Issiqlik texnikasi ikkinchi nashri-rasm. 16.15-rasm
ISSIQLIK TEXNIKASI Madaliyev
Dvigatel havo siqiladigan diffuzor 1 dan, forsunkalar orqali yoqilg‘i yuboriladigan yonish kamerasi 2 dan tashkil topgan. Yonuvchan aralashma elektr uchquni yordamida yondiriladi. Gazlar reaktiv soplo 3 orqali chiqadi, u yerda gazlarning bosimi atmosfera bosimigacha pasayadi. Diffuzor hosil qilayotgan siqish darajasi katta bo‘lmaydi. Shuning uchun dvigatelning F.I.K. faqat katta uchish tezliklarda ancha yuqori bo‘ladi.Turbokompressorli reaktiv dvigatellarda (TRD) havo diffuzorda siqilgandan so‘ng, turbokompressorda qo‘shimcha siqiladi. Turbokompressor yonish kamerasidan keyin joylashgan gaz turbinasi yordamida harakatga keltiriladi. Bunday dvigatellarning unumdorligi HRD larga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun TRD zamonaviy aviatsiyada keng qo‘llanilmoqda. Umuman olganda, termodinamik nuqtai nazardan bu ikki dvigatel bir – biridan farq qilmaydi. To‘g‘ri oqimli HRD va TRD lar ideal sikli issiqlik P=const da uzatiladigan GTQ sikli kabidir. Demak, HRDning termik F.I.K. quyidagiga teng bo‘ladi: 16.15–rasmda pulsatsiyali, issiqlik n=const da uzatiladigan HRD ning sxemasi tasvirlangan. Diffuzor 1 da siqilgan havo yonish kamerasi 3 ga yuboriladi; bir vaqtning o‘zida u bilan birgalikda kameraga yoqilg‘i ham yuboriladi. Kamera to‘lgandan so‘ng, diffuzor va kamerani ajratib turuvchi klapan 2 lar berkitiladi va yonuvchan aralashma elektr uchquni yordamida yondiriladi. Yonish jarayoni tez kechadi va siklda izoxora bilan tasvirlanadi. Aralashma yonib bo‘lgandan so‘ng soplo klapani (rasmda ko‘rsatilmagan) ochilib, soplo 4 da yonish mahsulotlarining kengayish jarayoni ro‘y beradi. Ishlab bo‘lgan gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi va ish jarayoni yana takrorlanadi. Bunday dvigatelning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, yonish kamerasi soplodan davriy ravishda uzib qo‘yilishi sababli Pulsatsiya kuzatiladi, shuning uchun bunday turdagi reaktiv dvigatellar ko‘pincha Pulsatsiyali deb aytiladi. Pulsatsiyali issiqlik n=const da uzatiladigan HRD ning ideal sikli issiqlik izoxora bo‘yicha keltiriladigan GTQ siklidan farq qilmaydi. Shuning uchun siklning termik F.I.K. quyidagi tenglamadan aniqlanadi: t=1-k(1/-1)/[(k-1)/K(-1)]. Pulsatsiyali HRD larda yonish oxiridagi bosim to‘g‘ri oqimli HRD lardagiga qaraganda ancha yuqori, shuning uchun ularning F.I.K. ham katta bo‘ladi. Lekin, qurilmaning murakkabligi va davriy ishlashi sababli, bunday dvigatellar keng tarqalmagan. Download 8,83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |