2 – MA’RUZA
TOG‘ JINSLARINING ASOSIY FIZIKA-MEXANIK XOSSALARI.
Reja:
1.Tog‘ jinslarini о‘rganishda asosiy (bazaviy) fizik-texnik parametrlari.
2.Tog‘ jinslarining fizik xossalari bо‘yicha tasniflanishi.
3.Tog‘ jinsidagi fizik jarayonlar.
Tuzilishi va tarkibi har–xil bо‘lgan minerallar shuningdek kо‘p fazali tog‘ jinslari elektr maydoniga, issiqlik maydoniga, tashqi yuklama ta’siriga turlicha munosabatda bо‘ladi (о‘zini turlicha tutadi) chunki ularning fizik–mexaniq xossalari turlicha bо‘ladi.
Ma’lum fizik maydon yoki muhit ta’siriga tog‘ jinsining javob reaksiyasi (о‘zini tutishi) tog‘ jinsining fizik xossasi deyiladi.
Tog‘ jinsining har-bir fizik xossasi bir yoki bir nechta parametrlar bilan baholanadi va miqdoriy о‘lchovlarda hisoblanadi.
Tog‘ jinsining ma’lum qurulma (masalan burg‘ilash qurulmasi), mexanizm yoki texnologik jarayon (masalan portlatish ishlari) ta’siriga javob reaksiyasini harakterlovchi parametrlari uning kon-texnik parametrlari deyiladi.
Tog‘ jinsining kon-texnologik parametrlari ma’lum texnologik jarayondagi jihozlarning tog‘ jinsiga ta’sir о‘tkazish prinsipi bо‘yicha bir qancha guruhlarga bо‘linadi.
Tog‘ jinsini mexaniq usulda yemiruvchanligini umumiy tavsiflashda, masalan qattitqlik, mustahkamlik, qayishqoqlik, maydalanuvchanlik.
Tog‘ jinsini ma’lum mexanizm yoki jarayon ta’sirida yemiruvchanligini tavsiflashda, masalan burg‘ulanuvchanlik, kesishga qarshiligi, portlanuvchanlik va boshqalar.
Tog‘ jinsini ma’lum uskunaga (qurulmaga) ta’sirini baholashda, masalan charhlanuvchanligi (abrazivnost).
Foydali qazilmaning sifatini baholashda, masalan kо‘mir uchun donadorlik (koksuemost), qurilish matreallari uchun harorat bardoshlilik, muzlashga bardoshlilik.
Tog‘ jinsi ustida olib boriladigan biron-bir jarayonning (yemirishdan boshqa) samaradorligini va unumdorligini belgilashda, masalan boyituvchanligi, kо‘piklanuvchanligi (flotiruimost), avvaldagi turg‘unlik darajalari va boshqalar.
Foydali qazilma konlarini qazib olishda alohida holatlarni baholashda, masalan о‘z-о‘zidan yonuvchanlik, metandorlik darajalari, otilib chiqishga xavfliylik darajalari.
Tog‘ jinsini yemirish, eritish, turg‘unligini oshirish maqsadida ta’sir etuvchi mexaniq bо‘lmagan usullarni baholashda masalan, termik burg‘ilash, yuqori chastotali tok bilan qizdirish, elektromexaniq yemirish va boshqalar.
2.1-jadval. Tog‘ jinslarini о‘rganishda murojaat etiladigan fizik-texnik parametrlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Tog‘ jinsi xossalari
|
Xossalar tasnifi
|
Fizik parametrlari
|
Belgila-nishi
|
Zichlik
|
|
Hajmiy og‘irlik
Solishtirma og‘irlik
G‘ovakdorlik
G‘ovakdorlik koyeffitsiyenti
|
ρ
γ0
P
kp
|
Mexaniq xossasi
|
Yelastiklik
|
Yung moduli
Puassan koyeffitsiyenti
Siljish moduli
Barcha tomonlama siqilish moduli
Bir tomonlama siqilish moduli
Chegaraviy elastikligi
|
YE
ν
G
K
M
σYE
|
Plastiklik
|
Plastiklik koyeffitsiyenti
Defarmatsiya moduli
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |