Ishlab chiqarishni an'anaviy tashkil etish
s haroitida buyurtmaning bajarilishini boshqarish
3-rasm
Ishlab chiqarish markazlashtirilmagan tarzda tashkil etilgan sharoitda buyurtmaning bajarilishini boshqarish
4-rasm
2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish
Korxona ishining samaradorligi ko'plab holatlar bilan belgilanadi: talab va taklifni hisobga olgan holda nimani, kim uchun va qanday ishlab chiqarish; ishlab chiqarishni tashkil etish va eng masbul texnologiyasini tanlash; o'z vaqtida va osilona tarzda resurslar bilan ta'minlash; asosiy va aylanma kapitallar miqdori;
mahsulotni sotish shakllari va usullari va hokazo. Har bir korxona bu omillarning barchasini eng masbul tarzda so‘shib olib borishga intiladi. Bu esa ularni o'zaro bog’lash va qo‘llanishning tegishli shakl va usullaridan foydalanishni ko'zda tutadi.
Korxona ishlab chiqarishi va xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish bunday shakldir (5-rasm).
Reja amalga oshirilishi oldindan belgilanadigan tadbirlar tizimi bo'ylab, ishlarni bajarish ketma-ketligi va muddatlarini ko'zda tutadi.
Rejalashtirish - korxonani tashkil etish, rivojlantirish va ishlash rejasini ishlab chiqish va keyinchalik uning amalga oshirilishini nazorat qilish jarayoni.
Mazmuniga ko‘ra rejalashtirish texnik-iqtisodiy va operativ ishlab chiqarish rejalariga bo‘linadi. Texnik-iqtisodiy rejalashtirish ilqor material normativlar, moliyaviy balanslar, taqlil natijalari, muqandislik iqtisodiy qisob-kitoblarga asoslanadi. Bunday rejalashtirishda ishlab chiqarishni istiqbolli rivojlantirish, uni texnik jiqatdan qayta qurollantirish, qayta tashkil etish, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash bilan bog'liq asosiy masalalar hal qilinadi.
Ishlab chiqarishni operativ rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishni vaqt va makon bo'yicha aniqlashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimidan iboratdir. U ikkita o'zaro bog'liq yo‘nalishga ega: kalendar va dispetcherlash.
Kalendar rejalashtirish o'z ichiga uskunalarning sexlar bo'yicha va uskuna turlari bo'yicha yuklanishini hisob-kitob qilish, ishlab chiqarish jarayoni harakatining kalendar normativlarini belgilash, buyumlarni ishga tushirish va chiqarish kalendar grafiklarini ishlab chiqish, brigadalar, smenalar, sexlar bo'yicha operativ rejalarni tuzish va ishlab chiqarishni operativ tayyorlashni o'z ichiga oladi.
Dispetcherlash ishlab chiqarishning kalendar grafiklarga muvofiq borishini uzluksiz hisobga olib borish, nazorat qilish va tartibga solishdan iborat.
Reja hisob-kitoblarini detallashtirish muddatlari va darajasiga bog'liq holda texnik-iqtisodiy rejalashtirish istiqbolli va joriy rejalashtirishga bo‘linadi.
Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish birinchi navbatda olib boriladigan ishlarni vaqt va resurslar bo'yicha kelishib olishga taalluqlidir.
Rejalashtirishning yakuniy maqsadi quyidagi asosiy savollarga javob berish bilan bevosita bog'liqdir:
Qulay imkoniyatlardan (ish kuchi qiymatining mavsumiy o'zgarib turishi, mahsulot narxlarining sissa muddatli o‘sishi va qokazo) foydalanish uchun ishlarni bajarishni qachon boshlab qachon tugatish zarur?
Kompleks ishlarni tugatish muddatlari qanday va bu muddatlarga rioya qilinishi qanday kafolatlanadi?
Korxonaning umuman va tarkibiy sismlari bo'yicha tashkiliy tuzilmasini tanlashga qanday talablar so‘yiladio‘ 5-rasmda ishlab chiqarish qanday rejalashtirilishi va tashkil etilishi ko'rsatilgan.
5-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |