Reja: Yer osti kon lahimlari atrofida tog‘ jinslarining kuchlanganlik holati.
Kon bosimi kon lahimlarining о‘zini tutishlik nazariyasini о‘rganish misolida.
Yer osti kon lahimlari atrofida tog‘ jinslarining kuchlanganlik holati. Kon massivi kon lahimlarini о‘tishga qadar turg‘un holatda bо‘ladi va bu tog‘ jinslarining о‘zaro tortishish kuchlari va kuzatilishi qiyin bо‘lgan tektonik va temperatura omiillari bilan belgilanadi.
Oddiy chо‘kindi tog‘ jinslari gorizontal qatlamlari tektonik va temperatura о‘zgarilishisiz holatda kon massivida vertikal tashkil etuvchi kon massivi bosimi σy miqdori tog‘ jinsi yuqori ustuni og‘irligi hamda gorizontal tashkil etuvchi σx ning miqdori vertikal bosimning ba’zi bir ulushiga teng bо‘ladi:
σy = Σγihi;
σx = ξσy,
γi va hi — tog‘ jinsi qatlamining og‘irligi va qalinligi; ξ — yon kon bosimi koeffitsiyenti.
Kon massivini tashkil etuvchi tog‘ jinslarini chiziqli deformatsiyalanuvchi sifatida qaralib, qayishqoqlik nazariyasi bо‘yicha kuchlanganlik holatini aniqlashda qо‘llash mumkin. Bu nafaqat qoyali tog‘ jinslari uchun, balki plastik tog‘ jinslari uchun ham qо‘llanilishi mumkin, chunki uncha kuchli bо‘lmagan bosim о‘zgarishida (dastlabki holatdan mustahkamlagich о‘rnatilishigacha) kuchlanganlik va deformatsiya о‘rtasida chiziqli bog‘liqlik mavjud bо‘ladi. Agar lahim konturi bо‘yicha vaqtinchalik mustahkammlagich о‘rnatilmasa, parchalangan tog‘ jinslari bо‘laklari bо‘shliq bilan kon lahimi kо‘ndalang kesimi о‘lchamlari ma’lum mustahkam shakl hosil qilmagunga qadar tushaveradi. Bu shakl arkasimon tus oladi. Lahim devorlari atrofida siquvchi kon bosimi jamlanishi natijasida kuchlanganlik holatini paydo qiladi.
Kon lahimiga vaqtinchalik mustahkamlagich о‘rnatilishi bilan lahim ustidagi qulab tushgan tog‘ jinslari og‘irligigina arka shaklida ta’sir etadi.
Demak kon bosimi – lahim usti tog‘ jinslari bosimi yer yuzasidan kon lahimlari qanchalik chuqurlikda joylashishiga bog‘liq emas. Bu bilan yerning ancha chuqurligida ham arkasimon kon lahimlarini hosil qilish mumkin.
Bunda faqat kon lahimiga uning ustidagi qulagan yoki bо‘shliq ustidagi tog‘ massasigina ta’sir etadi.
О‘z vaqtida kechiktirilmasdan о‘rnatilgan mustahkamlagich kon lahimi atrofida qoldiq deformatsiyalarni chegaralaydi va tog‘ jinslarining ushlab turish xususiyatini saqlab qoladi. Agar qanchalik mustahkamlagich konstruksiyasi lahim devorlariga tiqis va mustahkam joylashtirilsa, shunchalik tez kon bosimi ta’siri sо‘nadi. Demak, aytishimiz mumkinki kon lahimlarini muvaffaqiyatli о‘tish uning atrofidagi tog‘ jinslarining turg‘unligini о‘z vaqtida ta’minlashga bog‘liq.