ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
75
omillardan biri bo`lib, nafaqat etnik farqlovchi belgi, balki tarixiy, ijtimoiy va madaniy tajribaning
saqlovchisi hamdir [1; 2].
Ingliz lisoniy shaxsi ongida Buyuk Britaniya va inglizlar bilan bog’liq holda shakllangan
avtostereotiplar, ya`ni taniqli inglizlarning o`z vatani va vatandoshlariga tegishli bo`lgan fikrlari, hukmlari
va baholarining semantik asoslarini tadqiq etish keyingi paytlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. England va
Englishness tarkibli leksik birliklar vositasida taqdim etiladigan fikrlar va baholar turlicha
semantik
mazmunga ega bo`lishi mumkin. Madaniyatlararo muloqot jarayonida Britaniya hayoti bilan bog’liq aniq
semantik faktlar haqida bilimlarga ega bo`lmasdan turib, bunday leksik birliklarni tushunish ancha
mushkul, chunki mazkur lisoniy birlik semantikasi o`zi taqdim etayotgan fikr yoki bahoni tushinish uchun
etarli bo`lmaydi. Har bir iborani to`g’ri qabul qilish uchun esa unda mavjud bo`lgan ichki obraz bilan
bog’liq motuvlashgan makrokomponenti bilish talab qilinadi.
Vatan keng tushunchasining o`ziga xos xususiyati shundaki, u har bir xalqqa xos bo`lganligi
sababli ham universal, ma`lum bir millatga xos bo`lgan madaniy yorliqlarining mavjudligi tufayli ham
etnomadaniy hodisadir. Ingliz tilida vatan tushunchasining asosi bir nechta tushunchalardan tashkil topgan:
"people", "homeland", "nation", "land" and "country". "Homeland" g’oyasining ingliz tilida bunday
tushunchalar orqali ro`yobga chiqishi yagona ingliz millatining ko`p etnik guruhlar negizida tashkil
topishining tarixiy sharoitlari bilan izohlanadi. Mazkur maqolada ingliz taniqli siyosatchilari,
olimlari,
badiiy ijod nomayonda-larining nutqida o`z vatanining tarkibiy qismi bo`lmish Britaniya va britaniyaliklar
haqida aytilgan fikrlarini ifodalovchi lisoniy vositalar ko`rib chiqiladi.
Britaniya va britaniyaliklar hayoti olamining milliy manzarasini baholovchi fikrlarning aksariyat
qismida uchta tarkibiy qism yaqqol ko`zga tashlanadi. Bular - "lisoniy shaxs", "milliy xarakter sohibi" va
"ingliz hayoti olamining lisoniy manzarasi".
Insonning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari shu dunyo bilan o`zaro munosabati jarayonida
shakllanadi, bunda lison fikrlash tabiatini, dunyoni bilish usullarini belgilaydi, insonning ongi va xatti-
harakatlariga ta`sir qiladi. Inson ongida olam manzarasining shakllanishi uning tashqi dunyo bilan o`zaro
aloqasining natijasidir. Olamning lisoniy manzarasi deganda, biz ushbu lisoniy jamoaning kundalik ongida
tarixan shakllangan va lisonda aks etgan olam haqidagi tasavvurlarning jamini,
voqelikni
tushunchalashtirishning muayyan usulini tushunamiz. Inson tomonidan dunyoni idrok etishning o`ziga
xosligi shundan iboratki, bu jarayonda nafaqat borliq ob`ektlarining o`zlari, balki aks ettirayotgan
sub`ektning pozitsiyalari, uning bu predmetlarga nisbatan munosabatlari ham aks etadi.
"Milliy xarakter sohibi" tushunchasi ostida biz alohida shaxsni tushunmasdan, muayyan ijtimoiy
sub`ektni, ya`ni millat va uning tarkibiga kiradigan guruhlarni nazarda tutamiz. Masalan, ingliz millati kabi
birdam va uyushgan jamiyat muhitida alohida shaxslar bir-birlariga ta`sir o`tkazishadi, buning natijasida
xatti-harakatning
umumiy standartlari, dunyoni sezish, axloqiy qadriyatlar va an`analar tizimi va h.z.
shakllanadi.
Milliy xarakter va olam manzarasi muammolari chambarchas bog’liqdir. Milliy xarakter deganda,
biz rivojlanishning aniq iqtisodiy, madaniy va tabiiy sharoitlarida u yoki bu ijtimoiy-etnik jamoaga
muayyan darajada xos bo`lgan xususiyatlar to`plamini tushunamiz. Agar "milliy xarakter" tushunchasi eng
avvalo tashqi kuzatuvchining madaniyatga bo`lgan qarashini nazarda tutsa, unda "olam manzarasi",
aksincha, ushbu madaniyat vakilining tashqi olamga bo`lgan qarashini o`rganadi. "Lisoniy shaxs" - o`zi
yaratgan matnlarning tahlili asosida o`zi idrok etgan voqelikni aks ettirish va bu olamda muayyan
maqsadlarga erishish uchun ushbu tilning tizimli vositalaridan shu matnlarda foydalanish
nuqtai nazaridan
tavsiflangan muayyan tilning har qanday sohibidir. Lisoniy shaxs, milliy xarakter va olam manzarasi
tushunchalari har qanday millat uchun bir xildir, ammo ular xalq an`analari, madaniyati, milliy
temperamenti va mentalitetiga qarab har xil taqsimlanadi va namoyon bo`ladi. Britaniya va
britaniyaliklarning hayoti haqida bildirilgan ijobiy va salbiy fikrlarda ularga xos bo`lgan yoki eng
xarakterli, yoki eng yorqin va shuning uchun aniq eslab qolingan xususiyatlar o`z ifodasini topgan. Shu
boisdan, taniqli britaniyaliklarning o`z vataniga va yurdoshlariga xos bo`lgan olamning milliy manzarasi
haqidagi fikrlarini ingliz lingvomadaniy axborotining manbasi sifatida tahlil qilishni ma`qul topdik. Ushbu
fikrlar misolida britaniyaliklar olami lisoniy manzarasining o`ziga xos xususiyatlari
ingliz til birliklari
vositasida taqdim etilish yo`llari tizimlashtiriladi.
Mashhur britaniyaliklarning muayyan darajada dong taratgan fikrlarida berilgan lingvomadaniy
axborot prizmasi orqali ingliz millati dunyoqarashining o`ziga xosligini talqin qilishga harakat qilamiz.
Tahlilimiz avtostereotiplarning aksariyati semantik ko`lami bo`yicha Britaniyahayotining quyidagi sohalari
haqida aytilganini ko`rsatdi:
1. Angliya siyosiy tizimini konservatorlar va leyboristlarning o`zaro maslaxatralarisiz tasavvur
qilib bo`lmaydi. Bunda leyboristlar konservatorlarni tanqid qilganda, konservatorlar partiyasining
zamon