2. Monitoring axborot bazasi 3



Download 141,51 Kb.
bet1/2
Sana12.06.2022
Hajmi141,51 Kb.
#657180
  1   2
Bog'liq
15-ma'ruza.ppt


Reja:
1.

2.
    • Monitoring axborot bazasi

3.
    • Pedagog kadrlar va bitiruvchilar bo’yicha ma’lumotlar bazasi

15-Ma’ruza
Mavzu:Baholash va axborot texnologiyalari
15-amaliy mashg`ulot
Mavzu:Baholash va axborot texnologiyalari
Reja:
1.
    • Ta’limni sifatli boshqarishning turli darajalari uchun monitoring malumotlarini talqin qilish usullari

2.
    • Monitoring axborot bazasi

3.
    • Pedagog kadrlar va bitiruvchilar bo’yicha ma’lumotlar bazasi

Ta’lim sifati – ijtimoiy kategoriya hisoblanib, jamiyatda ta’lim jarayonining holati va
natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligining shakllanishi va
rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi. Ta’lim sifati ta’lim muassasasining
oʻquv-tarbiyaviy faoliyatining turli qirralarini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui orqali baholanadi.
Ushbu koʻrsatkichlarga ta’lim oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim
mazmuni, oʻqitish shakli va uslublari, material texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi.
Ta’lim sifati – inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish
uchun zarur boʻladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir.
Ma’lumki, ta’lim sifati va holati haqidagi ma’lumotlarni olishning talab qilingan usullaridan biri monitoringdir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi, axborotlar hajmining keskin oshib borishi, turli xil axborot tizimlarining ishlab chiqilishi, internet tarmog‘i xizmatlarining ortib borishi, turli ta’limiy portallarning ishlab chiqilishi zamonaviy pedagogdan AKT sohasida keng bilim va malakaga ega bо‘lishni, ta’lim muassasalaridan esa bu jarayonlarning doimiy monitoringini olib borishni talab etadi.Pedagogning kasbiy kompetentligi darajasi ta’lim samaradorligini rivojlantirish, ta’lim jarayonlarini dinamik о‘zgaruvchan sharoitlarga moslashtirish innovatsion faoliyat va о‘quv jarayoni sifatini ta’minlashga jiddiy ta’sir kо‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda monitoring pedagog kadrlarning kasbiy sifatlarini hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini rivojlantirishni tashxis qilishning asosiga aylanadi, chunki monitoring axborot olishning asosiy vositasi sifatida namoyon bо‘ladi, monitoringsiz adekvat, real tashxisni tasavvur qilib bо‘lmaydi.
Monitoring – bu:
1) biror-bir jarayonni uning kutilgan natija yoki dastlabki taxminga muvofiqligini aniqlash maqsadida doimiy kuzatib borish;
2) ma’lum bir hodisa yoki jarayonning holatini (masalan, qabul qilingan qonunning bajarilishini) kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash
Monitoring (lotincha “monitor” – ogohlantiruvchi) – keng ma’noda muayyan obyektlar va hodisalar ortidan kuzatish (kо‘zdan о‘tkazish) bilan bog‘liq faoliyatdir.Ushbu ta’riflardan monitoring tushunchasining keng qamrovli ekanligi haqidagi xulosaga kelish mumkin, ya’ni unga ham jarayon, ham tizim sifatida qarash mumkin. Monitoringning tizim sifatida qaralishiga uning iyerarxik strukturasi sabab bо‘ladi. Tizim sifatida monitoring quyidagi kо‘rsatkichlarni о‘z ichiga oladi: maqsad, obyekt va subyekt, baholash mezonlari va kо‘rsatkichlar, nazorat. Monitoring jarayon sifatida izchil ketma-ketlik asosidagi ma’lum bosqichlardan iborat bо‘ladi: normativ bosqich, tahliliy diagnostik bosqich,yakuniy bosqich. Bugungi kunda monitoring turli sohalarda, jumladan, ta’lim sohasida ham keng qо‘llanilmoqda.
О‘quv jarayoni holati haqida aniq ma’lumotlarni olish, pedagogik qarorlarni qabul qilish, obyektning holatini aniqlash va uning rivojlanishini tashxis qilish imkonini beruvchi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish monitoring vositasida amalga oshiriladi.Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ta’lim sifatini oshirish о‘quv jarayonining о‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ta’lim jarayoni va uni amalga oshirish, ta’lim natijalari,pedagogning kasbiy kompetentligi va kasbiy faoliyati hamda uning talabalarni о‘qitishda erishgan natijalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish о‘quv jarayoni sifatini baholashning bevosita obyektlari hisoblanadi.
Amaliyot shuni kо‘rsatdiki, zamonaviy monitoring tizimida barcha sanab о‘tilgan baholash obyektlaridan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari sifatini tahlil qilish va boshqarish vositalari sifatida foydalanish mumkin. Monitoringning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatiga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish natijalarining ta’sirini о‘rganish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari namunaviy о‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish bо‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Monitoring yuritishda turli usullardan foydalanish mumkin. Masalan, davriy ravishda joylardagi holatni borib о‘rganib, ma’lumotlar tо‘plash, anketa sо‘rovnomalarini yuritish, elektron pochta yoki boshqa internet xizmatlaridan foydalanib holatni о‘rganish kabi usullarni keltirish mumkin, lekin monitoring yuritishda internet tarmog‘idan foydalanish, ya’ni maxsus zamonaviy veb texnologiyalarga asoslangan monitoring tizimini ishlab chiqib, uni biror saytning tarkibiga yoki alohida domen nomiga biriktirgan holda ishga tushirish samarali usul hisoblanadi, chunki bunday usuldan foydalanish, birinchidan, har tomonlama qulay, ya’ni istalgan paytda undan tezkor ma’lumotlarni olish mumkin, ikkinchidan, boshqa usullardan ancha arzon (joylarga borish, qog‘ozlar bilan bog‘liq xarajatlarning yо‘qligi) hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, elektron monitoring zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanib, о‘qitish maqsadlari,mazmuni, shakllari, metodlari, didaktik va texnik vositalarini о‘z ichiga oluvchi malaka oshirish ta’lim jarayonlari samaradorligining sifat va miqdoriy xususiyatlarini tizimli tashxis qilishdir.Respublikamizda faoliyat kо‘rsatayotgan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarining yagona integrallashgan axborot ta’lim portali qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari faoliyatini boshqarish va monitoring olib borish vazifalarini bajaradi.Unga kо‘ra qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilingan har bir tinglovchi dastlab tizimga rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Bunda pedagog о‘zining tizimdagi kabinetiga va elektron portfoliosiga ega bо‘ladi.Taklif etilayotgan elektron tizim tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi о‘quv jarayonlari, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatlari natijalarining monitoringini olib borish imkoniyatini beradi.
Bunda monitoringning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:
- kurslarning holati bо‘yicha о‘z vaqtidagi va aniq ma’lumotlarga ega bо‘lish;
- faoliyat natijalarini analitik umumlashtirish;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun takliflar ishlab chiqish;
- istiqboldagi vazifalarni rejalashtirish.
Elektron tizim tinglovchilarning natijalarini turli kо‘rinishlarda tahlil qilish imkoniyatini beradi. Har bir tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari о‘quv jarayonidagi kо‘rsatkichlari ularning shaxsiy kabinetlarida va elektron portfoliolarida qayd etib boriladi.Tizimda ma’lumotlarni saralash, tahlil qilish, taqqoslash, xulosalar chiqarish hamda jarayonlarning umumiy va xususiy hollardagi natijalarini tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan. Tizimdan ma’lumotlarni olish va eksport qilishning qulay navigatsiyasi ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan elektron monitoring tizimi 2013-yil aprel oyidan boshlab amaliyotga tatbiq etilgan va oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlaridagi о‘quv jarayoni natijalarining tizimli monitoringini amalga oshirishda foydalanib kelinmoqda.

Download 141,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish