Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II


Zahiralarni boshqarishni tashkil etish



Download 0,58 Mb.
bet2/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova

1. Zahiralarni boshqarishni tashkil etish


Zahiralarni boshqarish - korxonada qancha va qanday zahiralar bo'lishi; zahiralarni qachon va qanday miqdorlarda to'ldirib borish zarurligini aniqlay bilish demakdir.
Zahiralarni boshqarishning u yoki bu tizimini tanlash zahira turi (xom ashyo, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot) va unga bo'lgan talab (talabga bog'liq va bog'liq bo'lmagan zahiralar) xarakteriga bog'liqdir. Zahiralar talabga bog'liq bo'lishi mumkin, boshqacha aytganda zahiraga talab mahsulot ishlab chiqarish hajmiga (ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlarga talab) bog'liq bo'ladi. Talabga bog'liq bo'lmagan zahiralarga ehtiyoj ishlab chiqarish hajmi o'zgarishi bilan belgilanmaydi (buning eng tipik misoli - tayyor mahsulot zahiralariga talab, boshqa bir misoli - ofisga kanselyariya buyumlari yoki orgtexnikaga talab).


Talabga bog'liq zahiralarni boshqarish

Ishlab chiqarishning rejalashtirilayotgan hajmini, uning bir maromda ishlashini bilish ishlab chiqarish uchun zarur bo'ladigan zahiralar dinamikasini aniqlash imkonini beradi.


Korxonaning moddiy resurslar bilan ta'minlanganligini tahlil qilishda birinchi navbatda moddiy-texnika ta'minoti rejasining sifati tekshiriladi. Rejaning haqiqatda bajarish mumkinligini tekshirish korxonaning moddiy resurslarga bo'lgan ehtiyojini hisoblab chiqish uchun asos qilib olingan norma va normativlarni o'ganishdan boshlanadi. So‘ngra materiallar sarfining o'sib boruvchi normalaridan kelib chiqqan holda ta'minot rejasining mahsulot ishlab chiqarish va zaruriy zahiralarni hosil qilish ehtiyojlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Korxona bir maromda ishlashining muhim sharti ta'minlash manbalari tomonidan korxonaning moddiy resurslarga ehtiyojining to'la ta'minlanishidir.
Ta'minlash manbalari tashqi va ichki bo'lishi mumkin. Tashqi manbalarga yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonaga yetkazib beriladigan moddiy resurslar kiradi. Ichki manbalar - xom ashyoning chiqitga chiqarishni chiqartirish, ikkilamchi xom ashyodan foydalanish, material va yarimfabrikatlarni o'zida tayyorlash, yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida materiallarni iqtisod qilish kabilardan iboratdir.
Tashqaridan moddiy resurslarni olib kelishga bo'lgan haqiqiy ehtiyoj - bu materialning muayyan turiga umumiy ehtiyoj va o'zining ichki manbalari hisobidan bu ehtiyojni qoplash summasi o‘rtasidagi farqdan iboratdir.
Zahiralarni boshqarish jarayonida quyidagilarga e'tibor berish zarur:
1) moddiy resurslarni yetkazib berish to'g’risagi shartnomalar bilan ularga bo'lgan ehtiyojning ta'minlanishi va ularning haqiqatda bajarilishini tekshirish;
2) olingan materiallarning sifatini tekshirish;
3) materiallarni yetkazib berish muddatlari bo'yicha rejaning bajarilishiga e'tibor berish (ritmiklik);
4) xom ashyo va materiallarning ombordagi zahiralari holatiga alohida e'tibor berish.
Joriy, mavsumiy, ehtiyot zahiralari farslanadi. Joriy zahira miqdori (Ztek) ularni yetkazib berish intervali (Int) (kunlarda) va materiallarning sutkalik o‘rtacha sarfiga (Rsut) bog'liq bo'ladi. Ztek q Int x Rsut.
5) eng muhim bo'lgan xom ashyo va materiallar zahirasi haqiqiy miqdorining belgilangan me'yorlarga muvofiqligini tekshirish;
6) ortiqcha va keraksizlarini aniqlash maqsadida xom ashyo va materiallar zahirasining holatini o'ganish.
Aytaylik, kompyuter firmasiga yig’ish sexining kelgusi oyda monitorlarga ehtiyojini hisoblab chiqish talab etiladi. Sex yig’ishi zarur bo'lgan kompyuterlar soni K ma'lum, bitta kompyuter uchun monitorlar sarfi me'yori - 1, monitorlarga jami ehtiyoj 1 x K ni tashkil etadi. Sexda monitorlarning ba'zi miqdori N bor, oy boshida ilgari berilgan buyurtma bo'yicha monitorlarning muayyan miqdori Z yetkazib beriladi. Natijada kelgusi oy boshiga konveyer yonida (NQZ) miqdordagi monitorlar bo'ladi, ularga haqiqiy ehtiyoj esa 1 x K ni tashkil etadi, yoki: Sof ehtiyoj q jami ehtiyoj - mavjud bo'lgan miqdor Q ilgari buyurtma berilgan miqdor.
Demak, kelgusi oyda normal ishlashi uchun sex 1K - (N Q Z) monitorlarga buyurtma berishi kerak. Buyurtmani tuzishda uni bajarish muddati ham hisobga olinadi, ya'ni buyurtma muayyan ishlab chiqarish sikli boshlanishiga (ya'ni kelayotgan oyning birinchi kuniga) yetkazib berilishi uchun buyurtma omborga belgilangan vaqtda beriladi. Agar buyurtmani bajarish muddati 5 kunni tashkil etadigan bo‘lsa, sex joriy oyning 25 kunigacha omborga monitorlar uchun buyurtma berishi zarur.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish