17
XIX asrning 80-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyoning
xom ashyo resurslarini
o‘rganila boshlandi. O‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik
kartalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. CHirchiq, Piskom va CHotqol daryolari
vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalar oltin olish bilan shug‘ullana
boshladilar, 1913-1917 yillarda esa Obirahmat darasi (Toshkent viloyati) dagi oltin
konidan foydalanildi.
Noyob metall konlarini qidirib topish va ulardan foydalanish muammolarini hal
qilish ishlarida markaziy ilmiy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar boshida
«O‘zbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. O‘sha yillari Ohangaron,
CHirchiq
daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltin qumini yuvish usulida
ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kilogrammdan oshmagan.
Respublika mustaqillikka erishishi bilan O‘zbekiston hukumati uzoq yillar
davomida sobiq ittifoq ixtiyorida bo‘lgan oltin qazib olish sanoatini respublika
mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida rivojlantirish bo‘yicha bir qancha
tash
kiliy
choralar ko‘rdi.
Respublikada 40 dan ortiq oltin koni aniqlangan. Oltinning asosiy zahiralari
Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. O‘zbek oltini jahonning eng yuqori
sifat standartlariga mos bo‘lib, to‘rtta to‘qqiz raqami bilan baholanadi va u oxirgi 25
yilda e’tiroz (reklamatsiya) olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun bir necha bor
xalqaro sovrinlar bilan taqdirlandi.
Evroosiyo qit’asida eng katta hisoblanadigan, rudasi tarkibida oltin ko‘p bo‘lgan
Muruntov koni dunyodagi gigant konlari jumlasiga kiradi. Ushbu konning topilishi
xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish bo‘yicha
XX asr
ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi.
Muruntovdagi affinit korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi joriy
etilgan bo‘lib, u bir qancha nou-xauni o‘z ichiga oladi. Bu esa, juda yaxshi tovar
ko‘rinishiga ega bo‘lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi.
Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada
rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va
razvedka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provinsiyasi bo‘lgan Qizilqumdagi
Muruntov koni bilan bir qatorda Aji-bugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay va
boshqa yangi konlar aniqlandi va o‘rganildi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta ishlar
amalga oshirildi. Natijada O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda
sakkizinchi, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘ringa chiqib oldi! Aholi jon
boshiga oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda
birinchi va dunyoda
beshinchi o‘rinda turadi.
Respublika kumush konlariga ham ega. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe,
O‘qjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlaridir. Katta
miqdordagi tasdiqlangan zaxiralar oltin va mis-porfir konlarida mavjud. Oqtepa koni
kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli va chet ellik investorlar uchun jozibali
kondir.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi. Uni
olish uchun mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya nuqtai
nazaridan optimal hisoblangan usul - er ostida ishqorlarni yuvish usuli bilan olinadi.
18
Mis, ko‘rg‘oshin, ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati rayonida
Qo‘rg‘oshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida
shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining yetakchi korxonasi tugal metallurgiya
sikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hisoblanadi. Kombinatning
mis majmuasi Qalmoqqir mis koni,
ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodidan,
qo‘rg‘oshin - ruh majmuasi Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan, CHalaga va boshqa konlar,
ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan
tozalangan misni eksport qilmoqda. Har yili bir necha o‘n ming tonna mis ishlab
chiqarayotgan O‘zbekiston mis zahiralari bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinda turadi. Ruda
konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Toshkent viloyatining Olmaliq rudali
maydonida joylashgan. Bu erdagi uchta konda bir necha mis zahiralari bor deb taxmin
qilinmoqda. Bundan tashqari, Dalnee koni razvedka qilingan. Zahiralarning kattaligi,
qazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi jihatidan MDH mamlakatlarida hali
unga teng keladigan kon yo‘q. Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi
O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘ta chidamli CHirchiq metallar kombinati
hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Samarqand) va Qo‘ytosh volfram, molibden
(Jizzax) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida
ishlaydi. Kombinatda birinchi molibden quyilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa
qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan
ortiq) elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi.
Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar - reniy, selen, tellur,
skandiylar ishlab chiqariladi, rangli metallarning ikkilamchi quyilmalarini olish yo‘lga
qo‘yilgan. Alyuminiy
parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming tonna
ikkilamchi alyuminiy xalq xo‘jaligiga yetkazib berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: