Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 
 
2017-yil, 4-son 
156 
axloqiy qoidalarni buzganligidan xabardor boʻlgan odamlarning koʻziga tikilib qaray olmaydi, 
qizaradi. 
Odamning ma’naviy sezgirligi vijdon hissida ayniqsa yorqin namoyon boʻladi. Vijdon hissi, 
vijdon “azobi” uyatning, kishi oʻzining nohaq ekanligini anglaganligining, oʻz niyati va qilayotgan 
nojoʻya harakati uchun ayrim kishilar oldidagi, jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglaganligining eng 
kuchli koʻrinishidir. 
Kishi axloqiy qoidalarni buzganini boshqalar koʻrmagan boʻlsa ham, boshqa kishilar shu 
kishining axloqqa xilof biror nojoʻya harakat qilgani haqida, hatto shubhalanmagan boʻlsa ham ayrim 
kishilar vijdonan siqilib, hayajonlanib turadi. 
Vijdon hissining barqarorligi, uzoq davom qilishi bu hisning oʻziga xos xususiyatidir.[3,85-87] 
Aybdorlik hissi, uyat va oʻz-oʻzini baholash tuygʻulari oʻrtasida bevosita aloqa ham mavjud. 
Bizda aybdorlik va uyat hislari qanchalik koʻp boʻlsa, oʻz-oʻzimizga beradigan baho shunchalik past 
boʻladi. Biz oʻzimizni ilgari qaysidir ishni qilgan yoki qilmaganligimiz uchun koyiymiz, jazolaymiz 
yoki yomon koʻrib qolamiz. Aybdorlik hissi barbod etuvchi xususiyatga ega boʻlib, u kishilarda 
achchiqlanish, depressiya, alkogolizm, munosabatlardagi muammolar va kasalliklarning yuzaga 
kelishiga ham sabab boʻladi 
Ilgari yoʻl qoʻyilgan va endi toʻgʻrilab boʻlmaydigan ishlar uchun azoblanish umuman 
befoydadir. Aybdorlik holatidagi birdan-bir bir foydali narsa shuki u bizga xatoga yoʻl qoʻyganimiz va 
qandaydir hatti-harakat qilishimiz va undan toʻgʻri xulosalar chiqarishimiz zarurligi haqida xabar 
berib turadi.
Biz oʻzimizni aybdor his qiladigan vaziyatlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: 
1.
Oʻzimizning ma’naviy-axloqiy qarashlarimiz va e’tiqodlarimizga qarshi boʻlgan biror-bir 
faoliyat bilan shugʻullanganimizda; 
2.
Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlarga, ota-onalarimizning fikrlariga qarshi biror-bir 
faoliyatni amalga oshirganimizda. 
Bola uchun aybdorlik hissi ogʻir va yoqimsiz holat boʻlib hisoblanadi, lekin koʻpchilik ota-
onalar uchun oʻz farzandlarida bu hisni shakllantirmasdan turib ularni toʻgʻri tarbiyalashning iloji 
yoʻqdek tuyuladi. Aybdorlik hissi nafaqat bolalar tarbiyasida balki kattalar hayotida ham muhim 
ahamiyat kasb etib, keyinchalik ularni jiddiy afsuslanishga majbur qiluvchi ayrim hatti-harakatlardan 
oʻzlarini tiyishlariga sabab boʻladi. Oddiy qilib aytganda aybdorlik hissini xuddi qonun 
himoyachilariga oʻxshatish mumkin, koʻpchilik uchun ular yoqimsiz, lekin ularsiz ham yashashning 
hozircha iloji yoʻq. Qonun davlat va jamiyatdagi barcha voqiya va hodisalarni nazorat qilib turgani 
singari, aybdorlik hissi ham insonning ma’naviy-axloqiy hatti-harakatlarini nazorat qilib turadi. 
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi, shaxslarda aybdorlik hissi qanday yuzaga keladi, uni yuzaga 
keltiruvchi asosiy omillar nimalardan iborat? 
Aybdorlik hissini yuzaga keltiruvchi birinchi va eng asosiy omil bu oila boʻlib hisoblanadi. 
Aybdorlik hissi, aybdorlik holati bolalarda asosan jazolash orqali yuzaga keltiriladi. Bolaning ayrim 
nojoʻya hatti-harakatlari ota-ona tomonidan “yomon” deb topilsa u albatta turli yoʻllar bilan 
jazolanadi, bu jismoniy jazo, ogʻriq, yolgʻizlik hissi yoki boshqalar boʻlishi mumkin. Bu holatda bola 
mana shu berilgan jazoni yana qaytarilishi mumkinligi haqida oʻylab ham oʻz hatti-harakatining 
“yomon” ekanligini tushunib etadi. Agar “yomon” deb baholangan hatti-harakatlarga beriladigan jazo 
yetarli miqdorda takrorlangan boʻlsa, keyinchalik bola yana shunday holatga tushganda hattoki yonida 
ota-onasi boʻlmasa ham qoʻrquv va ogʻriq hislari avtomatik ravishda oʻz-oʻzidan yuzaga keladi. 
Bizni bolaligimizda doimo “kattalar” boshqarishadi, nazorat qilishadi, tanqid qilishadi, qilgan 
hatti-harakatlarimizga qarab mehr-muhabbatlarini chegaralashadi. Bu vaqtda ota-onamizdan tez-tez 
eshitadigan gaplarimiz “sen oʻzingni yomon tutayapsan, sen barcha ishlarni notoʻgʻri bajarding, sen 
aybdorsan, endi men seni yaxshi koʻrmayman” kabilardan iborat boʻlib qoladi. Bu gaplar keyinchalik 
bogʻchada, oʻquv yurtlarida, hattoki ishxonada boshliq tomonidan ham tez-tez takrorlanib turadi. Bu 
bilan “kattalar” oʻzlari bilib yoki bilmasdan bolalarda aybdorlik kompleksini tarbiyalaydilar va 
rivojlantiradilar.[5, 118-121] 
Koʻpchilik oilalarda qiz bolalar oʻgʻil bolalarga nisbatan qattiqqoʻllik bilan tarbiyalanadi. Oʻgʻil 
bolalarni koʻpincha kechirishadi, ular biror-bir kichik ishni bajarishsa ham xursand boʻlishadi. Lekin, 
qiz bolalar “deyarli toʻgʻilgan vaqtidan” boshlab uydagi barcha ishlarni bajara olishi, bajarganda ham 
yaxshi bajarishi lozim, chunki u ertaga uy bekasi boʻlishi, barcha uy-roʻzgʻor ishlarini oʻzi bajarishi 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish