Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i.
2.Sanoatning asosiy xususiyatlari va sanoat ishlab chiqarishining xalq
xo‘jaligining boshqa sohalar bilan o‘zaro bog‘liqligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
3.O‘zbekiston sanoatining rivojlanish bosqichlari va sanoat tarmoqlarining
taraqqiyoti.
4.Sanoat va bozor xo‘jaligi hamda uning xorijiy bozorga chiqish imkoniyatlari
va yo‘llari nimalardan iborat?
5.Sanoat ishlab chiqarishning xalqaro hamkorlik sohasidagi vazifalari nimalarni
taqazo etadi?
3-mavzu. SANOATNING
TARMOQ
TUZILMASI
VA
TARKIBIY
SILJISHLAR
REJA.
3.1.
Tarkibiy siyosat, uning mohiyati va ahamiyati
3.2.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining shakllanishi..
3.3.
Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Uslubiy ko’rsatmalar
Tarkibiy siyosati haqida mulohaza yuritishdan oldin, strukturaning o‘zi nima
ekanligini bilib olishimiz zarur.
Tarkibiy lotincha, «struktura» so‘zidan olingan bo‘lib, narsalar tarkibiy
qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishini, tuzilishini bildiradi.
Tarkibiy siyosatining mohiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish,
yo‘lga solib turishdan iboratdir. Ana shu nuqtai nazardan mustaqillikning o‘tgan davri
uchun va 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosatning yo‘nalishi va
xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisodiyot strukturasida progressiv
o‘zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki mutanosibliklarini
takomillashtirish,
fan-texnika
taraqqiyotini
belgilovchi
sohalarni
ustuvor
rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim ahamiyatga molikdir.
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat
strukturasini izchil tarzda takomillashtirish ko‘z ilg‘aydigan istiqbolda quyidagilardan
iborat bo‘lishi mumkin:
21
real sektor tarmoqlariva uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatni
balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish;
iqtisodiyotni, xususan, sanoatni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish yo‘liga o‘tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy,
mehnat va moliyaviy resurslar iste’molini ratsionallashtirish, ularni har tomonlama
tejash;
iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo‘nalishini yanada kuchaytirish,
milliy iqtisodning aholi farovonligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil vazifalar
tomon yanada chuqurroq burilishini ta’minlash lozim.
Bir butun qismlarning muayyan o‘zaro aloqasi, bir-biriga nisbatan joylashuvi
bo‘lgan strukturaning ahvolini mutanosibliklar juda ham aniq va konkret tarzda
ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va ularni bashoratlar
va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste’molni, fan-texnika taraqqiyotining,
milliy iqtisodiyotning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istiqbollarini
sinchkovlik bilan hisobga olish, korxonalarni zarur zahiralar bilan ta’minlashni
mustahkamlash - ana shularning hammasi prognozlash va loyihalashtirish
texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo‘lib, ularga qat’iy rioya
qilish vazifalarining mutanosibliligi, balanslashtirilganligi, realligi, qo‘yilgan
maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining shartidir.
O‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida real sektor tarmoqlaristrukturasini
takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar
hamda bu tarmoqlarning marralari batafsil belgilab berilgan.
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o‘sish iqtisodiyot
ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham
strukturaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi.
Tarkibni aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy
o‘zgarishlarni sifat jihatdan baholashni aniqlanishining printsipial xususiyati
iqtisodiyotning o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlarining degradatsiyasi yuz berishi
muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur’atning o‘zi bir necha
tarmoqlarning turli o‘sish sur’atlarida ifodalanishi mumkin. Bu bir xil bo‘lmagan
iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo oqibatda u yoki bu sohaga
ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratilishini taqozo etadi. Masalan, fan-texnika
taraqkiyotida to‘liq aks etadigan sohalar ajralib turadi: yoqilg‘i-energetika, elektronika,
mashinasozlik, kimyo. SHuning uchun bu tarmoqlar o‘sish sur’atlari bo‘yicha sanoat
o‘sishidan yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq strukturasida ham jiddiy
o‘zgarishlar yuz berishi zarur. Kimyoda biotexnologiya va nanotexnologiyani qo‘llab,
nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanishi zarur.
Respublika iqtisodiyotida, shu jumladan, sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil
ta’minlash natijasida davlatning qudratini yanada orttirish, mamlakat mustaqilligini
mustahkamlash, yurtni obod etish va xalqning farovonligini yanada yuqori darajaga
ko‘tarish mumkin.
Iqtisodiy o‘sish ayrim qonuniyatlar asosida sodir bo‘ladi. Ba’zan uni
harakatlantiruvchi kuch tsiklik ahamiyat kasb esa, boshqa paytlarda ekstensiv va
intensiv omillarga boliq bo‘ladi. SHubhasiz, davlatning siyosati iqtisodiy jarayonlarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi yoki jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy institutlarga
22
ta’sir etish orqali bilvosita ta’sirga ega bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarda
sodir bo‘lishi yoki sustlashuvi ayrim hollarda tsiklik hususiyatga emas balki aynan
davlat siyosatining amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, yuqori sur’atdagi iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning
amalga oshirilayotgan davrga to‘g‘ri keladi.
Mamlakat iqtisodiyoti tarkibining ahamiyati iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi
muvozanatni ta’minlashda, ularning samaradorligini oshirishda va barqaror iqtisodiy
o‘sishga erishishda ko‘rinadi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatlar
rivojlanishining xususiyatlariga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy
siljishlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashdagi muhim
omillardan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik rivojlangan G‘arbiy Yevropa davlatlari,
Janubiy-SHarqdagi yangi sanoatlashgan davlatlar yuqori darajada iqtisodiy o‘sishga
iqtisodiyotidagi katta tarkibiy siljishlar hamda boshqa sifat jihatdan o‘zgarishlar
evaziga erishdilar.
Ma’lumki, iqtisodiyotda tarkibiy siljishlarni amalga oshirish natijasida tub
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jadal
va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Mamlakatimiz iqtisodiyotini
tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida
bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq”.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlarni baholashda iqtisodiyot tarkibi asosan tarmoq,
takror ishlab chiqarish, mintaqaviy va tashqi savdo jihatidan qaraladi. Iqtisodiyotdagi
tarkibiy siljishlar tarmoq jihatdan qaralganda, asosiy uch tarmoq: sanoat, qishloq
xo‘jaligi va xizmatlar ko‘rsatish sohalarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi yoki
ushbu tarmoqlarda band bo‘lgan aholi soniga qarab aniqlanadi. Mamlakat iqtisodiy
o‘sishining dastlabki bosqichlarida mazkur uch tarmoqning iqtisodiyotdagi ulushi
jihatidan qishloq xo‘jaligi ustunlik qilsa, iqtisodiy o‘sishning keyingi bosqichlarida
sanoat va yuqori iqtisodiy o‘sish pallasida esa xizmatlar ko‘rsatish sohasining
yetakchilik qilishi kuzatiladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish
hajmining o‘sishi va fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko‘lamining
kengayishi esa ixtisoslashgan ishlab chiqarishning Konsentratsiyalashuvi va
kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoqlarining tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni
takomillashtirishni taqozo etadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida so‘z borganda,
shuni aytish kerakki, u tufayli xo‘jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va
mustaqil tarmoqlari ko‘payadi, bu rivojlanish tendentsiyasi har bir ayrim mahsulotni
chiqarishnigina emas, hatto mahsulotning har bir ayrim qismini ishlab chiqarishni ham
va faqat mahsulot ishlab chiqarishgina emas, hatto mahsulotni iste’mol qilishga
tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham sanoatning alohida tarmog‘iga aylantirishdan iborat.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi
shaklda ro‘y beradi. Xalq xo‘jaligining yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi,
qurilish, transport va aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining
23
mahsulidir. Bu tarmoqlarning har birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi
xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. Birlamchi mehnat taqsimoti esa, ishlab
chiqarishni korxona ichida - tsexlar, uchastkalar va yangi ish joylari tashkil etish bilan
bog‘liqdir. Bunday turkumlarga ajratish va uning mahsulini 2-chizmadan ko‘rish
mumkin.
U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma’lum texnik - iqtisodiy asos (zamin)
yaratilgandagina alohida sanoat tarmog‘iga aylanishi mumkin. Buning uchun, eng
avvalo, bir necha turdosh korxonalar bo‘lishi lozim. Ular aniq mustaqil sanoat
tarmog‘iga birlashtirish imkoniyatini beradigan ma’lum belgiga ega bo‘lishi kerak.
Sanoat tarmog‘i - ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari
yig‘indisidir. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga
ega bo‘lishlari kerak:
ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;
ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi;
ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;
ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;
ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o‘xshashligi
va hakozolar.
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib
oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Sanoatning bunday ikki qismga
bo‘linishi ishlab chiqarish aloqalarini ko‘rsatishga, material va yoqilg‘i-energetika
resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni
asoslab berishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |