bunday qoplamali qatlamlar Qiyaliklar yuzalarida chegaraviy muvozanat holatida joylashadi va buzilgan tuzilishi bilan tavsiflanadi. Bunday sharoitlarda kо‘chkilarning yuzaga kelish sabablari quyidagilar bо‘lishi mumkin: qoplamali qatlamlari massivining yer yuzasi va yer osti suvlari bilan namlanishi; drenajlash yо‘li yopilib qolishi natijasida karyer bortidagi mahalliy jinslar yer osti suvlarining tirkagichlari; portlashlarning seysmik ta’siri.
Kontaktli kо‘chkilar massivlarning geologik tuzilishi bilan belgilanadigan,
yaqqol ifodalangan yassi, siniq yoki pog‘onali sirpanish yuzalari bilan tavsiflanadi. Sirpanish yuzalari kо‘pincha kam quvvatli loyli qatlamlar, qatlamlanish tekisliklari, tektonik yemirilishlar, yirik yoriqlar va tog‘ jinslari massividagi boshqa bо‘shashish yuzalari bо‘ladi.
Kontaktli kо‘chkilarning yuzaga kelish sharoitlari qulashlar hosil bо‘lish sharoitlariga о‘xshash bо‘ladi, biroq ular susayish tekisliklari qiyaliklarining ancha kichik burchaklarida yuzaga keladi (kо‘p hollarda ushbu burchak 30° kamni tashkil etadi). Bunday kо‘chkilar hosil bо‘lishida suv hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘ladi. Yer osti yoki yer usti suvlari
susaygan zonalarga tushib, tog‘ jinslarining sirpanuvchan blokiga dinamik ta’sir kо‘rsatadi, ularning susayish tekisliklaridagi mustahkamlik xususiyatlarini pasaytiradi va sirpanish yuzasi bо‘ylab ishqalanish koeffitsiyentini kesqin kamaytiradi. Mazkur turdagi kо‘chkilarning hosil bо‘lishiga seysmik va vibratsion ta’sir kuchlari shart-sharoit yaratib beradi.
Murakkab kontaktli kо‘chkiga misol tariqasida Ozarbayjon kon-boyitish kombinati Shimoliy-sharqiy karyerida hosil bо‘lgan kо‘chkini keltirib о‘tish mumkin. Deformatsiyalar chegaraviy konturga yetgunga qadar sharqiy bortla yuzaga kelgan va uchta ochiq gorizontni (1740, 1725 va1710 m) egallab olgan. Deformatsiyalar usoattkasidagi bortning balandligi 55 m, qiyalik burchagi esa 54°tashkil etdi.
Deformatsiyaning birinchi alomatlari 1740 mgorizontdagshi quduqlarning massaviy portlashidan sо‘ng paydo bо‘lgan, shundan sо‘ng esa karyer bortining loyihaviy konturi tashqarisida uzilish yoriqlari seriyalari paydo bо‘ldi. Yoriqlar karyer bortiga parallel joylashib olgan, ularning eng uzuni esa yuzada yarim aylana shakliga ega bо‘lgan va karyer bortining ustki qirg‘og‘idan 70 m joylashgan. Deformatsiyalangan usoattkaning uzunligi fronti bо‘ylab 110 m tashkil etgan.
Sharqiy bort keskin darzsimon, yura yoshidagi vulqonli-chо‘kindi tufoqumliklardan iborat. Darzlanish qiyaliklar tomoniga tegishincha 28°, 54° va 85° tush ish burchaklariga ega bо‘lgan karyer bortiga parallel bо‘lgan chо‘ziqliuch asosiy tizimi ajratiladi. Uch tizimning barsoati о‘nlab va yuzlab metrga chidamli tarqalishga ega bо‘ladi. Tog‘ jinslari massivini susaytiruvchi ikki muhim muhandis-geologik elementlardan biri – karyer bortiga perpendikulyar joylashgan tektonik yoriluvchan buzilishlar sanaladi, va bu uning deformatsiyalarining omillaridan biri hisoblanadi. OzKBK karyer botidagi deformatsiyalanadigan usoattkadagi muhandis-geologik sharoitlar va marksheyderlik kuzatuvlarning batafsil tadqiqotlari kuо‘chining tuzilishi, rivojlanish dinamikasi va sabablarini о‘rnatishga imkon bergan.
Kо‘chkining asosiy sirpanish tekisligi - 28°yiqilish burchakli yoriqning tekisligi. 100 tis. m
3gacha hajmli kо‘chkining jismi bir biridan 54° va 85° yiqilish burchagiga ega bо‘lgan yoriqlar bо‘yicha tekisliklar bilan ajratilgan tog‘ jinslarining bir necha bloklaridan iborat. Kо‘chkining bortlari tektonik buzilishlar yuzalari bilan tutashadigan vertikal tekisliklar bilan chegaralangan. Bloklar yuza bо‘ylab turli tezliklarda siljiydi. Ustki qismda u 0,16...0,20 m, о‘rta qismda esa oyiga 0,24...0,30 m tashkil etgan. Qorlar eriydigan va yomg‘irlar yog‘adigan davrlarda siljish tezligi 20...30 % ortadi.
Kо‘chki mavjud bо‘lgan vaqt ichida (uch yil atrofida) u tо‘liq tozalanganiga qadar 10...15 m.ga siljigan va 1- 740, 1725gorizontlarini va qisman 1710 m gorizontlarni qoplab olgan. Gorizontlarni qoplab olish kо‘chki etagini 0,2X0,3X0,3 m. gacha о‘lchamda elementar tuzilish bloklariga maydalash natijasida sodir bо‘lgan.
Kо‘chki yoriqlar va tektonik buzilishlar tekisliklarini kon lahimlari bilan ostidan ochishi, portlashlarning seysmik ta’siri natijasida yuzaga keldi. Kо‘chkining rivojlanishiga sirpanish tekisliklari zonasiga suv kirib qolishi shart-sharoit yaratdi.
Yotuvchan biqinqatlamsimon massivlarining chuqur kо‘chkilari geologik tuzilishida zaif qum-loyli jinslar ishtirok etadigan qatlamsimon konlar uchun xosdir. Bunday kо‘chkilar jinslarning qatlamlari ishlab bо‘lingan bо‘shliq tomonga yassi tushishga ega bо‘lgan jinslar qatlamlari karyerlar bortlarida yuzaga kelishi mumkin va bir necha pog‘onani, ba’zan esa karyerning butun bortini qamrab olishi mumkin. Ushbu kо‘chkilarning sirpanish yuzas i odatda qatlamlar qatlamlanish tekisligi bо‘ylab о‘tadi ; pastki yoki ustki qismida esa qatlamlilik yumaloq silindrik yuza bо‘ylab kesishadi.
Kо‘chkilarning ushbu turigaSoatov-Yarsk olovbardosh buyumlar kombinatining “Janubiy” koni karyerida sodir bо‘lgan kо‘chki misol bо‘la oladi (9.5-rasm). Kо‘chki umumiy balandligi 37 m va qiyalik burchagi 25...30° bо‘lgan uchta ochiq pog‘onani qamrab oldi . Ustki qismida sirpanish tekisligi qatlamsimon qalinlikni kesib о‘tdi, о‘rta va pastki qismlarda esa ishlab bо‘lingan bо‘shliq tomonga 10... 16° yiqilish burchagiga ega bо‘lgan olovbardosh loy kontakti bо‘yicha bordi. Kо‘chki massalarining 20 sutka davom etgan kо‘chkining faol rivojlanish bosqichidagi harakatlanish tezligi 0,2... 1,75 m/sut. tashkil etdi.
Yotuvchan biqinning kо‘plab chuqur kо‘chkilarining yuzaga kelishiga asosiy sabab – tog‘ jinslarining qatlamsimon qalinligida bosimli yer osti suvlarining mavjudligi, shuningdek karyer bortlari qiyaligining tik burchaklari sanaladi.
Osma biqinqatlamsimon massivlarining chuqur kо‘chkilari yotuvchan biqin kо‘chkilariga qaraganda kamroq uchraydi, va bu osma biqinli jinslarda qatlamlarning kon lahimlari bilan kesilishi tufayli yer osti suvlarining katta
bosimlari saqlanib qolmaydi (G. L. Fisenko ma’lumotlari). Bundan tashqari, osma biqin bortlari uzluksiz harakatda bо‘ladi, hamda zichlashtirish va bо‘rtish jarayonlari rivojlanishga ulgurmaydi.
Kо‘chkilar ikki turga ajratiladi: ustki surilma (qoplama) kо‘chki va turtib chiqib turadigan kо‘chki. Birinchi turdagi kо‘chkining yuzaga kelish shart-sharoitlari zaif silliq qatlamlar va karyerning pog‘onalar bilan ochilgan kontaktlarining mavjudligi.
Ustki qismida bunday kо‘chkilarning sirpanish yuzalari tog‘ jinslari qatlamlarini kesib о‘tadi, pastki qismida esa ularning sustlashgan kontaktlari bо‘yicha yoki silliq loyli qatlamchalar bо‘ylab о‘tadi.
Ustki surilma (qoplama) kо‘chkiga oddiy misol E. L. Galustyan tomonidan tasvirlab berilgan(9.6-rasm). Kо‘chki Dengiz bо‘yi qо‘ng‘ir kо‘mir koni tomonidan ishlov beriladigan «Rettixovskiy» karyerida sodir bо‘lgan va uzunligi 520 m. bortni qamrab oldi. Kо‘chki jinsining maydoni 15XYU
4 m
2ga teng, hajmi esa - 5XYU
6 m
3 atrofida. Ustki qismidagi kо‘chkining sirpanish yuzasi loyli qumliklar, alevrolitlar, argillitlar va kо‘mir qatlamchalari bilan namoyon etilgan burchakusti qatlamsimon qalinlikni kesib о‘tdi, о‘rta va pastki qismda esa tufogen argillitlar bilan kontakti bо‘yicha о‘tdi. Birinchi 15 kunlikda deformatsi yalar nisbatan sekin bо‘ldi, ushbu davrda ustki qismdagi massivning umumiy chо‘kishi 0,5 m tashkil etdi. Sо‘ngra gorizontal siljish tezligi keskin tarzda о‘sdi (0,35...0,40 m/sut.gacha). Oxirida bir necha daqiqa ichida tezlik kritik qiymatga yetdi va bortning vertikal bо‘ylab 25 m.ga tez siljishi sodir bо‘ldi.