Ключевые слова:
вина,
чувство вины, стыд, совесть, ошибка, страх, агрессия, дитя,
родитель, поведение, оценка, мораль.
The existence of guilt and its psychological characteristics
Abstract
. The article presents questions manifestation of guilt, its characteristics, interesting
ways of its resolution. In addition, the detail revealed the relationship of guilt as an element of spiritual
and moral sphere of human conscience, her reflection in the practical life. Article written for a wide
range of public and educational psychologists for use in professional and everyday life.
Keywords:
fault, guilt, shame, conscience, mistake, horror, aggression, child, parent, morals,
character.
Aybdorlik hissi tabiiy oʻzimizni yaxshi koʻrish hissini yoʻqotganimizda va oʻzimizning
xatolarimizni kechirishni bilmaganimizda vujudga keladi. Oʻzingning xatolaringni sezish yaxshi narsa,
ammo bundan kerakli xulosalarni chiqarganingdan keyin ham uyalib yursang – bu yomon. Doimiy
ravishda ta’qib qiladigan aybdorlik hissi bizni oʻzimizning hech qanday ayb ish qilmaganligimiz,
oʻzimizning yuqori darajaga egaligimiz, qadr-qimmatimiz borligi hissidan mahrum qiladi. Bu esa
bizni jamiyatda oʻz oʻrnimizni topolmasligimizga, oʻzimizni baxtsiz his qilishimizga, oʻz-oʻzimizga
beradigan bahonining keskin pasayib ketishiga sabab boʻladi. Buning oldini olish uchun esa
jamiyatdagi har bir shaxs aybdorlik hissining yuzaga kelish sabablari, uning ijobiy va salbiy tomonlari,
uni yuzaga keltiruvchi omillar, undan xalos boʻlish chora-tadbirlari haqida yetarli darajada bilim va
koʻnikmaga ega boʻlishi talab etiladi.
Aybdorlik hissi, uyat va vijdon tushunchalari doim yonma-yon keladi, gohida bir kechinmani
ikkinchisidan ajratish ham qiyin tuyuladi. Lekin, bularning barchasi biz oʻylagandek bir xil kechinma
emas, aybdorlik hissi, uyat va vijdon tushunchalari bir-biridan farq qiladi.
Aybdorlik hissi – qoʻrquv, autoagressiya va mana shu ichki agressiyadan himoyalanish
holatlarining birikmasidir. Aybdorlik hissi – tugʻma kechinma boʻlmay, balki u ijtimoiy
shakllangandir. Aybdorlik hissi bolalarga ilk yoshlaridayoq gohida anglangan, gohida oʻzlari ham
sezmagan holda ota-onalari yoki atrofidagi yaqin kishilari tomonidan shakllantiriladi. Koʻpincha
bolalar kattalarning noroziliklari, qilgan nojoʻya hatti-harakatlari uchun ular tomonidan jazolanishlari
natijasida oʻzlarida aybdorlik hissini shakllantirishadi. Keyinchalik inson aybdorlik hissini oʻz ichki
olamida qaytadan yuzaga keltiradi, bu esa odatda beixtiyor, anglanmagan holatda avtomatik ravishda
amalga oshadi.[1,214-215]
Uyat va vijdon kechinmalari ham aybdorlik hissiga oʻxshaydi, biroq ularning tuzilish mexanizmi
umuman boshqacha. Kishida uyalish hissi paydo boʻlganda u oʻzida alohida oʻngʻaysizlik, bezovtalik
va yuzi shuvitlik sezadi. Uyalib xijolat tortayotgan kishi boshqa odamlar bilan uchrashganda uning
Do'stlaringiz bilan baham: |