilgari mavjud edi, 
deydi hind shoiri, bunda u hazrati Muhammad nurining hali dunyo yaratilmasdan avval yaratilganligi 
haqidagi rivoyatni nazarda tutadi (bu hakda yanato‘xtaymiz). 
Odam – koinot xo‘jayini, Allohning xalifasi, uning qalbida g‘ayb asrori joylashgan. 
Ҳабли варийди ту фиканда баланд.
Дар шарифи кўнгири Аллоҳ каманд.
Нури ту ҳангомаи анҷум шикаст,
Дасти ту тасбеҳи малоик гусаст[1; 83].
 
(Bo‘yin tomirlaring balandga shunday cho‘zilganki, ya’ni qadding shunday baland ko‘tarilganki, 
Alloh arshi ayvoni kungurasi sharafiga arqon tashlagansan. Sening nuring yulduzlar salobatini barham etdi. 
Qo‘ling farishtalar tasbehini tortib oldi). 
Inson ham jonu jahon va ham barcha olam ifodasi, jahonga sig‘maydigan narsa, ya’ni qamrovu 
hududsiz ruhi mutlaq ham insonning o‘zi. Ikki dunyoning shohi, Parvardigor ganjinasining kalidi: 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish