Ishlab chiqarish iqtisodiyoti II


Talabga bog'liq bo'lmagan zahiralarni boshqarish



Download 0,58 Mb.
bet3/23
Sana01.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#625380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ishlab chiqarish2 Maxkamova

Talabga bog'liq bo'lmagan zahiralarni boshqarish

Bog’liq bo'lmagan talabni prognozlash ancha qiyin. Bu holda tajribaga, yoki bo‘lmasa sog’lom fikrga asoslangan ma'qul.


Talabga bog'liq bo'lmagan zahiralarni boshqarishning ikkita tizimi mavjud: bu miqdor bilan qaydlangan tizim va vaqt bilan qaydlangan tizim.
Miqdor bilan qayd etiladigan tizimda korxona zahiraga o'zining ehtiyojlarini baholashdan kelib chiqadi, ya'ni vaqtning har bir fursatida qanday miqdordagi zahira zarurligini belgilaydi. Agar zahira hajmi kamayib qolsa uni to‘ldirish uchun buyurtma beriladi. Zahiralarni boshqarishning bunday tizimi, agar zahiraga ehtiyojni oldindan belgilab bo‘lmasa, yoki aksincha talab bargaror, lekin jadal bo'lmagan hollarda maqsaga muvofiqdir. Masalan, savdo korxonasi rangli lazer printerlariga taxminiy talabni biladi, shunga muvofiq ravishda u savdo zalida yoki do‘konning yordamchi xonalarida qancha miqdorda shunday printerlar bo'lishi kerakligini aniqlaydi. Agar bu son kamaysa, korxona omborga printerlarga buyurtma beradi.
Vaqt bo'yicha qayd etiladigan tizimdan foydalanishda zahiralarni to‘ldirish uchun buyurtma qat'iy belgilangan muddatlarda beriladi. Masalan, bulochkalar bilan savdo qiladigan do‘kon o'z ishini nonvoyxonadan yangi nonni belgilangan muddatlarda, ya'ni xaridorlar oqimi ko‘p bo'ladigan ertalabki va kechki vaqtlarda oladigan qilib tashkil etishi mumkin. Kompyuter firmasi o'z tajribasi asosida ofis kompyuterlarini keltirishning qat'iy grafigini (ikki haftada bir marta) belgilashi mumkin.
Zahiralarni boshqarishning variantlaridan biri "aniq o'z vaqtida" (just in time) deb ataladigan yapon tizimidir. Materiallar va detallar aniq yakuniy buyumni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan vaqtda kelib tushadi. Yetkazib beruvchi butlovchi buyumlarni korxonaga bir hafta yoki o‘n kunda bir marta emas, balki bir kunda bir necha marta yetkazib beradi. Bunday tizim texnologik jarayonni jiddiy o'rganish, ishlab chiqarish, ta'minlash va sotish texnikasini sinxronlashtirishni talab etadi. Uni joriy etish oson emas, lekin uning samarasi juda yusori bo'lishi mumkin.
Amerikadagi "DELL" kompaniyasining yaponiyalik noutbuklar ishlab chiqaruvchilar bilan kurashi tarixi ibratlidir. Yaponiyalik ishlab chiqaruchilar ancha past narxlar hisobiga Amerika kompaniyasini uning o'z bozoridan sisib chiqargan edi. "DELL" yapon kompaniyasini demping narxlari bo'yicha, ya'ni tannarxidan past narxlarda sotishda ayblab ishning sudda ko'rib chiqilishiga erishdi. Chunki demping xalqaro savdo sohasida man etilgan bo'lib, nohalol raqobat usuli sifatida qaraladi. Sudda ko'rib chiqish jarayonida narxlar tannarxdan past emas, balki ishlab chiqarish tannarxi (ishlab chiqarish xarajatlari) "DELL" kompaniyasiga nisbatan 30% ga pastligi aniqlandi. Yapon kompaniyalari ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining sabablaridan biri ularning aynan "aniq o'z vaqtida" tizimidan foydalanishidadir.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish