Sovituvchi modda sifatida biror suyuqlikning, ya’ni atmosfera bosimida qaynash temperaturasi t0 0S bo‘lgan suyuqlikning nam bug‘idan foydalanilsa sovitish qurilmasida issiqlik berish va olishni izotermalar bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Bu ma’noda mazkur sikl Karno sikliga yaqinlashadi va shu sababli bunday qurilmaning samaradorligi eng yuqori va shu sababli ular eng ko‘p tarqalgan.
Efir bug‘lari bilan ishlaydigan bug‘ – kompression sovitish qurilmalari dastavval 1834 yildayoq yaratilgan edi. So‘ngra bu xil qurilmalarda sovituvchi modda sifatida metil efir va sulpfat angidriddan foydalaniladigan bo‘ldi. Nemis muhandisi K. Linde 1874 yilda ammiakli, 1881 yilda karbonat angidridli bug‘ – kompression qurilmani yaratdi. XX asrning 30 – yillarida bunday qurilmalarda freonlar sovituvchi modda sifatida ishlatila boshlandi. Shu vaqtlargacha bunday qurilmalarda porshenli kompressorlar ishlatildi, so‘ngra rotatsion, vintli va turbokompressorlar ishlatila boshlandi. 17.5-rasmda bug‘ – kompression sovitish qurilmasining sxemasi, sikli va sovitish koeffitsientining o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
Sovituvchi moddaning to‘yingan bug‘i kompressor 1 da siqiladi (17.5 – rasm, a) va kondensator 2 ga uzatiladi, u yerda q1 issiqlikni atrof – muhitga berib, qisman kondensatsiyalanadi. Ushbu, suyuqlik – bug‘ aralashmasi rostlovchi (drosselli) ventilp 3 ga yuboriladi, u yerda uning bosimi va temperaturasi pasayadi. Quruqlik darajasi yuqori bo‘lgan past temperaturali nam bug‘ sovitish xonasi 5 da joylashgan bug‘latgich 4 ga keladi va xonaning q2 issiqligi hisobidan bug‘lanadi.
17.5–rasm. Bug‘ – kompression sovitish qurilmasining sxemasi, sikli va sovitish koeffitsientining o‘zgarishi.
a - qurilma sxemasi; b – siklning Ts – diagrammasi; v – bir bosqichli
ammiakli qurilmada ni t1 va t2 ga bog‘liq ravishda o‘zgarishi.
Termodinamik sikl (17.5-rasm, b) qo‘yidagi jarayonlardan tashkil topgan: 1 – 2 – sovituvchi moddaning kompressorda adiabatik siqilishi, 2 – 3 – 4 – q1 issiqlikni atrof – muhitga olib ketilishi va kondensatsiyalanish, 4 – 5 – drossellash jarayoni, 5 – 1 – bug‘latgichda olingan q2 – issiqlik hisobiga sovituvchi moddaning bug‘lanishi.
Bug‘ kompression qurilmaning sovitish koeffitsienti quyidagi formuladan aniqlanadi:
=q2/Ast=(h1 – h5)/(h2-h1) (17.4)
(17.4) formuladan ko‘rinib turibdiki, sovitish xonasidagi temperatura qanchalik katta va sovituvchi muhit temperaturasi shunchalik past bo‘lsa shunchalik katta bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bug‘ – kompression sovitish qurilmalari mo‘’tadil sovitish temperaturalari sohasida ko‘pchilik hollarda, boshqa sovitish qurilmalariga qaraganda eng samarali qurilmalar bo‘lib qoldi, ulardan sanoat va turmushda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |