OʻZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI ISLOM IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLAR FAKULTETI ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI, ZIYORAT TURIZMI KAFEDRASI TURIZM (ZIYORAT TURIZMI) YOʻNALISHI ‘ZIYORAT TURIZMIDA XALQARO INSON RESURSLARI MENEJMENTI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Turistik korxonada xodimlarni boshqarishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvdan foydalanish.
Bajardi: 4-kurs talabasi D. Xaydaraliyeva Qabul qildi: i.f.d., dots. O. Astankulov
Toshkent-2022 M U N D A R I J A
Kirish………………………………………………………………………
3
1
Turistik korxona va tashkilotlarda xodimlarni rivojlantirishni rejalashtirish.
6
2
Turistik korxonada xodimlarni boshqarishda innovatsion usullar va texnologiyalar………………………………………………………………
12
3
Personalni oʻqitish va rivojlantirish………………………………………..
19
4
Turistik korxonada asosiy hodimlarni yosh kadrlar hisobidan tanlab olish va korxonaning kadrlar oʻzagini shakillantirish……………………………
KIRISH Butunjahon yirik hamda kichik kompaniyalarda inson resurslarini toʻg‘ri boshqarish masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xodimlarning bilim va koʻnikmalari tashkilotning asosiy boyligiga aylanib bormoqda. Xodimlarning bilim va malaka darajasi - raqobat omili, qiyosiy ustunlik hamda oʻzgarishlar boʻlishi kerak boʻlgan asosiy soha deb hisoblanadi. Bu esa oʻz navbatida tashkilot muvaffaqiyati va farovonligining hal qiluvchi omili sifatida qaraladi.
Xizmat koʻrsatish sohasida mehnat bozori sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirish yoʻllarini izlash samarali turizm mutaxassislarini tayyorlash va rivojlantirish uchun nihoyatda muhim masala hisoblanadi. Bu turizm industriyasining globallashuvi va dinamik oʻsishi hamda xizmatlar iste'molchilarining oʻsib borayotgan ehtiyojlari sharoitida dolzarbdir. Turizm sohasiga nafaqat davlat byudjeti daromadlarini barqaror va jadal oshirishning muhim omili, balki mehnat bozorining samarali faoliyat yuritishining asosi sifatida ham qaralmoqda. Biroq, amaliyotda bugungi kunda turizm sohasida kadrlar tayyorlash darajasi zamonaviy bozor talablariga javob bermayapti. Shunga koʻra, nafaqat yurtimizda balki butun jahonda turizmning samarali faoliyat yuritishi va yanada rivojlanishining asosiy omillaridan biri turizmda zamonaviy kadrlar tizimini takomillashtirish va professionallik darajasini oshirishdir. Shu bilan birga xodimlarning bilim olishi, kasbiy harakatchanligi, ichki va jahon mehnat bozorlarida raqobatbardoshligiga boʻlgan talablarni oshirish boʻlib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PQ-5270-sonli “Turizm madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari” toʻg’risidagi qaroriga koʻra, yurtimizda turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standardlarga mos uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yoʻlga qoʻyish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash boʻyicha turli qarorlar qabul qilindi. Unga koʻra, turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalardagi istiqbolli mutaxasislar ayniqsa pedagoglar, ilmiy kadrlar va restavratorlarni tanlash hamda ularning malakasini yanada oshirish uchun “El-yurt umidi” jamg’armasining 2022 va 2026-yillar oralig’ida xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm madaniy meros va muzeyshunoslik yoʻnalishlarida doktarantura (PhD) va magistraturada oʻqitish dasturi joriy etildi. Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida oʻqitiladi.1 Yurtboshimiz tomonidan koʻrsatilgan bunday tashabbus turistik korxonalarda xodimlarning malakasini hamda professionallik darajasini oshirishda, hizmat sifatining yaxshilanishiga va mijozlarning ham nafaqat tashkilot balki hodimlarga boʻlgan ishonchini ortishiga yordam beradi. Shuningdek, yosh kadrlarni xorijda ta’lim olishini qoʻllab-quvvatlash orqali, ularni yangi bilim va koʻniklmalar bilan boyitib, chet el tajribasidan foydalangan holda iqtisodiyotimizga ham katta sarmoya va turizm industriyasiga yangiliklarni olib keladi.
Bundan tashqari, raqamli iqtisodiyotga o’tish tizimi ham sohada o’zgarishlar olib kirdi. Yurtboshimiz 2020-yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berishni taklif etgan edi. Unga ko’ra, “Raqamli O’zbekiston -2030” dasturi asosida yuqori malakali mutaxassisslar tayyorlash maqsadida “1 million dasturchi” loyihasining amalga oshirilishi, “El-yurt umidi” jamg’armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o’qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborilishi maqsad qilingan edi. Bunday inson resurslarnini rivojlantirish va o’qitish bo’yicha katta imkoniyat barcha uchun birdek foydali bo’ldi.