ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 4-son
179
mahsulot va uni boshqarish sifati oʻzaro tasdiqlangan shartnomadagi texnik talablarga qanchalik mos
kelishini belgilaydi.
ISO 9004 “Sifat tizimi. Sifatni boshqarish tizimi elementlari. Rahbariy qoidalar”da
korxonalarda sifatni boshqarishga oid 20 element va uni qoʻllash boʻyicha tavsiyalar keltirilgan.
Rahbar oʻz korxonasining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
ushbu standart tavsiyalari
asosida sifatni boshqarish elementlarini tanlab olishi mumkin.
Ta’lim sifati boʻyicha Yevropa standarti. Boloniya Deklaratsiyasi. Boloniya jarayoni –
oliy ta’limda yagona Yevropa tizimini vujudga keltirish maqsadida Yevropa davlatlari ta’lim tizimini
bir-biriga yaqinlashtiruvchi va moslashishtiruvchi jarayondir. Bolon jarayonining rasmiy boshlanish
vaqti 1999-yil 19-iyunda Yevropaning 29 davlati tomonidan Boloniya
deklaratsiyasining qabul
qilinishi hisoblanadi. Bolon jarayonining boshlanish tarixi 1970-yillarda Yevropa Ittifoqi vazirlar
Kengashining ta’lim sohasidagi birinchi rezolutsiyasining qabul qilinishi bilan belgilanadi. 1998-yilda
Yevropaning 4 ta davlati (Fransiya,
Germaniya, Buyuk Britaniya va Italiya) ta’lim vazirlari Parij
universitetining 800
yilligini nishonlash vaqtida, oliy ta’limdagi turli tizimlar Yevropada fan va
ta’limni rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotganligi toʻgʻrisida bir fikrga kelishdi va Sorbon deklaratsiyasini
imzolashdi. Deklarasiyaning maqsadi Yevropada oliy ta’lim tizimini standartlashtirish
maqsadida
umumiy qoidalar ishlab chiqishdan iborat edi.
Sorbon deklaratsiyasi maqsadi 1999-yilda Bolon deklaratsiyasini imzolanishi bilan oʻz
tasdigʻini topdi va Yevropaning 29 davlati oʻz xohishi bilan, ixtiyoriy ravishda ushbu deklaratsiyani
imzoladilar.
Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqiga a’zo 49 davlatdan quyidagi 47 tasi (Monako va San-
Marinodan tashqari) va Yevropa Komissiyasi ushbu jarayon ishtirokchisi hisoblanadi:
Avstriya
(1999), Ozarbayjon (2005), Albaniya (2003), Andorra (2003), Armaniston (2005), Belgiya (1999),
Bolgariya (1999), Bosniya va Gersegoviniya (2003), Vatikan (2003), Buyuk Britaniya (1999),
Vengriya (1999), Gretsiya (1999), Gruziya (2005), Irlandiya (1999), Islandiya (1999), Ispaniya
(1999), Italiya (1999), Qozoqiston (2010), Kipr (2001), Latviya (1999), Litva (1999),
Lixtenshteyn
(1999), Lyuksemburg (1999), Makedoniya (2003), Malta (1999), Moldaviya (2005), Niderlandiya
(1999), Norvegiya (1999), Polsha (1999), Portugaliya (1999), Rossiya (2003), Ruminiya (1999),
Serbiya (2003), Slovakiya (1999), Sloveniya (1999), Turkiya (2001), Ukraina (2005),
Finlyandiya
(1999), Fransiya (1999), Xorvatiya (2001), Chernogoriya (2007), Chexiya (1999), Shveysariya (1999),
Shvetsiya (1999), Estoniya (1999).
Do'stlaringiz bilan baham: