Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 
 
2017-yil, 4-son 
158 
Bu savollarga berilgan javoblar esa koʻpincha ichki ixtilofga, aybdorlik hissiga olib keladi. 
Masalan: Malika guldonni sindirib qoʻydi (va u oʻziga savollar bera boshlaydi). 
-
Nima uchun (nima uchun bu yuz berdi)? 
-
Chunki men besoʻnaqayman, hech bir ishni toʻgʻri qilolmayman (bu erda aybdorlik hissi 
yuzaga keladi). 
-
Kim (bunda) aybdor? - Men. 
-
Nima qilish kerak? 
(bu erda aybdorlik hissi yanada koʻpayadi va kayfiyati ham koʻproq tushadi). 
Bizning fikrimizcha bunday vaziyatlarpda savollar zanjirini boshqacharoq berish toʻgʻri boʻladi. 
-
Nima boʻldi? 
-
Bu yuzaga kelgan vaziyatdan qanday foyda va yangi imkoniyatlar boʻlishi mumkin? 
-
Bu vaziyatda yutib chiqish uchun qanday yoʻl tutish kerak? 
Bunday savollar zanjiri har bir murakkab vaziyatlarda sizning kuchingizni oshirib, toʻgʻri 
qaror qabul qilishingizga sabab boʻladi. Buni yuqoridagi vaziyat misolida qaytadan koʻrib chiqamiz. 
-
Nima boʻldi? – Guldon sindi. 
-
Bu yuzaga kelgan vaziyatning qanday foydali tomoni bor? 
-
Endi yangi guldon sotib olish mumkin (bu va boshqa vaziyatilarda biron-bir foydali tomonini 
topish kerak, chunki har qanday vaziyatning ham oʻziga yarasha foydali tomoni bor. Hozirgi vaziyatda 
foydali tomon yangi guldon sotib olish mumkinligida, chunki oldingisi eskirib qolgan va hammaning 
joniga tekkan edi). 
-
Bu vaziyatda yutib chiqish qanday yoʻl tutish kerak? 
-
Keyingi safar ehtiyotkor boʻlib guldon yoki boshqa sinadigan narsalarni stol chetiga qoʻyish 
kerak emas. 
Bu uchta savolga beriladigan javoblar sizni toʻgʻri qaror qabul qilishingizga, yuzaga kelgan 
vaziyatda yutib chiqishingizga sabab boʻladi. 
Bundan tashqari, aybdorlik hissidan xalos boʻlish uchun koʻp hollarda “Olti qadam” usulidan 
foydalanish ham yaxshi natija beradi. Bu usul qoʻyidagicha amalga oshiriladi: 
1.
Eng avvalo siz xato yoki notoʻgʻri ish qilganingizni tan oling. 
2.
Oʻz xatolaringgizni tan olgach, vaziyatni tahlil qiling, oʻz xulq-atvoringiz sabablari va 
motivlarini aniqlang. Bu qadam sizni keyinchalik xatolardan uzoq boʻlishingizga sabab boʻladi. 
3.
Chin qalbdan oʻzingizni avf eting, agar lozim boʻlsa fikran yoki real hayotda siz oldida 
aybdorlik his qilayotgan insonlardan uzr soʻrang. Oʻzini kechirish – aybdorlik hissini yengishdagi eng 
muhim qadamdir. 
4.
Vaziyatni toʻgʻrilash mumkin boʻlsa, gunohni bosib ketuvchi biror ish qiling. Avvalo, siz xafa 
qilgan odamlardan chin qalbdan uzr soʻrang. 
5.
Oʻz xulq-atvoringizni oʻzgartiring, kelajakda shunday vaziyatda boshqacha yoʻl tutish haqida 
qat’iy qaror qiling. Bu qadam sizga bir xatoni qayta-qayta takrorlamaslikka yordam beradi. 
6.
Aybdorlikni chetga surib qoʻyib xotirjam yashashda davom eting. Bu qadam oldingi besh 
qadam amalga oshgandan keyingi tabiiy qadamdir. 
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, birinchi galda inson oʻzini 
kechirishni oʻrganishi lozim, shundagina biz eng yaxshi narsalarga ham loyiqligimizni his qila olamiz. 
Odamlar aybdorlik kompleksidan qochish uchun oʻzlariga turli xil mashgʻulotlarni oʻylab 
topishadi. Masalan, koʻpchilik bolalar kattalarning ularga qattiq muomalasidan keyin riyokorlik 
yoʻliga oʻtib olishadi va shu bilan kattalarning sevgisini qaytarishga urinishadi. 
Agar odam doimiy ravishda gazning oʻchganligini tekshirsa, qoʻllarini tez-tez yuvaversa, 
kuldonda bittagina sigareta boʻlsa ham darrov uni tozalab qoʻysa, xonada oxiri koʻrinmaydigan tartib 
oʻrnatish bilan shugʻullansa, tez-tez biror narsaga teginaversa yoki oʻynab oʻtirsa – bularning hammasi 
uning ichidagi zoʻriqish va diskomfort natijasida kelib chiqadi. Bu ichki zoʻriqishning katta qismi 
albatta aybdorlik kompleksi tufayli paydo boʻladi. 
Aybdorlik hisi boʻlgan odam boshqalarga rad javobini bera olmaydi va undan boshqalar oʻz 
maqsadlari yoʻlida foydalanishlariga yoʻl ochib beradi. Bu odam kechalari uxlamasdan oʻziga 
yuklatilgan vazifani bajaradi. U boshqalarga bergan zararini shu yoʻl bilan kompensatsiyalamoqchi 
boʻladi, hatto aslida u hech qanday zarar keltirmagan boʻlsa ham. 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish