Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi


Turistik korxonada xodimlarni boshqarishda innovatsion usullar va texnologiyalar



Download 82,3 Kb.
bet4/9
Sana15.02.2022
Hajmi82,3 Kb.
#449663
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
hrm done diyora kh

Turistik korxonada xodimlarni boshqarishda innovatsion usullar va texnologiyalar.

Zamonaviy ilm-fan va boshqaruv amaliyotida tashkilotlarning asosiy va strategik manbai sifatida inson resurslarini boshqaruv sohasidagi yangi yondashuvlar, tushunchalar, g’oyalarni takomillashtirish, yangilash va izlashning doimiy jarayoni amalga oshiriladi. Boshqaruv modelini tanlashga bzinesning turi, korporativ strategiyasi, tashkiliy madaniyat ta’sir qiladi. Tashkilotlarda inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyasining asosiy tamoyili- inson resurslarini tashkilotning samaradorligi va raqobatbardoshligining hal qiluvchi omili sifatida tan olinishi, uning foydali va ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy iqtisodiy manbai bo’lishi mumkin. Raqobat muhiti rivojalnishi inson resurslarini boshqarish sohasidagi bilimlar va inson kapitalini boshqarish sohasidagi ustuvorliklar o’zgarishini anglatadi, chunki bu odamlarni boshqarishda innavatsion usullar va texnologiyalar bozorda tashkilotning tadbirkorlik muvaffaqqiyatiga erishishning asosiy shartidir.
Inson resurslarini innovatsion boshqarish- bu xodimlarning ijodiy, innovatsion salohiyatini rivojlantirish va personalning innovatsion xulq-atvorini rag’batlantirish maqsadida inson resurslari bilan ishlash sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan faoliyat. Inson resurslarini boshqarishga innavatsion yondashuvlar texnologik yangiliklar bila bir qatorda mehnat unumdorligini va umuman tashkilotning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Mehnat sohasida boshqaruvga oid yangiliklar kiritilishi xodimlarning tashkilotga nisbatan rag’batlantiruvchi munosabatiga ta’sir ko’ratishga imkon beradi, odamlar bilan ishlash uchun eng zamonaviy moslashuvchan usullar va texnologiyalarni tanlashga ta’sir qiladi. Zamonaviy tashkilotlarda qo’llaniladigan IRB ning innovatsion usullari va texnologiyalari mehnat intizomining yuqori darajasini saqlashga, odamlarni jalb etish darajasini oshirishga yordam beradi, tashkilot ichida va tashqi muhitda aloqa madaniyatini shakillantirishni ta’minlaydi va o’z brendini boshqarish imkonini beradi.
Inson resurslarini innovatsion boshqarishni amalga oshirish jarayonida quyidagi boshlang’ich qoidalarni hisobga olish va ularga tayanish muhim:

  1. tashkilotni rivojlanish strategiyasining inson resurslarini boshqarish strategiyasi bilan qalin o’zaro aloqalari zarurati;

  2. inson resurslari bilan bog’liq harajatlarning tashkilot iqtisodi ko’rsatkichlariga ta’siri darajasini baholash;

  3. tashkilotni mehnat bozorida samarali ishlashi uchun xodimlarning professional ko’nikmalari, kompentesiyalarini kerakli miqdorda shakillantirish.

Inson resurslarini boshqaroshda innovatsion yondashuvlar zamonaviy kadrlarni qayta tayyorlashning eng muhim vositasi bo’lib, tashkilot xodimlarining samaradorligini oshirish va yaxshilashga qaratilgan. “Yondashuv” tushunchasini asosiy qarashlar tizimi, boshqarish muammolarini hal qilish (yoki hal qilishga ta’sir etuvchi), hal qilinayotgan muammoga munosabatni tavsiflovchi fundamental texnikalar yoki ularning kombinatsiyasi sifatida tushunish kerak.
Inson resurslarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarning tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar mavjud: jamoani qurish texnologiyalari va tegishli ijtimoiy birlashtirish dasturlari; o’zini-o’zi tashkil qilish va taym- menejment texnologiyalari; xodimlarning sadoqati va ishtirokini ta’minlaydigan tashkiliy madaniyat yaratish; boshqaruv maqsadlari bo’yicha (Management by objectives, MBO) – bu tashkilot ichida maqsadlarni shuna muvofiqlashtirish jarayoniki, bunda kompaniya rahbariyati va xodimlar maqsadlarni baham ko’rishadi va tashkilot uchun anglatishini tushunishadi; qadriyatlarni boshqarish –barcha xodimlarga o’z faoliyatida yo’naltirilgan qiymat tizimini yaratishga va hisbot berishga yo’naltirilgan tashkilotni boshqarish; vakolatlarni boshqarish –tashkilot xodimlarini tanlash, baholash va rivojlantirish uchun foydalaniladigan vakolatlar modelini shakillantirish; inson resurslarini boshqarish jarayonida axborot texnologiyalari va virtual makondan foydalanish; tashkilot bilimlarini boshqarish va boshqalar.
Tashkilotning inson resurslarini bsohqarishda innovatsion yondashuvlar ishalab chiqish va tadqiq etish bilan P.Druker, K.Ving, K.Sveybi, J.Xarrington, R.Boyatsis, S.Uiddet, S.Xolliford kabi g’arb olimlari shug’ullangan. Rossiyada ushbu masalalar bilan N.N.Dumnaya, V.L.Inozemsev, G.B.Kleyner, G.B.Kolodnyaya, D.S.Lvov, V.L.Makarov, B.Z. Milner, S.V.Stepashin, T.A Andrusenko kabi olimlar shug’ullangan.
Inson resurslarini innovatsion boshqarish qator hususiyatlarga ega:

  1. insonslarni boshqarishda qo’llaniladigan usul va texnologiyalar tashkilotning maqsadlari bilan bog’liq va rivojlanish strategiyasiga muvofiq ularga erishishga qaratilgan;

  2. insonni boshqarish amaliyoti uni to’liq bashorat qilish qiyin bo’lgan kechiktirilga natijaga ega;

  3. inson resurslarini bsohqarishdagi o’zgarishlar ijtimoiy va psixologik harakterli bir qator oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu guruhlardagi keskinlik va qarama-qarshilikka olib kelishi, nizoli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin;

  4. inson resurslarini boshqarish sohasidagi o’zgarishlar tashkilotning turli sohalarida, shuningdek, insonni boshqarish bilan bog’liq o’zgarishga ehtiyoj tug’diradigan ko’paytiruvchi samaraning paydo bo’lishini ta’minlaydi.

Shunday qilib, boshqaruv siyosatini takomillashtirish maqsadida zamonaviy tashkilotlar faoliyatining barcha yo’nalishlari va ish sohalariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo’yicha faol choralarni ko’rmoqdalar, bu esa eng maqbul va maqsadga muvofiq boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Innovatsion g’oyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning yetakchi yo’nalishi –bu tashkilotning kadrlar resurslariga yo’naltirilganligi, ular zarur professional va shaxsiy kompetensiyalarga, ijodkorlikka, inovatsiyalarni amaliyotga joriy qilishga tayyor bo’lishlari kerak. Shu bilan birga, inson resurslarini boshqarishdagi innovatsiyalar o’zaro bog’liq bo’lib, ishbilarmonlik muhitidagi doimiy progressiv innovatsion o’zgarishlar tufayli yuzaga keladi.
Usul yoki metod (qadimgi yunonchada tadqiq etish yoki bilish yo’li) –belgilangan vazifani hal qilishga yoki belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan nisbatan bir hil qadamlar, harakatlar yoki operatsiyalar yig’indisi. An’anaviy ravishda boshqaruv nazariyasida tashkilotda inosnlarni boshqarishning uchta usuli ajratib ko’rsatiladi: ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy –psixologik usullar. Insonlarni boshqarishning konseptual yondashuvlaridagi o'zgarishlarga muvofiq, zamonaviy sharoitda inson resurslarini boshqarishning innovatsion usullari ham rivojlanmoqda, bu tashkilot xodimlarini iqtisodiyot, sotsiologiya, psixologiya, shuningdek, axborot va aloqa tizimlari sohasidagi so’nggi yutuqlarga asosalangan boshqarish usullari sifatida tushunilishi kerak. Shu bilan birga, inson resurslarini boshqarishning innovatsion usullari texnologiyalarga guruhlanadi. Texnologiya deganda (yunoncha techne –san’at, mahorat, qobiliyat, logos –so’z, o’qitish, ta’limot) har qanday jarayonda amalga oshiriladigan usullarning umumiyligi tushuniladi. Ba’zi bir texnologiyalar turlarining keng tarqalishi va boshqalardan foydalanishda selektivlik tufayli quyidagilar mavjud: zamonaviy kommunikatsiya vositalari (uyali telefon,internet va ularning asosida yaratilgan electron boshqaruv tizimlari) tarqalishi bilan bog’liq inson resurslarini boshqarish usullarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarning ulushi katta bo’lgan zamonaviy (innovatsion) usullar, bu zamon va makonda ma’lumot uzatishda tezlikni oshirish orqali tshkilotlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, mavjud yondashuvlar asosida , tashkilotlarga innovatsiyalarni joriy etish vositasida shakillangan an’anaviy (yoki aralash) texnologiyalar. Masalan, boshqaruv kadrlar zahirasiga xodimlarni tanlashning an’anaviy tartibiga yetakchilikning genetik belgilarini aniqlashning innovatsion usuli yoki an’anaviy kadrlar tanlashda video-intervyu texnologiyalaridan foydalanish mumkin va hokazo.
Inson resurslarini boshqarishning eng tarqalgan va ko’p uchraydigan zamonaviy innovatsion texnologiya turlariga quyidagilar kiradi:

  • trening –shaxsiy va ishbilarmonlik hislatlarini rivojlantirishga, salohiyatini ochib berishga, shuningdek, salbiy oqibatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan interaktiv o’qitish shakli;

  • konsalting –tashkilot menejerlariga bunday tizimni noldan shakillantirishdan tortib, uni umuman yoki kadrlar ishlarining ayrim sohalarida takomillashtirishgacha bo’lgan irb turli hil masalalari bo’yicha maslahat berish;

  • transfert –bilim,tajriba, ko’nikma, texnologiyalar uzatish;

  • audit –kadrlar hujjatlarini mustaqil ekspertlar yoki tashkilotlar tomonidan tekshirish;

  • injiniring –inson resurslarini boshqarish jarayonlarini loyihalash.

Tashkilot oldida turgan zamonaviy vazifalarni bajarish uchun ilg’or menejment texnologiyalaridan foydalanilgan holda butun IRB tizimini tarkibiy o’zgartirish zarur. Ma’lumki, IRB tizimiga innovatsiyalarni joriy boshqaruv tizimini o’rganish, uning imkoniyatlarini aniqlash va kamchiliklarini aniqlash asosida, shuningdek IRB ning so’nggi tendensiyalari talablarini va tashkilotni rivojlantirishning o’ziga hos hususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak. Har qanday tashkilotda faqat ularga ehtiyoj aniq va tushunarli hamda ma’muriy va iqtisodiy maqsadlar va muayyan tashkilotning ehtiyojlari bilan birlashtirilgan barcha xodimlar uchun tushunarli bo’lgn IRB dagi yangiliklarga ehtiyoj seziladi.
Tashkilotning IRB innovatsion texnologiyalariga ehtiyoji uni rivojlantirishning quyidagilar bilan asoslanadigan asosiy yo’nalishlari bilan belgilanadi: bilimlarni doimiy ravishda yangilab borish va ishlab chiqarish jarayonlarini texnologiyalashtirish, shu jumladan, axborot texnologiyalarini tarqatish jarayoni bila bog’liq holda xodimlarning malakasini oshirish zarurati; tashkilotning rivojlanish strategiyasining o’zgarishi, yangi ustuvorliklarning paydo bo’lishi va qiymat tizimini shakillantirish, barcha xodimlarni tanlash va o’qitishning yangi usullarini joriy etish, shuningdek, individual xodimning roli o’sib borishi; kasbiy faoliyat uchun sog’liqni saqlash va havfsizlik texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi; tashkilot natijalariga erishish uchun loyiha va jamoaviy ish usublarini faol qo’llash bilan birga bog’liq bo’lgan mehnat etikasining yangi shakillarini ishlab chiqish; shaxsiy hissani baholashning obyektiv va natijaga yo’naltirilgan tizimlar asosida tashkilot xodimlarning yutuqlarini baholash tartibini ishlab chiqish; strategic rejalashtirishda xodimlarni boshqarish xizmatlarining rolini o’zgartirish, ularning funksiyalari, vakolatlari, tashkilotdagi mehnat munosabatlarini boshqarishda ishtirok etish darajasi va kadrlar siyosatining yo’nalishlarini belgilash.
Inson resurslarini boshqarishda bir nechta bazaviy innovatsion yo’nalishlar ajratib ko’rsatiladi:

  1. Innovatsion –ta’lim menejmenti –universitet, institut, kolledj va boshqa ta’lim muassasalarida professional kadrlar tayyorlashda yangiliklar kiritish;

  2. Innovatsion –kadrlar marketinggi –tashkilotning yangi va samarali kadrlar salohiyatini sahkillantirish;

  3. Innovatsion –texnologik kadrlar menejmenti –kasbiy faoliyatda yangi texnika va texnologiyalar turlarini o’zlashtirish bosqichida xodimlar bilan ishlashning zamonaviy usullari, biznesni baholash, mavjud kadrlar tarkibidagi funksiyalar va vakolatlarning yangi taqsimlanishi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakillari va usullariga kiritilgan yangiliklar, targ’ib qilish usullari, xodimlarni boshqa joyga ko’chirish, asosiy ishchilar bilan ishlashni yaxshilash va boshqalar.

Quyida tashkilotdagi odamlarni boshqarish jarayonlarining turlariga muvofiq IRB innovatsion texnologiyalarni ko’rib chiqamiz. Eng avvalda, inson resurslari boshqarish jarayonlaridan biri inson resurslarini shakillantirish bo’lib, uning innovatsion texnologiyalari –kadrlar marketinggi, keys –interviyu (case interview), test, hedhanting (headhunting), kompentensiyalar bo’yicha intervyu, e-rekrutment (e-recruitment). Keying jarayonlardan biri xodimlarni boshqarish bo’lib, uning innovatsion texnologiyalari assessment- sentr (assessment- center), “360 gradus” usuli kompetensiyalar bo’yicha baholash, KPI boyicha baholash mezonlari kiradi. O’qitish va rivojlantirish jarayonining texnologiyalariga esa quyidagilar kiradi: kouching (couching), timbilding (teambuilding), rolli va ishbilarmonlik o’yinlari, “360 gradus” usuli, kompetensiyalar bo’yicha baholash. Karyerani rejalashtirish jarayoni individual rejalar shakillantirish, “360 gradus” usuli, kompetensiyalar bo’yicha baholash kabi texnologiyalardan iborat.
Motivatsiya va mukofotlash jarayoni esa mehnatga haq to’lashning greyding tizimi, individual hissani baholash va shaxsiy hizmatni jamoatchilik tomonidan tan olish, partienpativ boshqaruv, kapitalda ishtirok etish kabi innovatsion texnologiyalarni o’z ichiga oladi. Keyingi jarayon, inson resurslarini bo’shatish bo’lib, personal lizinggi, autsorsing (outsourcing), autstaffing (outstaffing) va boshqa innovativ texnologiyalardan iborat. Hamda xodimlar bilan joriy ishlash jarayoni stress –menejment, nizolarni boshqarish, bilimlarni boshqarish kabi texnologiyalarga tayanadi. So’nggi jarayon esa, ichki firma kommunikatsiyalarini tashkil qilish bo’lib, qayta aloqa mexanizimlarini, ayniqsa, “pastdan –yuqoriga” yo’nalishida rivojlantirish, o’zgarishlarni boshqarish bo’yicha loyiha guruhlari, korporativ portal va internet kabi texnologiyalarni tarkibiga oladi.
Shunday qilib, inson resurslarini innovatsion boshqarish XXI asrda biznes amaliyotining voqealariga asoslangan turli hil innovatsiyalar bilan uzviy bog’liq –bu axborot texnologiyalaridan foydalanish va psixologiya, psixofiziologiya, sotsiologiya, iqtisodiyot va andrologiya sohasidagi so’nggi tadqiqotlar natijalari va yangi maxsulotlar, texnologiyalar va xizmatlarni doimiy ravishda ishlab chiqaradigan innovatsion muhitni yaratish orqali tashkilotlarning raqobatdan bir qadam oldinda bo’lish istagidir. Tashkilotda inson resurslarini boshqarishning yangi yondashuvlarini joriy etish bu butun tashkilotni innovatsion boshqarish bilan uzviy bog’liq bo’lgan murakkab jarayondir. Demak inson resurslarini boshqarishda innovatsion usullardan foydalanilar ekan u bilan nafaqat vaqtdan yutamiz, shu bilan birga yangi imkoniyatlarni ham ochamiz.


  1. Download 82,3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish