Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II



Download 0,58 Mb.
bet14/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova

Nazorat savollari

1. Korxonada sifatni boshqarishning mohiyati va ahamiyati nimadan iborat?


2. Tovarning "sifati" va "raqobatbardoshligi" tushunchalari o‘rtasidagi farq nimada?
3. Sifat ishlab chiqaruvchi va iste'molchi uchun qanday ahamiyatga ega?


Ilova

Deming mukofoti


XX asrning 50-yillarida yaponiyalik yetakchilar "Yaponiyada ishlab chiqarilgan" degan marka butun dunyo iste'molchilari uchun past sifatni anglatishini tushunib yetdilar. Odamlar "Yaponiyada ishlab chiqarilgan" belgisini kichkina o‘yinchoq soyabonlar va AQShda sotishga urinib ko‘rilgan. "Toyota" firmasining birinchi avtomobili "Toepet" ning inqirozi bilan bog’lar edilar. XIX asrning oxirlarida xuddi nemislar bilan bo'lganidek, yaponlar ham jahon bozorida to'laqonli sheriklar bo‘lish uchun ular o'z tovarlarining sifatini yaxshilashi zarurligini tushunib yetdilar.
Yapon olimlari va muhandislari ittifoqi sifatni oshirish milliy dasturini amalga oshira boshladilar. Bunda amerikalik doktor Edvard Demingni Yaponiyada sifatni oshirish muammolari bo'yicha leksiyalar seriyasini o‘qish uchun taklif etish birinchi qadamlardan bo‘ldi. Deming ko‘p yillar mobaynida amerika firmalarini sifatga katta e'tibor qaratishga undab keldi, lekin uning bu g’oyalarini ular hech bir qiziqishsiz qabul qildilar.
1950 yilning iyulida Deming yapon tadqiqotchilari, zavodlarning muhandislari va rahbarlaridan iborat 340 kishilik guruhga sakkiz kunlik kurs o‘qidi. Bundan tashqari Yaponiyaning 50 yetakchi firmalarining oliy rahbariyati maxsus sessiyaga taklif etildi. Bu sessiyada Deming sifat, aniqlik, unifikatsiya g’oyalari yaponlar tomonidan qabul qilinishi uchun kamida ikki yil talab etilishini, bu g’oyalar hayotga tatbiq etilishi uchun esa yana besh yil zarur bo'lishini bildirdi.
Nisbatan qisqa vaqt mobaynida yaponlar "Made in Japan" markali tovarlarni qabul qilishda jahon tarixida eng g’aroyib bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirdilar. Bugungi kunda Yaponiya -jahonda sifat bo'yicha tan olingan liderdir.
Yaponlar hech qachon doktor Demingning bu ishga qo‘shgan hissasini unutmaydilar.
Deming mukofoti hozirgi vaqtda Yaponiyada sifat uchun beriladigan eng faxrli va nufuzli qimmatli mukofot - sifat uchun o'ziga xos yapon superkubogidir.
III-BOB. TEXNOLOGIYALARNI BOSHQARISH

Texnologiya deyilganda dastlabki materialni va yarimfabrikatlarni yakuniy mahsulot - biror-bir buyum, xizmat, axborot holatiga keltirish usullari, uslublari va yo'llarining majmui tushuniladi. Texnologiyani boshqacha, ya'ni ancha keng ma'noda - korxonaning vazifalarni hal qilish usuli, butun tadbirkorlik faoliyatini olib borish tartibi deb ham tushuntirish mumkin.


Texnologiya - ish unumi va samaradorligi, mahsulotning sifati va raqobatbardoshliligi, tadbirkorlik ishining muvaffaqiyatiga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatadigan omildir.
Texnologiya - bu korxona madaniyatining, uning ishlab chiqarish nufuzining tarkibiy qismi. Texnologiya qanchalik yuqori bo‘lsa, korxona ham nufuzi ham shunchalik yuqori, texnologiya qanchalik takomillashgan bo‘lsa, tadbirkorlik ham shunchalik muvaffaqiyatli, texnologiya qanchalik qulay bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayoni ham shunchalik maroqli bo'ladi.
Hozirgi zamon sharoitlarida faqat aynan bitta texnologiyadan foydalanib ishlab bo'lmaydi. Texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirib borish, yangilarini ishlab chiqish va joriy etish zarur. Texnologiyalar va ularni takomillashtirishni boshqarish kerak. Buni albatta, korxona texnologi qilishi mumkin, lekin tadbirkor texnologiyalarni samarali boshqarish va yangilash uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish