Quyuq oqovalar deb, kon lahimlari bilan ochilganda suv bilan tо‘yingan, ya’ni о‘zini og‘ir qovushqoq suyuqliklarga о‘zshab tutadigan dispersli tog‘ jinslariga aytiladi. Bunday jinslarning oqovalari qalin qatlam bilan ham, yorilish kо‘rinishida ham katastrofik tarzda sodir bо‘lishi mumkin. Qkyuq oqovalarning katastrofik tez harakatlari ochiq usulda kon ishlari olib borilganda katta xavf tug‘liradi va ba’zan halokatlar yuzags kelishiga sabab bо‘ladi.
Quyuq oqova xususiyatlariga odatda suvga tо‘yingan, loyli zarrachalardan va organiq birikmalardan iborat bо‘lgan mayda va ingichka donachali changsimon qumlar ega bо‘ladi. Bunday tarkibli tog‘ jinslari tо‘rtlamchi, neogenli va paleogenli qatlamlarda juda keng tarqalgan.
Quyuq oqovalarning о‘ziga xos xususiyati – ularning tiksotrop aylanashlarga moyilligidadir, ya’ni mexaniqaviy ta’sirlar ostida silkinganda va vibratsiyalanganda suyuqlanish qobiliyati, mazkur ta’sir kuchlari tо‘xtagandan sо‘ng, о‘zining dastlabki holatini tiklaydi. Ular shu tarzda ular zilzilalarda yoki texnologik portlatishlarning seysmik tia’sirida ekskavatorlar, avtomobil transporti ishlaydigan rayonda suyuq noturg‘un holatga о‘tadi.
Dinamik kuchlanishlarda qumli jinslarning oqovalar ularning suv bilan tо‘yingan yuqori g‘ovakli turli-tumanligigiga xosdir (odatda 42 % ortiq). Bunday jinslarning oqovasi mustahkamligining yо‘qolishiga va chayqalish ta’siri ostidagi suyuqlashgan holatiga bog‘liq. Vibratsiya yoki seysmik kuchlar ta’siri ostida qumli jinslarning alohida zarrachalari о‘rtasidagi kontaktli aloqa buziladi. Jinslar suv bilan tо‘yinganligi sababli, ular zichlashtirilganda g‘ovaklarda katta gidrodinamik bosim yuzaga keladi, va u dinamik ta’sir jadalligidan kataroq bо‘ladi. G‘ovaklardagi suvning bosimi zarrachalar о‘rtasidagi ishqalanish kuchini to tо‘liq yо‘q bо‘lgunga qadar keskin pasaytiradi, va buning natijasida jins suyuqlikka о‘xshab qoladi va oqib ketadi.
Oqovaning dinamik sharoitlardagi xavflari ularning g‘ovakliligi bir xilligi, silliqlilik darajasi va suv о‘tkazuvchanligining pasayishi bilan oshib borishi bilan ortadi.
Hovurak - zaif sementlangan qum-loyli jinslarning suv bilan suvga chidamli jinslar qatlami orqali yorilishi.
Karyerlardagi filtrlovchi qiyaliklarda hovurak faqat yuk qо‘shilganda, yer osti suvlari sirqish oralig‘i doirasida, suv о‘tkazuvchan material yoki drenajli prizma bilan hosil qilinishi mumkin (3-rasm).
Prizmaning asos bо‘ylab eni quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:
bundakpr – yuk qо‘shish filtratsiyasining koeffitsiyenti, m/sut; α – qiyalik burchagi; pr – yuk qо‘shish materialining solishtirma og‘irligi, N/m3.
α qiymatlari sin α/A qarab quyidagilarni tashkil qiladi:
Sin α/A 1,12 1,26 1,24 1,34 1,52 1,60 1,70 1,80
α 1 0,8 0,6 0,4 0,2 0,14 0,08 0,04
Yuk qо‘shish prizmasining balandligi hpr, 1,1 – 1,2 hv teng qilib qabо‘l qilinadi. α kattaligini turg‘unlik zahirasining koeffitsiyentiga n=1,2…1,4 kо‘paytirish kerak.
Hovurakning eng murakkab va xavfli turi – bosimli suvlarning suvga chidamli qatlamlar orqali karyer tubiga о‘pirilishi (4-rasm). О‘pirilish uchun sharoitlar, bosimnin N (m) kattaligi suvga chidamli qatlamning etagiga bо‘lgan kattaligi karyer tubi maydoni doirasida bо‘lsa, uning massasini hisobga olgan holda yuzaga keladi va quyidagi yaqinlashtirilgan tenglama orqali aniqlanishi mumkin:
bunda sr – suvga chidamli qatlam jinslarining siljishiga о‘rtacha qarshilik, Mpa; - suvga chidamli qatlamning yiqilish burchagi, grad; m – suvga chidamli qatlamning quvvati, m; R –karyer tubining perimetri, m; F –karyerning maydoni, m2.
Siljishga о‘rtacha qarshilik
Bu yerda - yon tomonlama rasporning koeffitsiyenti.
Suv bilan birgalikda о‘pirish natijasida suv tashuvchi gorizontning sementlanmagan jinslarining ma’lum hajmi harakatlanishi mumkin, ular orqali suvga chidamli qatlamning buzilgan zonasi orqali karyerga chiqariladi. Bu esa karyer bortlarida kо‘chkilar hosil bо‘lishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |