3.
Garold Palmer uslubi
XIX asr oxiri va XX asr boshida chet tili metodistlari va o‘quvchilari orasida mumtoz to‘g‘ri uslub
g‘oyalaridan norozilik boshlandi. Chunki bu uslub ular kutgan natijani bermadi. Maktab sharoitida ham
chet tillarni o‘rganishga ajratilgan soatlar cheklanganligi, ham bu uslubning yuqorida aytilgan kamchiliklari
sababli o‘quvchilar chet tilida erkin muloqot qilishni o‘zlashtira olmadilar. Shuning uchun to‘g‘ri
metodning ayrim qoidalari qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Shunday uslubchi ingliz olimlardan biri Garold
Palmer bo‘lib, u Tokioda yashab yaponlarga ingliz tilini o‘rgatadi. Ingliz tilini o‘rgatish natijasida o‘z
uslubini yaratadi. Uning uslubi tinglab qabul qilishga, yodlab o‘rganishga asoslangan. Hamma til
materiallari shunday o‘rgatilgan.
Palmer ishlab chiqqan asosiy tamoyillarni quyidagicha ifodalash mumkin:
1)
Til o‘rgatishni og‘zaki nutqdan boshlash;
2)
1 yoki 2 oy davomida inkubatsiya davrini o‘tkazish, bu davrda o‘quvchilar ona tili ishtirokisiz
faqat ingiz tilini tinglash, uning fikricha, ong ishtirokisiz til o‘rgatishda ko‘p vaqt ketmaydi. Albatta, bu
noto‘g‘ri fikrdir;
3)
Grammatik materialni jadvalda qoida bermay o‘rgatish (u 100 ta grammatik jadvallar tuzgan);
4)
Tilni alohida olingan gaplar tartibida o‘rgatish;
5)
Qiyinchiliklarni sekin-asta berish;
6)
Psixologik omil- qiziqishga, qiziqtirishga ahamiyat berish;
7)
O‘quvchilarning quloqlarini (tinglash) ko‘zga (ko‘rishga) qaraganda oldinroq, tezroq ishlatish,
chunki material og‘zaki o‘rgatilgan [1].
G. Palmer ingliz tilida o‘qitishning og‘zaki kursini ishlab chiqdi va amalda qo‘llab ko‘rsatdi,
qo‘llanmalar yozdi. U so‘zlarning ma’nosini ochishda, grammatikani tushuntirishda ona tilini qo‘llashga
qarshi emasdi. Bu esa to‘g‘ri uslubda yangilik edi. Bu bilan u to‘g‘ri uslubni takomillashtirdi. U ingliz tilini
o‘rgatishni 4 bosqichga bo‘ladi:
1. Boshlang‘ich bosqich (elementary stage).
2. O‘rta bosqich (intermediate stage).
3. Yuqori bosqich (advantage stage).
4. So‘nggi bosqich. U ingliz tilini o‘rgatishni boshlanishi boru, oxiri yo‘q, birinchi 2 ta
bosqichlarga ingliz tili o‘rgatishda katta ahamiyat berish kerak, keyingi bosqichlar o‘z-o‘zidan rivojlanib
ketaveradi, degan fikrni bildiradi.
Palmer uslubi ham to‘g‘ri uslubga xos kamchiliklardan holi emas. Uning uslubida nutqni passiv
idrok qilish ko‘proq o‘rin olgan. Buni ayniqsa, boshlang‘ich bosqichda ko‘rish mumkin. Lekin boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |