5.
Aralash uslub
Bu uslubiy yo‘nalishning eng yirik vakillari E. Otto, F. Aronshteyn, K. Flagstad va boshqalardir.
Aralash uslublar yo to‘g‘ri uslubning yoki tarjima uslubining qoidalarini o‘zlashtirishi tufayli muayyan
o‘ziga xoslik bilan ifodalanadi. Shuning uchun bu yo‘nalish vakillari tomonidan birorta original o‘quv
qo‘llanmasi yaratilmadi. Avvalo shuni aytish kerakki, aralash uslub vakillari to‘g‘ri uslub vakillaridan
farqli ravishda chet tilini o‘qitishning maqsadlarini ancha batafsil ifodalaydilar. To‘g‘ri metodchilar chet
tilini o‘rganishning tor amaliy ahamiyatinigina ko‘rgan bo‘lsalar, aralash uslub vakillari bu predmetning
amaliy vazifasini inkor qilmay, garchi har xil tushunsalar-da, uning umumta’limiy ahamiyatini ham e’tirof
etadilar. Masalan, K. Flagstad chet tilini o‘qitishning umumta’limiy ahamiyatini aynan tilni o‘rganish orqali
ro‘y beradigan shaxsning intellektual o‘sishida ko‘radi.
Amaliy maqsadlarga kelganda, aralash usulning barcha vakillari, garchi o‘qishni o‘rgatish yo‘li
ishning reproduktiv shakllari, ya’ni og‘zaki nutq orqali o‘tishini tan olsalar ham, o‘qishni afzal ko‘radilar.
Ta’limning mazmuni masalasi aralash uslub vakillari tomonidan tahlil qilinmagan. K. Flagstad va
E. Otto ta’lim mazmuniga umuman yondashmagan bo‘lsalar, F. Aronshteyn o‘rganilishi lozim bo‘lgan
grammatika va leksika qo‘llaniladigan hamda o‘rganilayotgan til normalariga mos bo‘lishi kerak, degan
umumiy mulohazalar bilan cheklanadi. E. Otto chet tilini o‘qitishda ona tilini chetlab o‘tib bo‘lmasligini,
ona tilidagi shakl va so‘zlar ma’lum tushunchalar bilan tutashgandek vujudga kelganini, shuning uchun
so‘zlarning ma’nosini ochishda grammatikani tushuntirishda ona tiliga murojaat qilish, chet tilida yetarli
asos yaratilgunicha ona tilidagi tajribaga tayanish kerakligini ta’kidlaydi. F. Aronshteyn bu masalaga
yanada chuqurroq qarab, chet tili grammatikasini o‘rganishda ona tiliga tayanish va uni ona tili bilan
taqqoslash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
K. Flagstad ana shu masala bo‘yicha eng ilg‘or pozitsiyada turib, o‘qituvchi o‘quvchilarning ona
tilisiga murojaat qilmasa, ular chet tilining tuzilishlarini tushuna olmasliklarini uqtiradi. Shuning uchun
chet tili grammatikasini o‘zlashtirishning eng yaxshi usuli uni ona tili bilam qiyoslash, deb hisoblaydi. Buni
asoslash uchun aytgan fikricha, o‘quvchilar o‘z ona tillarining tuzilishiga shunchalik o‘rganib ketadilarki,
uni har qanday so‘z uchun mos keladigan tuzilma deb ham hisoblaydilar. Ularning bu tasavvurini
taqqoslash va tarjima, ba’zi hollarda, hatto so‘zma-so‘z tarjima yo‘li bilangina kengaytirish mumkin. K.
Flagstad qoidalardan foydalanish va grammatikani o‘rganishni birmuncha qat’iy yoqlaydi. Shuningdek, u
grammatikani induktiv yo‘l bilan o‘rganishga qarshi chiqadi. Chunki uning tushunishicha, induksiya-
qoidalarni o‘rganish va deduksiya- qoidalarni amalda qo‘llash demakdir. Shuning uchun u qoidalarni
misollar bilan birga yodlashga, keyin ularning qo‘llanishini mashq qilishga katta ahamiyat beradi. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |