UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLI YO'LLARI
Qoraxonov Saloxiddin Xudayberdiyevich
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 16-maktab Matematika va informatika fanlari oqituvchisi, e-mail: qoraxonovs@mail.ru
Yurtimizda ta’limni rivojlantirish va uning moddiy ba zasini mustahkamlashga doir qator choralar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan davlat talim standarti ishlab chiqilgan bolib, qator innovatsion goyalar amalga tadbiq etilmoqda. Talimda Prezidantimizning axborot-kommunikatsion texnalogiyalarni rivojlantirish togrisida qarorlari va farmonlari amalda qollanmoqda. Bugungi kunda globallashuv jarayoni shiddat bilan rivojlanib bormoqda.
Biz o'qituvchilar: o'quvchilarni barkamol avlod bo'lib etishi uchun, buyuk kelajagimiz poydevorini mustahkamlash, yoshlarimiz zamon talablariga mos puxta bilimlarni egallashi, kelgusida malakali mutaxassis bo'lib etishishi uchun o'z hissamizni qo'shishimiz, reja va tadbirlarni ishlab chiqishimiz va darsga qo'llashimiz kerak.
Talim samaradorligini oshirishda ochiq darslarning orni va ahamiyati kattadir. Ochiq darslarni kuzatishda kuzatuv kameralarning qollanilishi bir qator qulayliklarni yaratadi. Bunda darsni kuzatuvchilar, dars otayotgan oqituvchi va oquvchilarga halal bermasdan boshqa xonadan, masalan oqituvchilar xonasidan turib bevosita kuzatishlari, darsni tahlil qilishlari mumkin boladi. Bundan tashqari metod kengash va metod birlashma faoliyatini rivojlantirishda muhim komakchi boladi.
Umumiy orta talim oqituvchilarining umumiy bir yidagi ish soati 36 hafta 1548 soat bolib. Maktab direktori va orinbosarlarining haftalik 4 soat, oddiy oqituvchilarning haftada bir soat darsni kuzatish va tahlil qilishi tartibi qonunda belgilangan. Ushbu qonunning bajarilishini taminlashda bu usul qol keladi.
Kuzatuv kamerasini ornatishning 2 usuli mavjud.
Ixtisoslashtirilgan.
Mavjud sharoidlardan foydalanish usuli.
Ixtisoslashtirilgan usul - bu davlat standartiga tola javob beradigan maxsus texnika va jixozlardan tashkil topgan kamera va jixozlardan foydalanish. Bunda davlat tomonidan ta'minot ajratilib maktablarga foydalanishga topshiriladi.
Mavjud sharoidlardan foydalanish – bu Kompyuter, Noutbook, Netbook, uyali aloqa vositalari, lokal tarmoq kabellari, projector, Wi-fi adapter, televizor va maxsus dasturlar.
Ochiq darsni kuzatish va taxlil qilishda kuzatuv kameralarining qollanilishi afzalliklari.
Darsni kuzatish va taxlil qilishda kuzatuv kamerasidan foydalanish darsning yanada yaxshi o'tilishini, ko'rgazmali vositalardan foydalanishni ko'paytiradi, o'qituvchi va o'quvchining bilimini oshiradi.
Kuzatuvchilar darsning otilish jarayonida qatnashmaydilar va halaqit qilmaydilar.
Dars otayotgan oqituvchilardan tashqari bosh vaqtlari bolgan oqituvchilar birgalikda, oqituvchilar xonasidan darsni kuzatib tahlil qilishlari va muhokama qilishlari mumkin boladi. (Kuzatuvchilarning soni cheklanmaganligi bilan).
Dars jarayonini xotiraga yozib olish imkoniyati, namunali otilgan darslarni video yozuv korinishida boshqa maktablarga yuborish va ulardan tajriba sifatida foydalanish.
Metod kengash va birlashma faoliyatining zamonaviy axborotlashgan korinishi sifatida baholanishiga sababligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |