5
1-mavzu. “Industrial iqtisodiyot” faniga kirish. Fanning predmeti, vazifalari,
obyekti.
Reja:
1.1. “Industrial iqtisodiyot” fanining obyekti, sanoatning ta’rifi va tavsifi
2.2. “Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
3.3. “Industrial iqtisodiyot” fanini o‘rganish metodologiyasi va usullari
Uslubiy ko‘rsatmalar
Har qanday fan o‘zining o‘rganish obyektiga ega bo‘ladi. SHunday obyektning
bo‘lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim
shartidir. «Industrial iqtisodiyot” fani ham o‘z obyektiga ega. Uning obyekti umuman
sanoat, xususan, O‘zbekiston sanoati hisoblanadi. SHu bois eng avvalo, ushbu fanning
obyekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tug‘iladi.
Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat obyektiv reallik
(borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni
ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish
kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog‘liqdir.
Sanoat ham obyektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va
fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum
miqdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar qurboni
ham bo‘lgan.
O‘zbekiston sanoati ham o‘z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib
o‘tgan. Eng avvalo, uy sanoati, so‘ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat,
kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu erda:
hunarmandchilikning juda ko‘p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtaroshlik,
binokorlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, to‘quvchilik va tikuvchilik,
temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik,
tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan.
Hunarmandchilik ("xonaki sanoat") bronza asrida dehqonchilikdan ajralib
chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O‘zbekiston hududida anchagina
hunarmandchilik markazlari tashkil topgan.
IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo‘yicha Xiva va SHosh, mis va temirdan aslaha,
pichoq tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash
bo‘yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar
davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro,
Samarqand, XIVa, Toshkent, SHaxrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish
munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan.
XVIII asrning 60-70-yillarda Angliyada ro‘y bergan sanoat to‘ntarilishidan keyin
O‘zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o‘tish
boshlandi.
6
XIXasr oxiriga kelib, O‘zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi
rivojlangan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga,
keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan.
XX
asrda O‘zbekiston sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar asr
boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom
ipak, o‘simlik moyi, uzum vinosi, g‘isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa,
asr oxiriga kelib yuzlab-minglab turlari tayyorlangan.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog‘idir. Sanoatning
vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi
mavqeining ko‘tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan
yangilashda ishchilarning avangardlik roli to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, faqat
ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni
himoya qilish, mustahkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish
mumkin. Ana shu fikrni O‘zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamoqda. O‘zbekiston
ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsuloti, milliy daromadning asosiy qismini
bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda
faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan
mamlakatlar
ishchilaridagidek,
ongli
industrial
mehnatkash
va
insonlar
munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror
toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg‘or kurashchi hislatlari bir butun bo‘lib
mujassamlashgan.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining
madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi
va tajribasining tinmay oshib borishidir.
O‘zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko‘nikmasi, ishlab chiqarish malakasi
va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o‘rin tutishini ko‘rish mumkin.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va
barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini,
hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O‘zbekiston davlati
mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir.
Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy
intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida
o‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy
resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari
yuzaga keladi.
Sanoat, ayniqsa, og‘ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni industrlashtirish
muammolarini hal etish kalitidir. SHu sababli jamiyatning moddiy-texnika asosini
qaytadan qurish ishini o‘zbek xalqi Prezident rahbarligida umuman sanoat, xususan,
uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. CHunki bu sohalar O‘zbekiston
Respublikasining iqtisodiy qudrati, xalq farovonligini yanada oshirishning poydevori
hisoblanar edi, bundan keyin ham shunday bo‘lib qolaveradi.
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi - Konsentratsiyaning yuqori
darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab
7
chiqarishni uyushtirishning ilg‘or usullari - ixtisoslashtirish, diversifikatsiyalash,
kooperativlashtirish va mahalliylashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va
yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
jadallashtirishni
ta’minlovchi
buyuk
harakatlantiruvchi kuch - raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat
sohasida rivoj topadi. Ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning
yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning
boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning
samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo,
sanoat sohasida vujudga kelgan va kelmoqda.
Iqtisodiyot sohasida ro‘y berayotgan barcha voqeliklardan habardor bo‘lish,
ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal
etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o‘z
vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur
egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi.
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi-
umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o‘rganuvchi fanlar. Ikkinchi - xususiy
iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona iqtisodini
o‘rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo «Iqtisodiy nazariya» fani kiradi.
Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy
jihatdan yondashadi, unga xos qonun va qoidalarni o‘rganadi.
«Iqtisodiy nazariya» - insonlarning ishlab chiqarish munosabat- larini ishlab
chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro aloqada o‘rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati
taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va
iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda
foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Lekin «Iqtisodiy nazariya» xalq xo‘jaligining ayrim
tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish,
ro‘y berish shakllari va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan aniq iqtisodiy fanlar
shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri «Industrial iqtisodiyot” fani hisoblanadi. Bu
fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari
sohasida namoyon bo‘lishi, ro‘y berishi, tuzilmaviy o‘zgarishlarning «falsafasini»,
boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va bashoratlashning metodologiyasi va
metodikasini, fan-texnika tarakqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining
mohiyati, ahamiyati va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari
va sanoatning boshqa qator muammolarini o‘rganadi.
«Industrial iqtisodiyot” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas
bog‘langan. Ular jumlasiga «Ekonomiks», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot», «Statistika», ayniqsa, «Iqtisodiy statistika», «Mehnat
iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya va
kredit», «Iqtisodiy xavfsizlik», «Innovatsiya strategiyasi», «Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiyoti» va boshqa bir qator fanlar kiradi.
«Industrial iqtisodiyot” fani «Korxona iqtisodiyoti» fani bilan chambarchas
bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlari moddiy-texnika va
mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun
8
mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda
mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi.
«Industrial iqtisodiyot” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog‘liqdir.
CHunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va
amaliyoti asosida o‘z yechimini topishi mumkin.
SHunday qilib, «Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti deganda jamiyatning
obyektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish
shakllarini, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan
mehnatning eng optimal harajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni
ta’minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.
Ilm – fan metodologiyasi va usullari deyilganda, uni bilish va o‘rganish
faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Muayyan fan bo‘yicha
masalani o‘rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish,
shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan obyektga
muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo‘llashning eng muhim tomoni
hisoblanadi. Demak, metodologiya - tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni
amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari majmuasidir.
«Industrial iqtisodiyot” fanining nazariy, metodologik asosini sanoatning vujudga
kelishi va rivojlanish muammolari bo‘yicha hozirgi nazariya, o‘zbekistonlik va xorijiy
mamlakatlar iqtisodchilarining ilmiy asarlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
Respublika Prezidentining asarlari tashkil etadi.
Iqtisodiyotning yetakchi sohasi bo‘lgan sanoatda ro‘y beradigan barcha hodisa va
o‘zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan
abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o‘tishni, ya’ni haqiqatni bilishning, obyektiv
reallikni tan olishning dialektik yo‘lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday uslubiy
yondashish sanoat, uning tarmoqlari va «irmoq»lari hamda korxonalarida ro‘y
beradigan hodisalar, voqeliklar va iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini,
ularning uzluksiz harakati, taraqqiyot va o‘zgarishi, miqdor ko‘rsatkichdan sifat
ko‘rsatkichga o‘tishi, makon va zamonda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.
Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning
namoyon bo‘lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini
inobatga olishni taqozo etadi.
«Industrial iqtisodiyot” fani va ilmining barcha muammolarini o‘rganishda unga
tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa, gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli narsa -
bu, asosiy tarixiy bog‘lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi ma’lum
hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday bosqichlardan
o‘tganligi nuqtai nazaridan qarab, ana shu rivojlanish, taraqqiyot qanday ro‘y
berganligiga e’tibor qaratish zarur.
«Industrial iqtisodiyot” fanining eng muhim muammolarini o‘rganishda bir qator
aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya
va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor,
indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ usul, extimollar),
iqtisodiy - matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash, “Aqliy
hujum” ("Mozgovaya ataka") va tajribaviy usullari kiradi.
9
«Industrial iqtisodiyot” faniga oid barcha masalalarni yuqorida keltirilgan va bosh
qa bir qator usullar yordamida o‘rganish, tahlil qilish bu fanni o‘rganuvchilarning va
uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilimi va ilmiy saloxiyatini
kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.
Har qanday fan kabi «Industrial iqtisodiyot” fani ham eng avvalo, o‘z yo‘nalishi
bo‘yicha ilmiy qarash va nazariyalarga tayanadi. Uning asosiy vazifasi sanoat sohasiga
taalluqli iqtisodiy bilim va ilm hamda muayyan ko‘nikma bilan qurollantirishdan
iboratdir.
Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir- asrorlarini bilib olishga;
ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni
tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini
anglashga ko‘maklashadi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo‘yicha
bilim va ko‘nikma beradi. Demak, «Industrial iqtisodiyot” fani faqat nazariy
tomondangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilim berish vazifasini bajaradi. Bu
fanni puxta egallagan har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati
va ahamiyatini yaxshi tushunadigan, ularni to‘g‘ri hisoblash va aniqlashni biladigan,
ular dinamikasidan tegishli xulosalar chiqara oladigan bo‘ladi.
Har qanday bilim ham, hatto, jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib
boruvchi ilm ham muayyan harakat uchun qo‘llanma bo‘lganligi, jamiyatni tubdan
o‘zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. SHu
sababli «Industrial iqtisodiyot” ham fundamental fanlar qatoridan o‘rin olib, iqtisodiy
taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yo‘llarini
ko‘rsatib berayotganligi tufayli ahamiyatli hisoblanadi.
“Industrial iqtisodiyot” fanining muhim vazifalaridan biri - bu metodologik
vazifadir. «Industrial iqtisodiyot” iqtisodiy fanlar majmuida alohida o‘rin egallaydi,
chunki barcha iqtisodiy-metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng
avvalo, sanoat sohasida amalga oshiriladi.
“Industrial iqtisodiyot” fanining vazifalari respublika ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining obyektiv sharoitlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari
va unga binoan amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni
bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat:
- mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va maqsadini
tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo‘g‘inlarida bu siyosatni
amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlarini to‘la anglash;
- sanoat ishlab chiqarishining holati va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, tahlil
etish va uning istiqbolini belgilash haqida fikrlash;
- sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning
ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikma berish;
- sanoat resurslari
Do'stlaringiz bilan baham: |