Tajriba (bilim)
Tajriba — voqelikni amaliy jihatdan
hissiyempirik bilish jarayoni. T. keng
maʼnoda — uquv, malaka va bilimning
birligidan iborat. Shuningdek, falsafada
bilishning empirik usullaridan biri —
eksperiment usuli ham T. deb ataladi. T.
qadimdan falsafa tarixida muhim
tadqiqot obʼyekti boʻlib kelgan. Sharq
falsafasida biror narsadagi muayyan
xossa yoki xususiyatni tekshirib koʻrish
maqsadida oʻtkazilgan sinov ham T. deb
atalgan. Abu Rayhon Beruniy T.ni
eksperiment va kuzatish bilan bogʻlab
tushuntirish tarafdori boʻlgan. U Ibn Sino
bilan munozarada fikran faraz qilib
koʻrishga nisbatan amaliy eksperiment
ishonchliroq maʼlumot berishini taʼkidlab,
fikriy mulohazalar ogʻizdan-ogʻizga oʻtish
bilan oʻzgarib borishi va asl maʼnosini
yoʻqotishi mumkin deb, amaliy T.ning
ahamiyatini yuqori qoʻygan. Empirizm va
sensualizm vakillari bilimlarimizning eng
ishonchli va yagona manbai hissiy
maʼlumotlardir, deb hisoblashgan.
Ularning fikricha, bilimlarda sezgilardan
ilgari boʻlgan narsalarning oʻzi yoʻq,
hamma bilimlar eng avvalo sezgilar
orqali xreil kilinadi. Idealistik empirizm
namoyandalari D. Yum, J. Berkli T.
asosida obʼyektiv reallik yotishini inkor
etish asosida uni sezgilar majmuasidan
iborat deb bilishgan. F. Bekon, Gobbs,
Lokk, Didro, Gelvetsiylar esa T.ning
manbai moddiy olam deb materialistik
empirizm nuktai nazarida turishgan.
Ratsionalizm vakillari Dekart, Spinoza,
Leybnits fikricha, olamni mantiqiy
bilishda T.ga ehtiyoj yoʻq, chunki T.
uzuqyuluq, bir tomonlama, sayoz va
yuzaki, nomukammal bilimlarni beradi.
Bunday bilimlarni sistemalashtirish,
umumlashtirish, chuqurlashtirish uchun
akliy tafakkur kerak boʻladi deb, bilishda
T.ning rolini kamsitishadi. I. Kant T.ni
tushunishda ratsionalizmni ham,
empirizmni ham jiddiy tanqid qilgan.
Uning fikricha, odamlar mushohadaning
shunday bir aprior (tajribagacha boʻlgan)
shakliga egaki, uning yordamida sezgilar
orqali olingan maʼlumotlar sintez kilinadi
va ular tasavvurdagi boʻyicha qatʼiy
tartibga solinadi. Gegel bilishni koʻp
bosqichli deb tushunadi, u olamning
bilish jarayonida erishgan natijalari bilan
qoʻygan maqsadi oʻrtasida doimo farq
boʻladi, yaʼni erishilgan natijalar
maqsadga yetmaydi, oqibatda biluvchi
istagan narsa bilan erishgan natijani
taqqoslash asosida predmetga qarash
ham oʻzgarib boradi va shu tarzda
predmet haqidagi yangi bilimlar paydo
boʻladi, ana shu yangi bilimlarning hosil
boʻlish jarayoni T.dir, deb hisoblaydi.
Pragmatist va instrumentalistlar fikricha,
T. narsalardan "instrumental" maʼnoda
foydalanishdir, ekzistensialistlar T.ni
subʼyektning bevosita ichki kechinmalari
dunyosi sifatida talqin etadi,
neopozitivistlar T.ni subʼyekt ongining
turli holatlari deb hisoblashadi. Markscha
faylasuflar nazarida, T. praktika
(amaliyot) kategoriyasiga mansubdir.
Kishilarning hayoti mobaynida orttirgan
bilimlari, ukuv va malakalari majmuasi
boʻlgan T. avlodsan avlodga oʻtib boradi.
T. fanni boyitishning , nazariya va
amaliyotni rivojlantirishning muhim
vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Baxtiyor Toʻrayev.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Tajriba_(bilim)&oldid=1935
149
" dan olindi
Last edited 4 years ago by ITPRO.UZ
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |