О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS
TA’LIMI VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
“KONCHILIK ISHI”
KAFEDRASI
GEOMEXANIQA
FANIDAN
О‘QUV MATERIALLARI
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS
TA’LIMI VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
“KONCHILIK ISHI”
KAFEDRASI
GEOMEXANIKA
FANIDAN
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
1-MARUZA
KIRISH. GEOMEXANIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI.
Reja:
1. Fanning asosiy maqsadlari va vazifalari.
2. Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Murakkab gidrogeologik, muhandislik-geologik va kon-texnik sharoitlarda foydali qazilmalar konlarini о‘zlashtirish - geologiya, geofizika, geotektonika, mexaniqa kabi fundamental fanlarning yutuqlaridan foydalanish zaruratining yuzaga kelishiga sabab bо‘ldi. Chunki, matematika, fizika, kimyo, mexaniqa, geologiya fanlari siklining yutuqlari asosida foydali qazilmalar konlari qazilganda yer qa’rida sodir bо‘layotgan murakkab hodisalar va jarayonlarning ilmiy tushunsoatini ta’minlash, va konchilik ishi zamonaviy texnikasini tubdan takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan baza yaratish mumkin.
Karyerlarda kon ishlarini xavfsiz olib borish borasidagi dolzarb mummolardan biri –pog‘onalar, bortlar va tuproq uyilmalari deformatsiyalari bilan kurashish sanaladi. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish uchun, tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish uslublarini о‘zlashtirib olish zarur.
Barcha fanlar fundamental va amaliy turlarga ajratilish shartiga qaramay, tog‘ jinslari massivining holatini boshqarishni tog‘ jinslarining gidrogeomexaniqaviy, fizikaviy, ochiq kon ishlari texnologiyasi va kompleksli mexanizatsiyasi, konchilik mexanizatsiyasi, qiyaliklarda va daralarda (rasm) inshootlar qurilishi bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lgan fizika-texnikaviy fan sifatida kо‘rib chiqish mumkin.
О‘rganilayotgan fanning amaliy fanlar bilan о‘zaro bog‘liqligi quyidagi tarzda ifodalanadi: gidromexaniqa bilan uning gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi masalalarining yechilishi; tog‘ jinslari va jarayonlar fizikasi bilan – ba’zi umumiy masalalarning qо‘yilishi va yechilishi; ochiq ishlar texnologiyasi va kompleksli mexanizatsiyasi bilan – qiyaliklar turg‘unligini boshqarish bо‘yicha harakatlarning birligi, konchilik mexanizatsiyasi (tog‘ jinslari mexaniqasi) bilan - metodologik asos va yechilayotgan masalalarning birligi; marksheyderlik ishi bilan yer qa’rini о‘rganish va о‘zlashtirish bо‘yicha nazariy asoslarni birlashtirib turadi.
Mazkur ilmiy fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi, massiv holatini boshqarish bо‘yicha yangi texnologik usullar va maxsus muhandislik uslublarini takomillashtirish va yaratish yо‘lida ketmoqda. Bu – sanoat qiyaliklari va texnik imkoniyatlarining turg‘unligi haqidagi bilimlarimizni sifatli ravishda о‘zgartirishi, ilmiy-texnik progressni tezlashtirishning borishi tuayli yuzaga kelgan ochik kon ishlarini olib borish texnologiyasidagi prinsipial yо‘nalish hisoblanadi.
Fanni о‘rganishning asosiy obyekti — tabiiy va texnik massivlarning holati, asosiy vazifa esa – ochiq kon ishlarining iqtisodiy samaradorligini va xavfsizligini oshirish uchun qiyaliklar turg‘unsizligi yoki chegaraviy muvozanatini ta’minlashdan iborat.
Barcha zamonaviy karyerlar, pog‘onalar va bortlar turg‘unligining hisob natijalaridan foydalangan holda konning chuqur muhandis-geologik о‘rganilishi asosida qurilgan. Hisoblar natijalarini qо‘llash zarurati ochiq qazish usulini rivojlantirish bilan bir vaqtning о‘zida yuzaga keldi. Karyer bortining va tuproq uyilmasining konstruktiv elementlarini tanlash loyihachining ichki hissiyotiga va amaliy tajribasiga asoslangan bо‘lib, buning о‘zi yetarli emas. Birinchi navbatda tog‘ jinslari massivi holatini boshqarish bо‘yicha boshlang‘ich tamoyillarni ishlab chiqish, konchilik geomexaniqasi, gidrogeomexaniqasi yutuqlaridan, hamda karyerlar va uyimlarda qiyaliklar turg‘unligining buzilishlari bilan kurashish tajribasidan foydalanish kerak edi.
Tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish bо‘yicha boshlang‘ich tamoyillar akademik V. V. Rjevskiy tomonidan shakllantirib berilgan edi. Ular quyidagilardan iborat:
Karyerlar bortlari qiyaliklarining qabо‘l qilinadigan burchaklari kon ishlarining xavfsiz olib borilishini va konlarning eng yuqori qazish tejamkorligini ta’minlashi kerak;
Karyerlar bortlarning turg‘unlik zahirasi koeffitsiyentini karyer loyihalanganda, qurilganda va undan ilk foydalanish davrida (kon-qurilish va foydalanish ishlari ma’lumotlari asosida), karyerlar ishchi va oraliq bortlarining turg‘unligi ta’minlanganda, ularning chegaraviy konturlari aniqlanganda (uzoq vaqt davomida foydalanish ma’lumotlari asosida) bosqichma-bosqich razvedka ma’lumotlari asosida belgilanishi kerak;
Murakkab sharoitlarda, ayniqsa chuqur karyerlarda, karyerlar bortlarida jinslarning holatini boshqarish yuzasidan maxsus choralar kо‘rish zarur;
Karyerlarda bortlarning turg‘unligini kuzatish va о‘tkazilayotgan muhandislik tadbirlarini nazorat qilish bо‘yicha maxsus xizmatlar tuzilgan bо‘lishi kerak.
Fanning asosiy vazifasi — nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda uyimlar va karyerlar bortlari qurilganda va foydalanilganda kon ishlarining xavfsiz olib borilishi, loyihaning ishonchliligi va va tejamkorligini ta’minlovchi massiv holatining yо‘naltirilgan о‘zgarishi bо‘yicha ilmiy-texnik chora-tadbirlarni о‘rganishdan iborat. Ishlarning xavfsizligi bortning konstruksiyasiga bog‘liq.
Bortlarning ishonchliligini ta’minlash uchun, ular qiyaliklari burchaklari yetarli darajada qiyalama bо‘lishi kerak. Tejamkorlik esa ochish ishlarining hajmi minimal bо‘lishini talab etadi. Shuning uchun ishonchlilik talabini tejamkorlik bilan bog‘lash uchun, aniq hisob, karyer yoki uyimni rivojlantirish jarayonida qiyaliklar turg‘unligini ta’minlash sharoitlriga rioya qilish va massiv holatiga yо‘naltirilgan ta’sir kо‘rsatish zarur bо‘ladi.
Qiyaliklar turg‘unligini hisoblaganda, amal qiluvchi siljituvchi va ushlab turuvchi kuchlarning ikki asosiy toifasini aniqlab olish; ikk va uch о‘lchamlarda hal qilinadigan yassi va bо‘shliq masalalarini farqlash zarur. Ularning yechilishining sifatli natijasi toh jinslari massivining pishiqlik va deformatsion tavsiflarining asoslangan tanloviga bog‘liq. Bortning bittagina konstruksiyasi uchun turli hisob sxemalari (muhandis-geologik sharoitlarga qarab) qabо‘l qilinishi mumkin.
Massivning holatini karyerning butun ishlagan muddati davomida qiyaliklar deformatsiyalarining va karyer yoki uyim bortlari sharoitlarini, muhandis-geologik kuzatuvlarisiz va nazoratisiz, qiyaliklar turg‘unligining istiqbolisiz tasavvur ham qilib bо‘lmaydi. Mazkur ma’lumotlar asosida massivning holatiga ta’sir kо‘rsatuvchi geomexaniqaviy jarayonlarning jadalligi о‘zgaradi.
Fanni о‘rganishning asosiy vazifasi — qazilma chuqurligini hisobga olgan holda qiyaliklar, karyerlar va uyimlar, muhandis-geologik, seysmik va tektonik jarayonlarning turg‘unligini, gidrodinamik bosim va kon-texnik sharoitlarni miqdoriy baholash uslublarini о‘zlashtirishdan iborat.
Tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish bо‘yicha maxsus texnologik va muhandislik uslublari mavjud. Texnologik boshqaruv qiyaliklar turg‘unligi sharoitlarini hisobga olgan holda, ularning parametrlarini о‘zgartirish va bortlar chegaraviy holatga qо‘yilganda maxsustexnologiyani qо‘llash yо‘li bilan amalga oshiriladi. Muhandislik boshqaruv uslublari bortlar usoattkalari mustahkamlagichlari va tog‘ jinslarining mustahkamlagichlaridan foydalanganishga asoslangan.
Foydali qazilmalar konlari ochiq usulda qazib olinganda tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish asoslariga akademiklar V. V. Rjevskiyva N. V. Melnikov asos solganlar. Massiv holatini boshqarish bо‘yicha muhandis-geologik asoslar N.P. Panyukov tomonidan ishlab chiqilgan.
Karyerlar va uyimlar bortlarining turg‘unligini boshqarish bо‘yicha ilmiy yо‘nalishni rivojlantirish nazariyasi va amaliyotiga asosiy hissani G. L. Fisenko, I. I. Popov, E. L. Galustyan, A. M. Galperin, A. M. Demin, V. T. Zoteyev, A. I. Ilin, O. Y. Kryachko, N. N. Kuvayev, V. A. Mironenko, M. YE. Pevzner, V. N. Popov, M. A. Revazov, V. T. Sapojnikov, Y. I. Turinsev, A. G. Shapar, A. B. Fadeyev va boshqalar qо‘shganlar.
Darslikda tog‘ jinslari massivining holatini boshqarish bо‘yicha asosiy qoidalar va tamoyillar kо‘rib chiqilgan.
Kon mexaniqasining sovetlar davridagi maktabi inson faoliyati ta’siri ostida geologik muhitning о‘zgarishini tavsiflovchi «massiv — karyer», «asos — uyim» о‘zaro aloqasini va о‘zaro ta’sirini qatorini о‘rganadi, bu esa massiv holatiga ta’sir kо‘rsatuvchi bir qator omillarni (tektonik kuchlashlar, tog‘ massasini о‘yish natijasida zichlanib tekislanish deformatsiyalarini, massivning vaqtdagi fizika-mexaniqaviy xususiyatlarining о‘zgarishini va h.k.) hisobga olish imkonini beradi.
Bir qator masalalar akad. V. V. Rjevskiy tomonidan belgilangan yangi pozitsiyalar nuqtai nazaridan bayon etilgan bо‘lib, bunda kon-geologik sharoitlarni murakkablanishlari (qazilma chuqurligini kattalashtirish), uyim hosil bо‘lishi uchun noqulay maydonlarni о‘zlashtirish, atrof muhitning muhim ahamiyati, massiv holatining yо‘naltirilgan о‘zgarish imkoniyati hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |