Issiqlik texnikasi ikkinchi nashri



Download 8,83 Mb.
bet132/151
Sana29.09.2022
Hajmi8,83 Mb.
#850734
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151
Bog'liq
ISSIQLIK TEXNIKASI Madaliyev

Nazorat uchun savollar:



  1. Gaz turbinali qurilma (GTQ) tarkibi.

  2. GTQ ning qo‘llanilishi.

  3. =const da ishlaydigan GTQ lar.

  4. P=const da ishlaydigan GTQ lar.

  5. GTQ larni taqqoslash.

  6. GTQ larning termik F.I.K..

  7. GTQ larning termik F.I.K. ni oshirish yo‘llari.

  8. Reaktiv dvigatel.

  9. Havo reaktiv dvigateli (HRD).

  10. Pulsatsiyali HRD.

  11. To‘g‘ri oqimli HRD.

  12. HRD ning termik F.I.K..

O‘n yettinchi bob

Termotransformatorlar

17.1. Sovuq olishning nazariy asoslari


Jismlarni atrof – muhit temperaturasidan past temperaturagacha sovitish teskari issiqlik sikli bo‘yicha ishlaydigan sovitish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Siqish ishi kengaytish ishidan ortiq bo‘lgan va keltirilgan ish hisobidan issiqlik past temperaturali manbadan yuqori temperaturali manbaga uzatiladigan sikl teskari sikl deb atalishini eslatib o‘tamiz. Past temperaturalar turli usullar bilan hosil qilinadi. Ba’zi moddalar fazaviy o‘tish (erish, bug‘lanish, sublimatsiya) paytida past temperaturalarda ham ko‘p miqdorda issiqlik yutadi. Bu esa ulardan sovuq olish uchun foydalanish imkonini beradi. Muzni eritish usulidan, t>0 0S temperaturalarda sovitishda foydalaniladi. Yana ham pastroq temperaturalar olish uchun muz yoki qorga tuz qo‘shiladi. Masalan, muz bilan natriy xlor aralashmasi (-21,2 0S gacha) va muz bilan kalptsiy xlor aralashmasi (- 55 0S gacha) sovitish uchun keng qo‘llanilmoqda. Ma’lumki, bug‘ hosil bo‘lishi jarayoni suyuqlikka issiqlik keltirilganda ro‘y beradi.
Sovitish uchun atmosfera bosimida qaynash temperaturasi va bug‘ hosil qilish issiqligi yuqori bo‘lgan suyuqliklardan foydalaniladi. Suyuqlikni bug‘lanish jarayoni bug‘li sovitish mashinalarida keng qo‘llaniladi. Moddalarni qattiq holatdan suyuq holatga o‘tmasdan gaz holatiga o‘tishi sublimatsiya deyiladi.
Sovitish uchun sublimatsiyalanadigan qattiq CO2 yoki «quruq muz» qo‘llaniladi. Quruq muzning sublimatsiya temperaturasi Pat da – 78,9 0S ga teng. Ma’lumki, siqilgan gaz izobarik kengayganda uning temperaturasi pasayadi, chunki tashqi ish ichki energiyaning kamayishi hisobiga bajariladi. Bunday past temperaturalar olish usuli havoli sovitish mashinalarida qo‘llaniladi. Real gazlar drossellanganda temperaturasi pasayadi (Joul – Tomson effekti) .Ushbu usul ham past temperaturalar olishda keng qo‘llanilib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari frantsuz muhandisi ixtiro qilgan «uyurmali ta’sir» va Pelptpe ixtiro qilgan termoelektrik sovitish usullari sovitish texnikasida qo‘llanilib kelinmoqda. Sovitish qurilmalarida ish jismi sifatida oson qaynaydigan suyuqliklar: ammiak, freon, karbonat angidrid, sulpfat angidrid va boshqalar ishlatiladi. Ular sovuq elitgichlar deyiladi. Sovuq elitgichlarga qo‘yiladigan talablar to‘rt guruhga bo‘linadi: termodinamik, fizik – kimyoviy, fiziologik va iqtisodiy.

Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish