ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2017-yil, 4-son
174
motivatsion-qimmatli xususiyati va aniqlik darajasi bilan tavsiflanadi, shuningdek, hamkorlikdagi
faoliyat ongning tarkibini shakllantiruvchi interiorizatsiya jarayoni tufayli ontogenezning dastlabki
bosqichlarida shakllanuvchi, betoʻxtov oʻzgarib turuvchi sensor axborot oqimiga (I.Kantga borib
taqaluvchi gʻoya) quyiluvchi barqaror va invariant sxema yoki tuzilmalarni tashkil qiladi. SHu tariqa
uning ichki nutqi, predmetlilik va belgili tuzilmalar vositasida ifodalanuvchi ijtimoiy xususiyati kabi
asosiy xislatlari bilan belgilanadi (A.V.Petrovskiy, M.G.YAroshevskiy).
B.G.Anan’ev insonning shaxs sifatida tizimli rivojlanishini toʻrt xil – individ, individual,
sub’ekt va ob’ekt tavsifnomalariga taqsimlagan. Bunda insonning shaxs sifatida shakllanishi,
individualizatsiya, sub’ektivatsiya va ob’ektivatsiyadan iborat, ularning mahsuli va shartlari esa
shaxsdagi temperament, xarakter, motivatsiya va qobiliyatlarda namoyon boʻladi. Bu tuzilmalarning
yaxlit mavjud boʻlishi shaxs shakllanishi jarayonining xususiyatlarini, ulardan birontasining ustunlik
qilishi esa – uni yoʻnalganlik xususiyatlarini belgilab beradi. Ta’kidlab oʻtamizki, ong oʻzini anglash
jabhalari tizimida insonning shaxs sifatida rivojlanish jarayonini tushunish uchun ba’zida oʻzini-oʻzi
anglashni ifodalovchi internallik va ongni ifodalovchi eksternallikdan foydalanish mumkin, bunda
ularning birinchisi tashqaridan ichkariga, ya’ni tashqi ijtimoiy muhitdan ichki ruhiyatga yoʻnalgan
boʻlsa, ikkinchisi tashqariga yoʻnalgandir. Internallik insonning koʻngilli ravishda oʻzi va jamiyat
oldiga qoʻyuvchi mas’uliyatini, eksternallik esa uning ijtimoiylashuv, ijtimoiy borliqqa qoʻshilish
jarayonlarini aks ettiradi. Bunda internal oʻzini-oʻzi anglash his-tuygʻular bilan birgalikda tashqi
madaniyat ta’siri ostida shakllanadi, eksternal ong faolligi esa nutq va ehtiyoj shakllarida namoyon
boʻluvchi ekstravertlikda ifodalanadi.
Shunday qilib, insonning oʻzini-oʻzi anglashi, oʻzini bilib olishi murakkab muammolardan biri
boʻlib, ilk bora Suqrot tomonidan faqat shaxs ichki dunyosini bilish tamoyili nuqtai nazaridan
oʻrganilgan edi. Shaxsning ongli hayotida oʻzini-oʻzi anglashining ahamiyati shundaki, ushbu
fenomen odamni amaliy faoliyatga kirishishdan oldin “oʻzingni boshqarishni oʻrganish uchun oʻzingni
bilib olishing lozim” degan tamoyil asosida yashashga oʻrgatadi. R.Dekart ong tushunchasini tashqi
dunyoni emas, faqat oʻzinigina aks ettirishga qodir dunyo sifatida ta’riflab, oʻzini bilib olish, ya’ni
oʻzini anglash tushunchasini kiritdi. Oʻzini-oʻzi anglash oʻsha paytda atrof-muhitdan ajralib, oʻzini
izolyasiyalagan holda oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya)ga teng hisoblangan. Keyinroq V.Vundt
oʻzini anglashni his-tuygʻu elementlaridan tarkib topuvchi va ong mazmunidan ajralib turuvchi
ongning bir holati sifatida belgilagan.
Yuqorida nomi qayd etib oʻtilgan mualliflardan tashqari, oʻzini anglash muammolari falsafa va
psixologiyaning turli yoʻnalishlari vakillarining asarlarida ham oʻz aksini topgan, jumladan, Gegel,
L.Feyerbax, U.Djems, K.Rodjers, E.Erikson, R.Berns, M.L.Raust fon Vrixt, K.Xorni, M.Kun,
T.Makpartlend, E.Diksteyn, D.M.Bolduin, CH.X.Kuli, D.G.Mid, P.Jane, I.S.Kon, L.N.Leontev,
S.R.Rubinshteyn, B.V.Zeygarnik, V.V.Stolin, A.A.Bodalev, A.B.Orlov, I.I.CHesnokova,
V.A.Petrovskiy va boshqalarning ilmiy izlanishlarini ta’kidlash mumkin.
Shuningdek, Sharq mumtoz adabiyotida ham oʻzini-oʻzi anglash, oʻzini-oʻzi tarbiyalash bilan
komillik darajasiga erishish masalasiga jiddiy e’tibor berilgan. Qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino:
“Oʻzimni qanchalik izlasam ham, hech topa olmadim”, – deb yozadi.
Oʻrta asrlarda yashagan faylasuf, ilohiyotshunos olim Abu Homid Gʻazzoliy “Kimiyoi saodat”
(Ruh haqiqati) asarining bir necha boblarini oʻzini anglashning inson uchun ahamiyati haqida yozadi:
“Hech narsa oʻzingga oʻzingdan yaqinroq ermas. Oʻzingni tanimasang, oʻzgani nechuk tanigʻaysan?”
Olim oʻzini tanish, anglash bilan, oʻz kamchiliklarini (nafsini) yoʻqotish komillik yoʻlidagi dastlabki
bosqich deb biladi.
Sharq va Gʻarb dunyosi tanigan faylasuf, shoir Jaloliddin Rumiyning ta’kidlashicha,
“Zamonamiz olimlari (hamma narsani biladilar) oʻzlarini bilmaydilar. Hamma narsadan yaqin boʻlgan
borliq, bu – ularning menligi”, – deb yozishida chuqur ma’no mavjuddir.
Gʻazal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” asarida ramziy ma’nolarda –
hamma narsa insonning oʻzida yashiringanligini, oʻzligini izlagan kishi uni topishi mumkinligi
ta’kidlanadi.
Oʻzini-oʻzi anglash muammosi Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy, A.Gʻijduvoniy, A.YAssaviy
va boshqalarning asarlaridagi bosh gʻoyani tashkil etsa, A.Qahhor, Oybek, E.Vohidov va boshqa
zamonaviy adiblarning ijodlarida ham oʻzlikni anglash motivlarining ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.
Ularning har biri oʻz asarlarida insonning oʻz mohiyatiga kirib borish jarayonlari mexanizmini
Do'stlaringiz bilan baham: |