Korxona va tashkilotlarda xodimlarni rivojlantirishni rejalashtirish.
Personalni rivojlantirish -har bir xodimning shaxsiy salohiytini ochib berishga, tashkilot va jamiyatga kattaroq samara keltirish qobilyatining o’sishiga hizmat qiladigan sifat o’zgarishlaridir. An’anaviy ravishda personalni rivojlantirish deganda xodimlarni kasbiy o’qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlashni o’z ichig aoladigan chora-tadbirlar majmui nazarda tutiladi. Rotatsiya, karyerani rejalashtirish, zahira rivojini amalga oshirish shakillari qatoriga kiradi.
Tashkilotlar faoliyatining zamonaviy dinamik sharoitida xodimlarning rivojlanishi tizimli, maqsadli yo’naltirilgan va uzluksiz ravishda amalga oshirilishi kerak va tashkilotning ehtiyojlari bilan belgilangan maqsadlarga intilib, yangi muammolarni hal qilish uchun xodimlarni o’z vaqtida tayyorlashga yo’naltirilishi lozim. Bundan tashqari, rivojlanish xodimlarning kasbiy va individual hususiyatlarini sifat jihatidan yaxshilashga yo’naltirilishi kerak. Ya’ni personalni rivojlantirish uchun ikkita tarkibiy qismlarni olamiz: mazmunga oid va prosessual tarkibiy qismlar. Bunda prosessual tarkibiy qismlar ham ikki guruhga ajraladi: tashkilot nuqtai nazaridan hamda prosessual tarkibiy qism. Mazmunga oid tarkibiy qism, sifat bloklar tarkibi va mazmunini o’z ichiga olsa, prosessual tarkibiy qism sifatlar o’zgarish jarayoni va o’zini rivojlantirish mexanizmidan tashkil topgan. Mikro darajada personalni rivojlantirish yo’nalishida tashkilot nuqtai nazaridan boshqaruvchi ta’sir jarayoni va boshqaruvchi ta’sir yo’nalishi usullari qo’llaniladi.
Uzluksiz tamoyilni amalga oshirish “butun hayot uchun ta’lim” yonashuvidan “butun hayot davomida ta’lim” (life-long learning ) yondashuviga o’tishni ko’zda tutadi. Uzluksiz ta’lim bu shaxsning shakillanish jarayoni bo’lib, u har qanday yoshdagi va avloddagi yoshlar uchun ochiq bo’lgan va insonni hayotida davomida unga hamroh bo’lgan, uning doimiy rivojlanishig hissa qo’shadigan, bilim, ko’nikma va qobilyatlarni uzluksiz o’zlashtirish jarayoniga jalb etadigan ta’lim turidir. Rivojlanish jarayoni tashkilotning qo’yilgan maqsadlariga erishishga olib kelishi lozim bo’lgan ko’ngildagi xulq-atvor modelini loyihalashtirish, shuningdek couching- uning hulq-atvoridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida personalga ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga olishi lozim.
Umumiy rivojlanish deganda tashkilot xodimlarining kasbiy faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lmagan hislatlarni shakillantirish va takomillashtirish nazarda tutiladi. Kasbiy rivojlantirish deganda xodimlarni yangi ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish, lavozimlarni egallash, xodimga qo’yiladigan talablar va realodamning hislatlari o’rtasidagi tafovutni bartaraf etishga qaratilgan,shaxsning kasbiy tajribasi tarkibiy qismlarini yangi tarkib bilan to’ldirishga tayyorlash jarayoni tushuniladi. Tashkilotning kasbiy rivojlanishini ikki nuqtai nazardan ko’rib chiqish kerak: inson omili nuqtai nazaridan (kasbiy tajriba sohibi va egasi bo’lgan shaxs) va tashkilotning kadrlar salohiyatini shakillantirish va rivojlantirish nuqtai nazaridan (tashkilotning ishchi tuzilmasini rivojlantirish zarurati, tashkilot oldida turgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan xodimlarning professional tajribasi bilan bo’g’liq bo’lgan).
Personalni rivojlantirish vazifalari va maqsadlari quyidagilardan iborat. (1.1- jadval). 2