Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
IQTISODIYOT
 
2017-yil, 4-son 
177 
- asosiy omil sifatida namoyon boʻla boshladi. 
Ta’lim sifati – ijtimoiy kategoriya hisoblanib, jamiyatda ta’lim jarayonining holati va 
natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligining shakllanishi va 
rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi. Ta’lim sifati ta’lim muassasasining 
oʻquv-tarbiyaviy faoliyatining turli qirralarini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui orqali baholanadi. 
Ushbu koʻrsatkichlarga ta’lim oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim 
mazmuni, oʻqitish shakli va uslublari, material texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi. 
Ta’lim sifati – inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish 
uchun zarur boʻladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir. 
Bilim sifati – oʻquv jarayonini tugatgandan soʻng olingan bilimlarning fundamentalligi
yuqoriligi va ish jarayonida qanchalik kerakliligi bilan belgilanadi. 
Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sifati oʻta muhim, muammoli va dolzarb masala hisoblanadi. 
Chunki, boshqa barcha ijtimoiy masalalar, siyosiy muammolar va iqtisodiy koʻrsatkichlar aynan ta’lim 
sifati darajasiga bogʻliq holda rivojlanadi. Qolaversa, ta’lim sifati davlat va jamiyat taqdirini, butun 
insoniyat taqdirini belgilab beradi. Shu sababli ham ta’lim sifatini - hayot sifati deb izohlash xato 
boʻlmaydi. 
«Ta’lim sifati» atamasi quyidagi omillarga bogʻliq holda turlicha ahamiyat kasb etadi: 

oliy ta’lim ishtirokchilarining manfaatlari; 

kirish ma’lumotlari, ta’lim-tarbiya jarayonlari, chiqish ma’lumotlari, maqsad va vazifalar kabi 
tushunchalarning oʻzaro nisbati; 

baholanadigan akademik sohaning xususiyatlari yoki tavsifi; 

oliy ta’limning tarixiy rivojlanish davri. 
Shuningdek, ta’lim sifati atamasi quyidagi turli darajadagi aniqlanishlarga ham ega: 

sifat – eng yuqori koʻrsatkich sifatida; 

sifat – maqsadga toʻliq erishilgan faoliyat shaklida; 

sifat–yaxshilangan va takomillashtirilgan faoliyat shaklida. Yuqorida keltirilgan «ta’lim 
sifati» toʻgʻrisidagi aniqlanishlar ta’lim sohasidagi islohotlarning tarixiy davriga bogʻliq holda oʻz 
afzalliklari va kamchiliklariga egadir. Ta’lim sifati absolyut va nisbiy tushuncha sifatida qaralishi ham 
mumkin. 
Ta’lim sifatining absolyut tushunchasida ta’lim muassasasining statusi, mavqeyi va ustunligini 
aks etishi nazarda tutiladi. Bunday ideal tushuncha ta’lim muassasasi imidjining rivojlanishi va 
mustahkamlanishiga sharoit yaratadi va ta’lim sifati koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori darajadagi ta’lim 
standartiga intilishini ifodalaydi. 
Ta’lim sifati nisbiy tushuncha sifatida ham qaralishi mumkin: 

ta’lim standartiga mosligi; 

ta’lim xizmati iste’molchilarining rasmiy talablariga mos kelishi. 
Birinchi tushuncha ishlab chiqaruvchi (ta’lim muassasasi) nuqtayi nazaridan sifatni belgilasa, 
ikkinchisi esa iste’molchi, ya’ni ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sifatni baholaydi. Lekin, 
koʻpincha ta’lim xizmati sohasi va iste’molchilarning manfaatlari va sifat tushunchasi yuzasidan 
qarashlari bir-biriga toʻliq mos kelmaydi. Shu sababli ta’lim muassasalarida ta’lim sifati muammosiga 
ikki xil nuqtayi nazardan qarashlari talab etiladi: 

ta’lim muassasasi nuqtayi nazaridan. Bunda marketing tadqiqotlar yoʻnalishi – ta’lim 
jarayonini davlat ta’lim standartiga mosligi bilan belgilanadi. 

ta’lim xizmati iste’molchilari nuqtayi nazaridan. Marketing tadqiqotlar yoʻnalishi - ta’lim 
xizmati iste’molchilari talablarini qondirilish darajasi orqali baholanadi. 
Ta’lim sifatiga baho berishda ta’lim samaradorligi tushunchasini ham e’tiborga olish talab 
etiladi. Ta’lim sifati va samaradorligi tushunchalarini aniqlovchi mezonlar bir-biridan qanday farq 
qiladi degan savol paydo boʻladi. 
Sifat – bu olingan natijaning maqsadga nisbati (yoki teskarisi), samaradorlik esa olingan 
natijaning xarajatlarga nisbati bilan baholanadi. 
Ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini koʻrsatuvchi asosiy omillardan 
biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik koʻp mablagʻ sarflasa va 
natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati shunchalik 
yuqori boʻladi. Ta’lim samaradorligini belgilashda eng optimal xarajatlar hisobida yuqori ta’lim 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish