Issiqlik texnikasi ikkinchi nashri



Download 8,83 Mb.
bet133/151
Sana29.09.2022
Hajmi8,83 Mb.
#850734
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151
Bog'liq
ISSIQLIK TEXNIKASI Madaliyev

Termodinamik talablar. Sovuq elitgichning sovitish unumdorligi katta bo‘lishi, bug‘ hosil qilish issiqligi yuqori bo‘lishi, qotish temperaturasi past, kritik temperaturasi yuqori bo‘lishi kerak.
Fizik – kimyoviy talablar. Sovuq elitgichlr suvda va yog‘da erishi lozim, metall bilan reaktsiyaga kirishmasligi, parchalanmasligi kerak.
Fiziologik talablar. Sovuq elitgichlar zaharli bo‘lmasligi, nafasni qismasligi lozim.
Iqtisodiy talablar. Sovuq elitgichlar arzon va tanqis bo‘lmasligi lozim.
Yuqoridagi talablarga har tomonlama javob bera oladigan sovuq elitgichlar bugungi kunda topilgani yo‘q. Shuning uchun sovuq elitgichlar vazifasiga, ishlash sharoitiga va tuzilishiga qarab tanlanadi.
Eng ko‘p ishlatiladigan sovuq elitgichlar ammiak va freonlardir. Ammiak NH3 yaxshi sovuq elitgichlari qatoriga kiradi. t=20 S da ammiakning to‘yingan bug‘i bosimi 857 kPa ni tashkil etadi, atmosfera bosimida esa - 34 0S ga teng to‘yinish temperaturasi mos keladi. Ammiakning bug‘ hosil qilish issiqligi ancha katta. Ammiakning bu sifatlari sanoat sovitish mashinalarida ishlatiladigan sovuq elitgichlar ichida uni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Ammiakning zaharliligi uning asosiy kamchiligi bo‘lganligidan turmushda ishlatiladigan sovitish mashinalarida ishlatilmaydi.
Sovuq elitgichlari sifatida freonlar – eng oddiy to‘yingan uglevodorodlarning (asosan metanning) ftor – xlorli hosilalari borgan sari ko‘p ishlatilmoqda. Freonlarning boshqa sovuq elitgichlaridan farqi shuki, ular kimyoviy turg‘un, zaharsiz bo‘lib (t<200 0S da), barcha metallarga nisbatan inertdir. Freonlar ichida eng ko‘p tarqalgani freon – 12 bo‘lib, undan o‘y – ro‘zg‘or sovitgichlarida foydalaniladi. Freon – 12 o‘zini texnik hossalari jihatidan ammiakka o‘xshaydi. Lekin uni bug‘ hosil qilish issiqligi ammiaknikidan kichikdir. Atmosfera bosimida freon – 12 t = -29,8 0S da qaynaydi. Ba’zi sovuq elitgichlarning fizik xossalari 17.1–jadvalda keltirilgan.

Sovuq elitgichlarning fizik xossalari.


17.1 – jadval.

Sovuq elitgichning nomi

Kimyoviy formulasi

Normal qaynash temperaturasi, 0S

Kritik temperaturasi, 0S

Qotish temperaturasi, 0S

Suv

H2O

+100,0

+374,15

0

Karbonat angidrid

CO2

-78,52

+31,0

-56,6

Ammiak

NH3

-34,0

-132,4

-77,7

Freon-12

CF2Cl2

-29,8

+112,04

-155,0

Freon-22

CHF2Cl2

-40,8

+96,0

-160,0






Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish