Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II



Download 0,58 Mb.
bet4/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova

"Kanban" tizimi

Moslashuvchan, doimiy va tez yuz beradigan o'zgarishlarga muhtoj bo'lgan va deyarli eqtiyot zahiralarisiz o‘ta oladigan uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etish uchun yaponiyaliklarning "kanban" tizimidan foydalanish maqsaga muvofiqdir. "Kanban" "kartochka" demak - ya'ni bir ishlab chiqarish uchastkasidan boshqasiga qog'oz, metall yoki plastik kartochkalar yordamida axborotlarni yozish va uzatishning o'ziga xos tizimidir.


"Kanban" - axborot tizimi bo'ylab, ishlab chiqarishning har bir bosqichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini tezkor (operativ) boshqarishni ta'minlaydi.
Iste'molchi (tayyor mahsulotni sotib oluvchi yoki texnologik zanjir bo'yicha keyingi uchastka, sex) ishlab chiqaruvchi nomenklatura rejasini belgilab beradi.
"Kanban" tizimining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, oraliq ishlab chiqarish emas, balki yakuniy ishlab chiqarish oraliq ishlab chiqarish ishini belgilab beradi.
Potok usulidagi ishlab chiqarishni an'anaviy tashkil etishda buyumga ketma-ket ishlov berish (yoki yig’ish) bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va har bir bosqichda tayyorlanayotgan buyumni keyingi bosqichda ishlov berish (yiqish) uchun uzatib yoki itarib chiqarib beradigan joyi bo'ladi. Bunda buyum oldingi bosqichdan ishlab chiqarish uni keyingi bosqichda sabul qilishga tayyor yoki tayyor emasligidan qat'iy nazar uzatiladi. "Kanban" tizimida esa, aksincha, keyingi bosqich ishlov berilayotgan buyumni oldingi uchastkadan o'ziga zarur bo'lgan vaqtda "tortib chisarib" oladi.
"Kanban" tizimida kartochkalar ikki turi qo‘llaniladi:
- tanlash kartochkasi;
- ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkasi.
Ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkasida oldingi uchastkada tayyorlanishi kerak bo'lgan detallar soni aniq ko'rsatilgan holda tanlab olish kartochkasida oldingi ishlov berish uchastkasidan tortib chiqarib olinishi zarur bo'lgan detallarning soni ham aniq ko‘rsatiladi. Bu kartochkalar tayyorlovchi korxonaning ichida, ham ko'plab firmalar - yetkazib beruvchilar o‘rtasida ham aylanib yuradi.
"Kanban" kartochkalarining harakatini ko'rib chiqamiz (2-rasm).

2-rasm

Konveyerda A, V, S mahsulot yig’ilmoqda deb taxmin qilaylik. Ularni yig’ish uchun zarur bo'lgan A va V detallar oldingi uchastkada tayyorlangan va mahsulotga ilova qilingan va ular asosida tayyorlangan buyurtma kartochkalari bilan birgalikda konveyer yonida taxlangan. Avtoyuklagich A mahsulot yig’ilayotgan liniyadan ushbu stanok liniyasiga tayyorlangan detallar A ni ajratib olish kartochkalari bilan birga olish uchun o‘tkaziladi. Ishchi detallar a taxlangan joyda yuklagichga tanlash kartochkasida qancha ko'rsatilgan bo‘lsa, shuncha detallar a joylangan yashiklarni ortadi, bunda u yashiklardan ilgari biriktirilgan ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkalarini oladi. So‘ngra ishchi yig’ish liniyasiga "kanban" tanlash kartochkalari bilan birga konteynerlarni yetkazib keladi. Ayni vaqtda ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkasi detallar a taxlangan joyda potok liniyasi yonida qoladi va u olingan detallar sonini ko‘rsatib turadi. Ular shu ishlab chiqarish liniyasida yangi detallar tayyorlashga buyurtma to‘hrisida axborot beradi. Shunday qilib detal a ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkasida ko'rsatilgan miqdorlarga qat'iy amal qilgan holda tayyorlanadi.
"Kanban" tizimida, an'anaviy yondashuvdan farqli qolda, ishlab chiqaruvchi tugallangan reja emas, balki grafiklarga ega bo'ladi. U umumiy rejaga emas, sex
- iste'molchining aniq buyurtmasi bilan bog'liq bo'ladi, o'z ishini umuman emas,
ana shu aniq buyurtma doirasida tashkil etadi. O‘n kun va oyga mo'ljallangan aniq grafik yo‘q. Texnologik zanjirning har bir ishtirokchisi u nima ishlab chiqarishini faqat uning mahsulotiga ilova qilingan "kanban" kartasi omborda konveyerdan uzib olingandan so‘ng, ya'ni mahsulot keyingi ishlov berishga uzatilgandan so‘ng bilishi mumkin. Ish ketma-ketligining aniq grafigini fasat yakuniy yig’ish liniyasigina oladi va ular axborotni teskari tartibda boshqa ishlab chiqaruvchilarga uzatadi. Ishlab chiqarish doimiy ravishda sozlash va o'zgarishlarga tayyor bo'liab turadi,ishlab chiqarish rejasi har kuni tuziladi. Bu tizim bozor kon'yunkturasi o'zgarishiga darhol javob beradi. Ishlab chiqarishni an'anaviy tashkil etishdagi mahsulotni tayyorlashdan sotishgacha bo'lgan bosqichlarda to‘ldiriladigan bir talay qog'ozlar oqimi imkon qadar, ya'ni "kanban" kartochkalarigacha qisqartirilgan.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish