Tajriba ishi № 9
Mavzu: Tarkibiy kuchsizlanish geometrik xarakteristikalarini о‘rganish usuli (metodikasi)
Strukturaviy kuchsizlanish geometrik xususiyatlarini о‘rganish vazifasi - bu kuzatilgan kon massivi darzlanish tizimini va uning tarqalishini hamda zichligini aniqlash, darzliklarning uzunlikda va qiyalikda tarqalish darajasini va darzliklarning hosil bо‘lish sababini aniqlab hisobga olishda tog‘ jinsi mexanikasining amaliy yechimini topishdan iborat.
Ushbu masalalarni shaxta maydonida darzliklarni ommaviy о‘rganish orqali amalga oshiriladi. Odatda qatlam jinslarining yotish о‘lchamlari oddiy kompas yordamida amalga oshiriladi. Apad magnit azimuti va σ darzlik tekislik yuzasining yotishi aniqlanadi. Magnitli tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivda kompas yordamida о‘lchamlar olib borib bо‘lmaydi. Buning uchun darzliklar burchak о‘lchagichidan foydalaniladi (1a-chizma). Marksheyderlik tayanch nuqtasida о‘rnatilgan teodolit yordamida tayanch I-II bazis va burchak о‘lchagich yо‘nalishi orasdagi burchak о‘lchanadi (1b-chizma). Burchak о‘lchagich yordamida β2 – darzlik yotish burchagiga xos bо‘lgan burchak о‘lchagich о‘rnatilgan moslama о‘qi bilan teodolitga yо‘naltirilgan II nuqta о‘rtasidagi burchak.
О‘lchamlar kon lag‘imlari jinslarini kuzatishga asos soladi. Bunday kuzatishlar darzliklarning umumiy xarakteri va tog‘ jinsi massivining darzlanish darajasi aniqlanadi. Bu bilan о‘rganilayotgan massiv doirasida jinslarning darzliklar qanday darajada bir turli va birxil rivojlanganligi baholanadi.
Yoppasiga о‘lchovlar kon massivining alohida uchastkalari – kuzatuv stansiyalarida amalga oshiriladi. Agar kuzatuv natijalariga kо‘ra darzliklar о‘rganilayotgan butun massiv bо‘yicha bir tо‘kisda rivojlangan bо‘lsa, о‘rganilayotgan maydon yuzasi kuzatuv stansiyalarining bir xil oraliqdagi setka orqali bо‘linib о‘rganiladi. Agar bir tо‘kisda rivojlanmagan holda darzliklar turiga qarab kuzatish stansiyalari oralig‘i differensial tanlanadi.
Darzliklar kuzatuvi va о‘lchami yuqori aniqligiga 3ta о‘zaro original tekisliklarda о‘lchash orqali erishiladi. Bunday holda о‘lchash uchun fazoviy tо‘g‘ri burchakli parallepiped 3 qirrasidan foydalaniladi. Bu о‘z navbatida darzliklarning rivojlanish yо‘nalishlarini aniq xarakterlab beradi. Shuning uchun о‘lchash ishlari olib borishda nisha (kichik lahim) yoki lahimlar kesishgan joylardan foydalanish maqsadga muvofiq va qulaydir.
Kuzatuv stansiyalari о‘lchamlarini qabul qilishda stansiya hududida 8-10 tadan kam bо‘lmagan har bir tizim darzliklari joylashishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |