10-Mavzu: Talab va taklif nazariyasi.
Reja:
10.1. Talab va taklif tushunchasi. Bozor muvozanati.
10.2. Talabga ta’sir etuvchi omillar.
10.3. Taklifga ta’sir etuvchi omillar.
10.1. Talab va taklif tushunchasi. Bozor muvozanati.
talab va taklif – bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari.
Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) – xaridor, iste’molchining bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotiv olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlari.
Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi.
Talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Narx o’zgarishi bilan sotib olinayotgan Tovar miqdori ham o’zgaradi.
Ma’lum vaqt oralig’ida narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning Tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi.
Bir xil Tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farqlanadi:
1. Yakka talab – har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi.
2. Bozor talabi – bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi Tovar va xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi.
Rasman olganda talab deb iste’mol kattaligi miqdoridir.
Mazmuni va harakati jihatidan talab:
10.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |