ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 4-son
178
sifatiga erishish talab etiladi.
Ta’lim ijtimoiy hayotning muhim sohasi hisoblanadi. Aynan ta’lim jamiyatning intellektual,
madaniy va ma’naviy holatini shakllantiradi.
Ta’lim mazmuni va uning yoʻnalishlari ta’lim standartlari va dasturlarida oʻz aksini topadi.
Ta’lim sifatini baholashda quyidagi ketma-ketlikni tashkil etuvchilar hisobga olinishi talab etiladi:
- bilim sohibi, tarqatuvchisi;
- bilim uzatuvchilari;
- bilimni uzatish texnologiyasi;
- bilim oluvchi;
- bilimni mustahkamlash darajasi;
- olingan bilimlarning zarurligi, kerakligi;
- yangi bilimlar olish zarurligi va imkoniyati.
Ta’lim sifati birinchi navbatda bilim sohiblari, tarqatuvchilarining sifati, saviyasi va malakasi
bilan belgilanadi. Bilim sohiblari deganda muayyan oliy oʻquv yurtining professor oʻqituvchilar
tarkibi va ularning ilmiy salohiyati tushuniladi.
Ular turli xil pedagogik texnologiyalar va uslublar yordamida bilim oluvchilarga bilim
berishadi. Shu sababli bilimni uzatish texnologiyasining zamonaviyligi, u yordamida ta’lim
oluvchilarni oʻzlashtirish darajasi, olingan bilimlarning mustahkamligi, asoslanganligi ham muhim rol
oʻynaydi. Bitiruvchi ishlab chiqarishga ishga joylashgach olingan bilimlarning nechogʻlik zarurligi
yoki kerakligini bilishi ham talab etiladi. Bu oʻz navbatida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
rivojlantirish zarurligini taqozo etadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot yangidan yangi mehnat vositalari va qurollarini yuzaga keltiradi. Shu
sababli zamonaviy texnologiyalar va texnik vositalarni ishlab chiqarishni joriy etish, jahon bozoriga
mos raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida, bitiruvchi oʻzining ishlab
chiqarishdagi mehnat faoliyatida yangi innovatsion texnologiya va texnikalarni ham uzluksiz oʻrganib
borishi talab etiladi, ya’ni bilimlar olish zaruriyati yuzaga keladi. Natijada talabaga bilim berish bilan
bir qatorda uning mustaqil bilim olish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish ham zarur
hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’lim sifatini aniqlashda sifat koʻrsatkichlarini quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
-
professor-oʻqituvchilar tarkibiy sifati;
-
oʻquv yurtining material-texnik bazasi;
-
oʻqituvchilar tarkibining asoslanganligi;
-
oʻquv dasturlarining sifati;
-
talabalar sifati;
-
infratuzilma sifati;
-
bilim sifati;
-
rahbariyatning innovatsiya faolligi;
Sifat standartlari toʻplamining asosini ISO 9000 “Sifatni boshqarish va ta’minlash standartlari,
tanlash va amalda qoʻllash boʻyicha rahbariy qoidalar” hujjati tashkil etadi. Ushbu me’yoriy hujjatda
tashkilot va korxonalarning sifatini ta’minlash sohasidagi siyosatning asosiy prinsiplari va sifatni
boshqarishning 3 ta modeli koʻrsatilgan hamda sifatga oid turli xil tushunchalar oʻrtasidagi oʻzaro
bogʻliqlik aniqlanib, toʻliq yoritilgan.
ISO 9000 standartlar toʻplamida keltirilgan sifatni boshqarish modellari quyidagilardan iborat:
Birinchi model
– standart ISO 9001 “Sifat tizimi. Ishlab chiqish (loyihalash, ishlab chiqarish,
oʻrnatish va xizmat koʻrsatish) bosqichida sifatni ta’minlash modeli” Ushbu model mahsulot ishlab
chiqarish hayotiy siklining barcha bosqichlarini, ya’ni
loyihalash - ishlab chiqarish – o
ʻrnatish -
xizmat ko
ʻrsatish
ni oʻz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |