ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
153
-
Uzluksiz ta’lim gʻoyasi inson jamiyati paydo boʻlgani bilan vujudga kelgan;
-
Uzluksiz ta’lim gʻoyasi paydo boʻlishi zamonaviy davrdagi ma’naviy, ijtimoiy, ishlab chiqarish
va ilmiy –texnikaviy soxadagi jarayonlarni jadallashuvi bilan bogʻliq;
-
Uzluksiz ta’lim gʻoyasini paydo boʻlishiga ancha vaqt boʻldi, lekin unga mos amaliyot turi
yaqinda vujudga keldi.
Ushbu qarashlarni tahlili “gʻoya” ibora oʻzining mohiyatining ochib berish zarurligini taqazo
etdi. Zero har bir shakllantirilgan qarash “gʻoya” ga berilgan ta’rifga tayanishi talab etiladi.
“Gʻoya” – bu tushunchani yuksak shakli, borligini fikr bilan egalash, olamni amaliy
oʻzgartirishning omili, nazariy tizimini qurish tamoyilidir. Antik davrda uzluksiz ta’lim gʻoyasi paydo
boʻlganligi toʻgʻrisidagi fikrlar Platon va Aristotelning fuqaro va jamiyat a’zosi sifatida insonni
tarbiyalash tassavvuriga tayanadi. Lekin “tassavur” oʻzaro aloqador mohiyatlarni ochib berolmaydi,
shuning uchun u tushunchaning yuksak shakli, borligini fikr bilan egallashi, nazariy tizimini qurish
tamoyili boʻlolmaydi, demak “gʻoya”, asosini ham tashkil etolmaydi. Shu bois uzluksiz ta’lim
gʻoyasini paydo boʻlishini antik davr bilan bogʻlashga asos yoʻqligini qayd etish mumkin.
Ushbu muammo murakkab va serqirradir. Bizning fikrimizcha, Imom Buxoriyning "Al jomi’
as - sahih" kitobining tarkibiy qismi boʻlgan “Ilm kitobi” asarida aks ettirilgan uning ta’limoti ushbu
qirralarning birini yoritadi, desak xato boʻlmaydi. “Ilm kitobi” mazmunidan kelib chiqadigan, uning
alohida boblarining tahlilidan qilingan quyidagi xulosalardan uni uzluksiz ta’lim gʻoyasining irmoqlari
deb hisoblash mumkin:
- Doimo ilm olish va uni oshirishga intilish zarur.
Ilm uning egasini martabasini ulugʻlaydi va unga
abadiy xizmat qiladi. (1-bob: “Ilm fazilati toʻgʻrisida”).
-
Har qanday ishni boshlash uchun yoki o
ʻ
z fikrini ifodalash uchun ilm egallash zarur,
bunda
kichik
ilmlarni o
ʻ
zlashtirishdan so
ʻ
ng katta ilmlarni o
ʻ
rganish yo
ʻ
lidan borish darkor.
Ushbu jarayoning
uzluksizligiga rioya etish muhimdir, chunki ilmga ilm olmoq yoʻli bilan erishish mumkin,
eshitgandan soʻng oʻz fikrini bayon etish maqsadga muvofiqdir. Egallagan ilm – odam faoliyatini
baholashning bosh mezonidir. (11-bob. “Bir ishni qilishdan ham, soʻzlashdan ham avval ilm darkorligi
toʻgʻrisida”).
-
Ilmni, undan foydalanish darajasigacha o
ʻ
zlashtirish joizdir
(15- bob: “Ilmni fahmlash (teran
tushunish) ”).
-
Ilmni uzluksiz egallab turish foydalidir, shu jumladan keksa yoshda ham va ilmni boshqalarga
o
ʻ
rgatish oliyjanoblikdir
(16-bob: “Ilmu hikmatni orzu qilmoq”).
-
Ilm mo
ʻ
‘jizalarni yaratishga qodirdir
(23-bob: “Ilm fazilatlari haqida”).
-
Ilmni o
ʻ
rganish va tarqatishdan uyalmaslik kerak.
Ilmni tarqatishdan uyalmoq, uni keltirishi
mumkin boʻlgan ne’matlardan mahrum qiladi. (51-bob: “Ilm oʻrganishdan uyalmoq”).
-
Ilmning insoniyat uchun ahamiyati eng yuqori cho
ʻ
qqiga ko
ʻ
tarilgan.
Ilmning susaymogʻi, ilmga
e’tiborsizlik qiyomatning eng birinchi alomatidir deb ta’qilanadi. (22-bob: “Ilmga e’tiborsizlik va
nodonlik (jaholat)ning avj olishi”).
Ushbu xulosalarni umumlashtirilgan holda Sharqda jamiyatni har bir a’zosi uchun ilm
oʻrganishi farz darajasiga koʻtarilganligini, ilmni toʻplash yoʻli bilan, uni uzluksiz chuqurlashtirib
borish natijasida misli koʻrilmagan yutuqlarga erishish mumkinligini ta’kidlash mumkin.
Imom Buxoriy asarlarining tahlili uzluksiz ta’lim gʻoyasini amalga oshirishning quyidagi
tamoyillarni shakllantirishga imkon berdi:
1. Ta’limning ustivorligi va o
ʻ
qishga qiziqtirish.
Oʻz mavqeini namoyish etish, saodatli
boʻlish, har qanday mehnat faoliyatini bajarish uchun, ilm (bilim) olish birlamchi omil boʻlib xizmat
qiladi. Imom Buxoriyning ta’kidlashicha “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagʻay”.
2. Ta’limning insonparvarlashuvi va hamkorlik.
Bu bolalarga muhabbat, ustoz va shogird
orasidagi oʻzaro hurmatli munosabatlar, oʻqitiladigan shaxs qiziqishlarini qoniqtirish uchun
gʻamxoʻrlik, mashgʻulotlarni shaxsga yoʻnaltirish va ta’lim jarayonini sifatli amalga oshirish uchun
shart sharoit yaratishdan iborat. Qanday shaklda boʻlmasin shaxsni haqorat qilish, yoki kamsitish
mutlaqo taqiqlanadi.
3. Butun hayot davomida ta’lim olishning uzluksizligi va uzviyligi.
Bu ilmga (bilim), ilmni
toʻplash orqali erishiladi, shu jumladan yosh ulgʻayib qolganda ham, degan xulosadan kelib chiqadi.
Oʻqitishda va ta’lim olishdagi yondashuv Sharqda “Beshikdan qabrgacha ilm izla” degan
chaqiriqda oʻz aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |