Ish jismining boshlang`ich tempraturasi bug` turbinali qurulmalardagiga qaraganda ancha yuqori , tarmoqqa boradigan issiqlik tempraturasi esa gaz turbinali qurulmalardagidan ancha past bo`ladi.
Bug` gaz turbinalarning bir nechta sxemalari bor.
Aralash sxemali qurulmalar eng ko`p tatbiq etiladi.
Bularda yoqiladigan barcha yoqilg`I ning 20foizi gaz turbinasining yonish kamerasiga beriladi.
Bug` gaz turbinali qurilma – bug` gaz turbinalarining ish sikllari birlashtirgan energetik qurilma.
Unda ish jismi sifatida yoqilg`ining yonish mahsulotlari , qizdirilgan havo (gaz turbinasi) yoki bug`(bug` turbinasi ) yoki bir turbinaning o`zida bug` gaz aralashmasidan foydalaniladi.
Taxiatosh IES
Issiqlik elektr stansiyalari – qattiq suyuq lgaz hollatdagi organik yoqilg`illarning issiqlik energiyasini elektr energiyasi aylantiradigan qurilmalar majmui.
asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvuqlar batareyasidan iborat qozon tizimi , bug` turbinalari turbogeneratorlar kiradi.
Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bug`ga aylanib turbina parraklariga beriladi.
Tarkibida foydalanilmagan kislorod bo`lgan yonish mahsulotlari gaz turbinasidan o`tib, bug` qozoni o`chog`iga keladi va boshqa har xil sifatli yoqilg`I bilan qo`shilib yonadi.
Bug` gaz turbinali qurulma f.i.k 32 % gacha bo`lgani holda nisbatan kam kapital mablag` talab etadi.
Energetika tizimining ishonchli faoliyat ko`rsatishi hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash , yangi tamoqlar tashkil etish ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksiz va barqarorligini ta`minlashga xizmat qiladi.
Energetika tizimining ishonchli faoliyat ko`rsatishi hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash , yangi tamoqlar tashkil etish ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksiz va barqarorligini ta`minlashga xizmat qiladi.
Maamlakatimizda modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, zamonaviy tejamkor texnologiyalar joriy etilayotgani energetika tizimi rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buni <> aksiyadorlik jamiyati misolida ko`rishimiz mumkin. Korxonaning eski energoqurilmalari o`rnida ixcham v atejamkor zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bug`-gaz qurilmalari egalladi.
Buni <> aksiyadorlik jamiyati misolida ko`rishimiz mumkin. Korxonaning eski energoqurilmalari o`rnida ixcham v atejamkor zamonaviy texnologiyalarga asoslangan bug`-gaz qurilmalari egalladi.
Bug` -gaz stansiyayasining barpo etilishi viloyatdagi iqtisodiyot tamoqlarining jadal rivojlanishiga muhim omil bo`layotir.
2009-20012 yillarda quvvati 478 megavat bo`lgan zamonaviy bug`-gaz qurilmasi loyihasi muvaffaqqiyatli amalga oshirildi.
Ayni paytda barqaror ishlayotgan 478 megavatt quvvatli bug`-gaz qurilmasida soatiga 40 gigakaloriya issiqlik enegiyasi ishlab chiqariladi.
Ayni paytda barqaror ishlayotgan 478 megavatt quvvatli bug`-gaz qurilmasida soatiga 40 gigakaloriya issiqlik enegiyasi ishlab chiqariladi.
450 megavatt quvvatli zamonaviy ikkinchi bug` -gaz qurilmasi esa soatiga 200 gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Bu stansiyaning o`z resurslarini o`tab bo`lgan issiqlik quvvatlarini tiklash, shuningdek viloyatda issiqlik energiyasiga bo`lgan ehtiyojni to`la qondiradi.
xulosa
“Taxiatosh” IES da har birining quvvati 280 MVT bo`lgan 2ta bug` gaz qurilmasini qurish investitsion loyihasining amalga oshirilish doirasida ikkinchi bug` gaz qurilmasi to`liq quvvatga chiqariladi. Qurilmalarda funksional sinov ishlari davom etmoqda.
Ta`kidlanishicha zamonaviy energosamarador texnologiyalarning ishga tushirilishi Orolbo`yi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash tabiatni muhofaza etishda ham ahamiyatga ega. Birgina suv resurslarni o`zi yiliga 452 million kub metrdan 159 million kub metrga kamaydi.